O’quv mashg’
Pazandachilik tarixi va taraqqiyoti. Insoning ovqatlanish zaruriyati va oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqa qiymatini inson organizmi uchun ahamiyati
Download 0.9 Mb.
|
Bol.pazan tex.majmumua
Pazandachilik tarixi va taraqqiyoti. Insoning ovqatlanish zaruriyati va oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqa qiymatini inson organizmi uchun ahamiyati.
Pazandachilik ovqat pishirish san'ati bo‘lib, ovqatlanishni tartibga solish, taomlar xilma xilligini ta'minlash, tayorlangan taomlarning lazzatliligi va did bilan dasturxonga tortish pazandachilikning asosini tashkil qiladi. Pazandachilik moddiy (to‘ydirish) va ma'naviy (huzur qildirish, lazzatlantirish, estetik zavq bag‘ishlash) jihatidan kishining ruhiga ta'sir etuvchi san'atdir. Taom tayyorlash va uni chiroyli qilib dasturxonga tuzashning bag‘oyat murakkab amaliy va nazariy tomonlari bor. Pazandalik hanuzgacha na san'at va na ilm sohasiga qo‘shila olmay kelyapti. Chunki, bu insoniyat madaniyatining asl ko‘rinishlaridan biri bo‘lishiga qaramay, hali qo‘l urilmagan soha. Shu sababli bo‘lsa kerak, ba'zilar pazandalikka shunchaki bir hunar deb qarashmoqda. Bu to‘g‘ri emas. Aslida taom tayyorlash muhim, ma'suliyatli ishlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham u amaliy san'at sohasidan ham, fan sohasidan ham o‘z qonuniy o‘rnini egallashi kerak. Pazandalik texnologiya, ximiya, fizika va tibbiyot juda bog‘liqdir. Agar pazandalikka hozirgidan ham katta e'tibor bilan qaralganda edi, anchagina kasalliklarning oldi olingan bo‘lardi. Pazandalikning etnografiya, tarix va estetikaga ham ancha aloqasi bor. Masalan, Mehmon dasturxoniga qo‘yilajak taomlar ilmiy asosda tayyorlanishi va nafosat bilan bezatilishi insonning did-tabiati yanada yuksak madaniyat darajasiga ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Masalliq tarkibida inson uchun zarur oqsillar, yog‘lar, shakar moddalari, darmondorilar, ma'dan tuzlari va yana birmuncha foydali jihatlari bo‘ladi. Shu moddalarning saqlab qolish, lazzatli qilish faqatgina masalliqqa emas balki uni qanday pishirish usullariga ham bog‘liqdir. Hatto kimyoviy yo‘l bilan ham o‘sha yuqorida qayd qilingan moddalarni bir-biriga qo‘shib to‘q tutar ozuqa tayyorlash mumkin. Bu ozuqa kaloriyali bo‘lsada, biroq yeyishga yaramaydigan darajada badxo‘r bir narsa bo‘ladi. Mabodo yeyilsa ham me'da shirasini hech qo‘zg‘ata olmaydi, binobarin, hazm bo‘lmaydi. Har qanday masalliqni lazzatli va foydali taomga aylantirish pazandaning mahoratiga borliq. Shunday ekan, taom tayyorlashni o‘rganish muhim: ish va har bir mezbon bu san'atni egallab olgani ma'qul. Chunki taom tayyorlash ilmga asoslanadigan bir san'atdir. Taom tayyorlashda pazandalik san'ati ro‘yobga chiqadi, tayyorlash ilmi esa texnologiyadir. San'atning barcha shakl va janrlarining o‘z ta'rifi bor, biroq pazandalikka hanuzgacha ta'rif berilgan emas. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling