O’quv mashg’
To‘rtburchakli uzunchoq kesish
Download 0.9 Mb.
|
Bol.pazan tex.majmumua
- Bu sahifa navigatsiya:
- P a r r a k - p a r r a k.
- Yulduzchalar.
To‘rtburchakli uzunchoq kesish. xom sabzi kundalangiga 3,5-4 sm uzunlikda kesilib so‘ng 0,5 sm qalinlikda to‘rtburchak shaklida uzunchoq kesiladi. makaron mahsulotlari suyuq ovqatlar uchun, sabzavotli sho‘rvalar uchun ishlatiladi.
Kubiklar. sabzi uzunasiga to‘rtburchakli qilib kesiladi. So‘ngra uni bo‘yicha kubik shakli berilib to‘g‘raladi. hajm jihatdan kubiklar urtacha, kichik va ushoq holida kesilgan bo‘lishi mumkin, oz miqdordagi suvda pishirish, toblash uchun sabzi urtacha kattalikda kubik shaklida kesiladi. Mayda kubik shaklidagi xom sabzilar sho‘rvaga ishlatiladi. Pishirilgan sabzi yaxna taomlarga ishlatiladi. Pallacha. Sabzi uzunligi bo‘yicha 4 sm dan qilib silindr shaklida kesiladi, so‘ng uni uzunligi bo‘yicha o‘rtasidan kesiladi va radiusi bo‘ylab pallachalarga bo‘linadi. Oz suvda pishirish, ragu tayyorlash, yangi karamdan tayyorlangan shchi, mol go’shtini toblab tayyorlangan taomlar uchun ishlatiladi. P a r r a k - p a r r a k. Yug‘onligi 3 sm gacha bo‘lgan sabzi kundalangiga 1 mm qalinlikda kesilib doira shakli beriladi. Xom sabzi dehqoncha suyuq osh uchun, pishirilgan sabzi yaxna taomlar uchun ishlatiladi. Tilim - tilim. Sabzi kundalangiga 2 yoki 4 ga bo‘linib, 1-2 mm qalinlikda qilib kesiladi. Xom sabzi flotcha, sibircha borshchga, pishirilgan sabzi salat va vinyegretlar uchun ishlatiladi. Sabzini murakkab shaklli qilib kesish uchun qulda uyish usuli qo‘llaniladi. Sabzining bir xil yug‘onlikdagisi olinib, yuzi bir xil aylana xosil bo‘lguncha kesib tekislanadi. So‘ngra pichoq yoki maxsus moslama yordamida aylanma bo‘ylab uzunasiga qarab chuqurcha hosil qilinib kesiladi. Yulduzchalar. Aylanma bo‘ylab uzunasiga besh yoki olti qirrali chuqurcha hosil qilib kesilgan sabzi 1 mm: qalinlikda kundalangiga kesib yaxna taomlarni bezash uchun ishlatiladi. Toj. Aylanma bo‘ylab uzunasiga olti va undan ko‘p chuqurcha hosil qilib kesilgan sabzi uzunasiga teng ikkiga bo‘linadi va har bir bo’lak qiyshaytirib 1 mm qalinlikda kesiladi. Bunday sabzi yaxna taomlarni bezash uchun ishlatiladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling