O’quv mashg’
Vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari
Download 0.9 Mb.
|
Bol.pazan tex.majmumua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mineral tuzlar
Vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bolalar va umumiy ovqatlanish oziq-ovqatlari hamda konditer mahsulotlari sifatida chiqariladi. A, S, V V2 va D vitaminlarining tabiiy manbai bo‘lgan yoki shu vitaminlar bilan sun'iy boyitilgan turli mahsulotlardan maxsus tayyorlangai aralashmalar ham mavjud. Masalan, ba'zi bir margarinlar A va D vitaminlari bilan, ba'zi bir un sortlari esa V gruh vitaminlari bilan boyitilgan holda savdoga chiqariladi. 1 yoshdan oshgan bolalar uchun vitaminlashtirilgan sabzavot-un aralashmasi chiqariladi, ularga S vitaminiga boy bo‘lgan na'matak qaynatmasi qo‘shiladi.
Osh tuzi (natriy xlorid)-kishi organizminiig normal hayot kechirishi uchun zarur modda. Osh tuzi taomga maza kiritibgina qolmay, balki organizm to‘qimalaridagi suv miqdoqdorini xam rostlaydi, me'da shirasini xlorid kislota hosil bo‘lishining manbai hisoblanadi. Organizm o‘rta hisobda ovqat orqali bir kecha-kunduzda 10-15 g osh tuzi qabul qilinishi kerak. Shu bilan birga ortiqcha tuz ham organizm uchun zararlidir. Tuz deyarli barcha taomlarga qo‘shiladi. Tuzni ovqatga qachon solinishining ahamiyati katta. Masalan, qaynatma sho‘rvaga tuz ovqat pishib yetilishidan 30 minut oldin solinadi; sabzavotli ovqatlarga sabzavotlar qaynab pishib yetilgach, dukkakli donli (loviya, no‘xat, mosh) ovqatlarga ular pishib yumshagach solinadi (aks holda ular yaxshi pishmay qoladi). Go‘shtli, yarim tayyor masalliqlarga tuz qovurishdan oldin solinadi; sabzavotlarning hamma turiga qovurishdan oldin solinadi (kartoshka bundan mustasno, unga tuzni qovurish oxirida solgan ma'qul). Oqsillar ovqatning eng muhim tarkibiy qismidir. Ular tarkibida azot bor, azotsiz, hayot bo‘lmaydi, oqsillar organizmning izdan chiqqan hujayralari va to‘qimalarini tiklash, har xil shiralar va hokazolarni hosil qilishda asosiy material bo‘lib hizmat qiladi va qisman energiya hosil qilish uchun sarflanadi. Uglevodlar normal hayot faoliyati uchun zarur bo‘ladigan energiyaning yarmidan ko‘prog‘ini inson organizmi olishda muxim rol o‘ynaydi. Uglevod moddalar almashinuvi jarayonida muxim rol o‘ynaydi va organizmda yog‘larning normal o‘zgarilishi uchun zarurdir. Ratsion unlevodlar bo‘lmasa, ovqatdagi yog‘lar to‘la o‘zgartirilmay qoladi. Yog‘larning chala yonishdan hosil bo‘ladigan mahsulotlar (uni ketan tanalari deb ataladi) sog‘liqqa zararli ta'sir ko‘rsatadi. Uglevodlar odam badaniga yog‘ xosil qiladigan va to‘planib boradigan manbadir. Uglevodlarni ortiqcha is'temol qilish ham mumkin emas bo‘lib sog‘liqqa zarardir. Masalan: har-xil bo‘tqalar, shirinliklar ko‘p is'temol qilinsa moddalar almashinuvi bo‘zilib, shirincha kasalligini paydo qilish mumkin. Mineral tuzlar mineral moddalar organizmdagi barcha to‘qimalar tarkibiga kiradi va organizmning xayot faoliyati jarayonida to‘xtovsiz sarflanib boradi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling