O’quv mashg’


Download 0.9 Mb.
bet12/40
Sana21.01.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1106849
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
Bol.pazan tex.majmumua

Sabzi salati. Yangi sabzi ishlovdan o‘tkazilib mayda somoncha shaklida to‘g‘raladi yoki mayda ko‘zli qirg‘ichdan o‘tkaziladi va nordonroq qaymoq, shakar, tuz bilan aralashtirib, likobcha yoki salat idishiga o‘yib solinadi va ko‘kat bilan bezaladi. Salatga mayda to‘g‘ralgan olma yoki qora olxuri qo‘shish mumkin. Ular avval buktirilib, danagi olib tashlanishi lozim.
Olivedir. Salat tayyorlanishi juda oson: asosiy masalliqlarni qaynatib, to‘g‘rab olinadi va mayonyez bilan aralashtirib dasturxonga tortiladi.
Kerakli masalliqlar: 5 ta kartoshka, 5 ta tuxum, 5 - 6 tuzlangan bodiring, 300 gr go‘sht (mol, tovuq.) yoki kolbasa, 1ta sabzi, Konservalangan yashil noxot (ta'bga ko‘ra), Mayonyez va tuz (ta'bga ko‘ra)
Tayyorlanishi: Go‘sht va sabzilarni suvda pishirib olamiz, sovugach hammasini ko‘bik shaklida to‘g‘rab olamiz va mayonyez, ta'bga ko‘ra tuz solib aralashtiramiz.
Oq o‘zakli karam salati. Bu salat ikki usulda tayyorlanadi.
Birinchi usul. Ishlovdan o‘tgan yangi karam somoncha shaklida to‘g‘raladi. Katta kastryulkaga solib, tuz (1 kg. karamga 15 g. tuz) 3% li sirka solinib plita ustida aralashtirilgan holda, hajmi kamayib, biroz yumshaguncha isitiladi. Tayyorlangan karam plita ustidan olinib sovitiladi, ishlovdan o‘tgan maymunjon, o‘simlik yog‘i, shakar, ishlovdan o‘tib mayda tshg‘ralgan ko‘k piyoz yoki sabzi qo‘shib aralashtiriladi. Tarqatishda ustiga mayda to‘g‘ralgan piyoz syepib beriladi. Karamni plita ustida isitishda kuzatib borish lozim. Ikkinchi usul. Karam ishlovdan o‘tkazilib mayda somoncha shaklida to‘g‘raladi, tuz bilan aralashtirib, bir oz yumshaguncha qo‘lda eziladi va shakar, sirka, dog‘langan o‘simlik yog‘i qo‘shib aralashtiriladi.
Rovochli salat. Sovuq suv bilan yuvilgan rovoch novdachalarining po‘stini shilgach, 1-1,5 sm li to‘rt burchak shaklida to‘g‘raladi. Rovochga yirikroq qilib to‘g‘ralgan ko‘k piyoz, ko‘bik shaklida to‘g‘ralgan «bulg‘or» navli rediska, qaymoq va ozgina tuz qo‘shib aralashtiriladi. Bu salat nordonroq bo‘lib, ishtahani qo‘zg‘atadi.
Kerakli masalliqlar: 4-5 gloxcha rovoch, 1 bog‘ har xil rangdagi rediska, yarim bog‘ ko‘k piyoz, 4 oshqoshiq qaymoq va ta'bga ko‘ra tuz kerak bo‘ladi.
Suzmali salat. Oshko‘klardan barra piyoz, rayhon, kashnich, ukrop sovuq suvda yuvilib mayda qirqiladi va suzmaga bir oz qo‘shilib, yaxshilab eziladi. Ustidan tuz, tuyilgan zira va qalampir syepiladi. Tayyorlangan ko‘k suzma idishlarga solinib, bosh piyozdan «vazacha»lar yasab, idish beti bezatiladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling