Yong‘oqcha va sharcha. Sabzi maxsus uyuvchi moslamali pichoqlar yordamida har xil katta-kichiklikda kesilishi mumkin yoki pichoq yordamida qulda tozalab kesib tayyerlanishi mumkin. Pishirilgan holda sovuq taomlar uchun garnir sifatida ishlatiladi.
QIZILCHAGA ISHLOV BERISH
Qizilcha xom yoki pishirilgan holda kesilib, suyuq oshlar, issiq quyuq taomlar va yaxna taomlar uchun ishlatilishi mumkin.
Somoncha. Qizilcha xuddi kartoshkaga o‘xshab kesiladi. Somoncha shakldagi qizilcha borshchlar uchun marinadlar, svekolniklar, lavlagi kotleti uchun ishlatiladi.
Tilim-tilim. Xom yoki pishgan qizilcha 1-1,5 sm qalinlikda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida uzun kesiladi va bu shakl ko‘ndalangiga 1-1,5 mm qalinlikda to‘g‘raladi. Tilim-tilim shaklidagi xom qizilcha borsh tayyorlashda ishlatiladi, pishirilgan qizilcha esa salat va vinegretlar uchun ishlatiladi.
Kubik. Pishirilgan qizilchadan xuddi kartoshkaga o‘xshash o‘rta yoki mayda kubik shaklda kesiladi. O‘rta kubik shaklidagi qizilcha dimlash uchun ishlatiladi, mayda holdagilari esa yaxna taomlar uchun ishlatiladi.
Qizilcha sharcha, yulduzcha, toj shaklida kesilib yaxna taomlarni bezash uchun ishlatiladi.
Petrushka, syelderey, pasternak ildizlari saralanib, ko‘katlari, ildizchalari qo‘lda kesilib, yuvib, tozalanadi. Petrushka, syelderey ko‘katlari saralanib buzilgan, sarg‘aygan, so‘ligan barglari ajratilib yuviladi.
Yerqalampir ildizi, po‘sti tozalanib yuviladi. Agar xren ildizi so‘ligan bo‘lsa ishlov berishdan avval sovuq, suvda bo‘ktirilishi kerak.
Musthkamlash uchun savolar
1. Tugunak va ildiz mevalilarga ishlov berishni gapiring.?
2.Qizilchaga ishlov berish haqida nimalar bilasiz ?
3.O‘zbek pazandachiligida qanday pishirish usullari bor?
4.Vitaminlashtirilgan oziq - ovqat mahsulotlari haqida ayting?
Nazariy o’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
№ 3. Mavzu: Mevali sabzavotlarga ishlov berish.Sabzavotlarni qiyma bilan to’ldirishga tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |