126-mashq.
Berilgan so‘zlar alifbo tartibida joylashtiriladi.
Yechim:
alifbo, axborot, harf, imlo, qonun, xat, yozuv, o‘zbek.
127-mashq.
Uyga vazifa. “Kimning tabrigi eng chiroyli?” O‘quv-
chilar tug‘ilgan kun munosabati bilan tabriklab o‘rtoq lariga SMS
yozishadi. Matnda qo‘llagan kalit so‘zlarini sharhlaydilar.
36-dars. MUSTAHKAMLASH
Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarning yozuv lar
haqidagi bilimlarini mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni moddiy va ma’naviy me’rosni
qadrlashga o‘rgatish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda tinglab tushunish, o‘qish;
gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakl lantirish.
1-topshiriqni
“Qayta ta’sir” (Fedback) bilan boshlash maq sadga
muvofiq. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan “tezkor savol-javob” o‘tkazishi
mumkin.
Bunda o‘quvchilarning GAPIRISH ko‘nikmasi shakllanadi.
1. Ayting-chi, yozuv o‘zi nima uchun kerak? Hayotda uning qanday
ahamiyati bor?
2. Qadimgi yozuvlar haqida nimalarni bilasiz?
3. Alisher Navoiy va Bobur asarlari bizgacha qaysi yozuvda yetib
kelgan?
4. Arab, kirill yozuviga asoslangan alifbolardan foydalani shi miz
ning qanday sabablari bor? 5. Yurtimizda lotin yozuviga asoslangan
alifbo qachon qabul qilingan? Uning imlo qoidalari-chi? 6. Siz qaysi
yozuvdagi asarlarni mutolaa qilasiz? Qaysi tillarda asarlar o‘qiy olasiz?
2-topshiriqda
Qadimgi Misr ehromlarida qoldirilgan yozuvlardan
olingan manbadan olingan ma’lumot audio yordamida tinglanadi.
(Matnni o‘qituvchi o‘qib bersa ham bo‘ladi). O‘qish jarayonida
Do'stlaringiz bilan baham: |