O’quv mashg’
Download 0.9 Mb.
|
Bol.pazan tex.majmumua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Murakkab kombinatsiya pishirish
1. Qovurish: a) ochiq qovurish (masalan, kabob pishirish); b) yog‘da qovurish (ko‘p yoqqa oz masalliq solib qovurish); v) jazlash (oz yog‘da ko‘p masalliq solib qovurish); g) yog‘ni (qo‘y yoki mol yog‘i) eritib jazlash va hokazo.
2.Qaynatish: a) suvda qaynatish; b) sutda qaynatish. 3. Bug‘lash: a) qasqonda bug‘lash; b) qozonda dimlash. 4. Tandirda pishirish: a) devor tandirda pishirish; b) yer tandirda pishirish; v) duxovkada pishirish. 5. Murakkab kombinatsiya pishirish: a) qovurib qaynatma (qovurma sho‘rva); b) qovurib, dimlash (palov) kabi. Hozirda barcha joylarda inson organizmi uchun ahamiyatli bo‘lgan quyidagi taomlar umumiy hisoblanadi. Salatlar asosan, sabzavotlardan tayyorlanib, ularning xili 20 dan ortikdir. Yaxna ovqatlar go‘sht, baliq, tuxum, shuningdek sabzavotlar (oshqovoq, sholg‘om va boshqalar)dan tayyorlanadi. Hasip, qovurilgan yoki qaynatilgan tovuq, qazi kabi yaxna taomlar issiq hamda sovuq holida iste'mol qilishadi. Umuman yaxna ovqatlarning turi 100 ga yaqin. Suyuq ovqatlar, asosan, uch xil usulda pishiriladi: qovurib pishirish, qaynatib pishirish, sut va qatiq qo‘shib pishirish. Suyuq ovqat (sho‘rva, suyuq osh, xo‘rda, mastava)larda don, xamir, sabzavot keng qo‘llanilgan holda ular go‘shtli, go‘shtsiz, sutli, qatiqli qilib tayyorlanadi. Ularning xillari 100 dan ortiq. Quyuq taomlar, asosan, palov (40 xil), kabob (20 xil), shavla va bo‘tqa (30 xil), xamirli ovqat (30 xil), dimlama va bug‘lama, qovurma va do‘lma (100 xil) dan iborat bo‘lib, taom ratsionining eng ko‘pini tashkil qiladi. Xamir taomlar nonlar, somsalar, varaqi, chakchak, o‘rama kabilar bo‘lib, tandirda, gaz duxovkasida, qozonda (yoqqa qovurib yoki qaynatib) pishiriladi, ularning xili 130 dan ortiqdir. Shirinliklar qiyom va murabbolar, holva hamda boshqa qandalat xillarini o‘z ichiga olib, 100 dan ortiq turi bor. Hozirgacha o‘zbek taomlarining 500 xili to‘plangan Quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini ozuqa qiymati inson organizmi uchun ahamiyatilidir. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling