Organik kimyo laboratoriyasida ishlashning asosiy qoidalari va usullari


Download 91.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi91.44 Kb.
#1509964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lab-1.Xavfsizlik va idishlar.

bo‘lishi shart!); reaktiv olingan idish o‘ziga mos tiqin bilan zich berkitiladi. 
Sintez uchun ishlatilayotgan kolba va idishlar oxirgi sintez mahsulotini 
miqdorini aniqlash uchun oldindan o‘lchangan va qayd etilgan bo‘lishi 
kerak. Yorliqsiz reaktivli idishlardan foydalanish ta’qiqlanadi; 
 har qanday kimyoviy moddani faqatgina kimyoviy idishda o‘lchash kerak; 
 ekologik jihatdan xavfli turli organik moddalarni va noorganik reagentlar 
qoldiqlarini rakovinaga to‘kish ta’qiqlanadi. Bunday birikmalarni yo‘qotish 
uchun mo‘rili shkafda maxsus shisha idishlar bo‘lishi kerak; 
 laboratoriyada chekish, ichimlik ichish, yeyish, musiqa eshitish qat’iyan 
ta’qiqlanadi. 
 
 
 
 
 
 
 


II. SINTEZ O‘TKAZISH VA REAKSIYA MAHSULOTLARINI
AJRATISH UCHUN USKUNALAR HAMDA KIMYOVIY 
LABORATORIYA IDISHLARI 
2.1. Shilifli idishlar 
Laboratoriyada kimyoviy idishlarning ikki turi uchraydi, ular o‘zaro 
shlifning mavjudligi yoki yo‘qligi bilan farqlanadi.
Shlifsiz buyumlar ham ancha yetarli hisoblanadi. Misol uchun, laboratoriya 
stakanlari, birikmani kristallash uchun kolba yoki qizdirish uchun chashka va suv 
o‘tkazuvchi shlanglarni o‘zaro ulash uchun foydalaniladigan ayrim shisha naylar. 
Avvallari laboratoriyada ishlatilgan hozirda juda kam uchraydigan rezinali va 
po‘kakli tiqinlar ham kiradi.
Laboratoriyadagi asosiy shisha idishlar standart shlifli ko‘rinishda bo‘ladi. 
Bunday buyumlar birikmalarni sintez qilish va ajratishda qo‘llaniladigan 
uskunalarni yig‘ishda ishlatiladi. Shlifli birikmalarning asosiy turlari shakli 
bo‘yicha farqlanadi (konussimon, sferik, silindrik). Konussimon shakldagi 
laboratoriya idishlari keng tarqalgan (1-rasm). Shliflar o‘lchami idish og‘zining 
quyi diametri bilan belgilanadi. Bunga sabab, faqat shlifning aynan shu qismi eng 
asosiy vazifani bajaradi. Agar “14-shlifli” idish haqida gapirilsa, idishning asosiy 
diametri 14,5 mm (kichik diametri) bo‘ladi. Tashqi tomondan silliqlangan konusga 
"
kern
" va uning ichki tomoniga muvofiq holda – “
mufta
” deb nom berilgan. 10, 
14.5, 19 va 29 mm diametr shlifli idishlar (SHR 10, SHR 14, SHR va 19 SHR 29 
tarzida belgilanadi) juda ko‘p tarqalgan. 
1-rasm.
Standart shlifli konusli birikmalar: A - muftalar; B – kernlar; C – shlifli
o‘tkazgichlar
Ko‘pchilik uskunalarning shliflangan qismlari – jo‘mraklaridir. Import 
qilinadigan shishali idishlarda ular standart “konussimon” ko‘rinishga ega va 
almashtirsa bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda bunday kranlarning ichki qismi teflondan 
yasaladi. Kimyoviy laboratoriyalarda import qilinadigan idishlar bilan birga 
vatanimizda tayyorlangan idishlardan ham foydalaniladi. Ularning muhim tomoni 
shundaki, ulardagi jo‘mraklar odatda individual hisoblanib, bir uskunaga 
tegishlisini boshqasiniki bilan almashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday 


uskunalar bilan ishlaganda jo‘mrakni yo‘qotish va adashtirib qo‘yish mumkin emas 
– chunki amalda jo‘mrakning mos kelmasligi butun uskunaning yo‘qotilishiga 
sabab bo‘ladi.

Download 91.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling