Organik kimyo laboratoriyasida ishlashning asosiy qoidalari va usullari


Download 91.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi91.44 Kb.
#1509964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lab-1.Xavfsizlik va idishlar.

SOVUTGICHLAR (4-rasm) organik birikmalarni haydashda va kimyoviy 
reaksiyalar o‘tkazishda sovutish va bug‘larni kondensatlash uchun xizmat qiladi. 
Buning uchun to‘g‘ri va teskari sovutgichlardan foydalaniladi.


4-rasm.
Sovutgichlar: 1- to‘g‘ri yoki Libix sovutgichi; 2 – sharikli; 3 – spiralsimon;
4- Dimrot sovutgichi
To‘g‘ri sovutgich modda bug‘larini kondensatlash yoki erituvchini chiqarib 
yuborishda ishlatiladi. Teskari sovutgichda kondensatlangan bug‘ reaksion 
aralashmaga qaytariladi. Sovutgichlarda bug‘ni sovutish uchun asosan suv (suvli 
sovutgichlarda) yoki havo (havoli sovutgichlarda) dan foydalaniladi. 
Eng oddiy sovutgich – havoli sovutgich hisoblanib uni ham teskari, ham 
tushuvchi sifatida ishlatish mumkin. Havoli sovutgich qaynash harorati 150
o
C yoki 
undan yuqori bo‘lgan suyuqliklarni kondensatlash yoki haydash uchun ishlatiladi. 
Bunday holatlarda suvli sovutgichlardan foydalanishi ancha xavfli, chunki bunda 
haroratning keskin o‘zgarishi sovutgich nayining darz ketishiga yoki boshqa sintez 
va eksperimentator uchun noxush holatlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, 
havoli sovutgichlar suyuqlanish harorati yuqori bo‘lgan moddalarni haydashda 
ham qo‘llaniladi.
Libix sovutgichi oddiy tuzilishga ega va laboratoriyalarda ancha keng 
tarqalgan bo‘lib quyi qismi chiquvchi, yuqorisi esa aksincha kiruvchi (yuqori 
haroratda qaynaydigan erituvchilar bilan ishlaganda) sifatida foydalaniladi. Libix 
sovutgichi ichki qismda bug‘ kondensatsiyasi amalga oshadigan nay va ikkinchi 
ustki o‘rab turuvchi qavatdan iborat. Ichki nay va ustki qavat o‘zaro 
payvandlangan. Ustki o‘rab turuvchi qavat ikkita rezinali nay kiydiriladigan 
teshikka ega. Ularning biri vodoprovodga ulanadi, ikkinchisi rakovinaga tashlab 
qo‘yiladi. Sovutgich to‘liq suv bilan to‘lishi uchun pastki og‘iz orqali kirgiziladi 
(5-rasm). 


5-rasm.
To‘g‘ri sovutgich yuqoridan pastga tushuvchi sifatida (1) va teskari (2). 
ko‘rsatkichlar sovuq suv oqimi yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Laboratoriyada boshqa turdagi sovutgichlar ham qo‘llaniladi (4-rasm). 
Sharikli sovutgichlar teskari sovutgich sifatida ham foydalaniladi, sharsimon 
ko‘rinish nayning ichki yuzasini ancha kengaytirgani uchun ular Libix sovutgichi 
bilan taqqoslaganda ancha samarali. Spiralsimon sovutgichlar doimo past 
haroratda qaynaydigan moddalar uchun pastga tushiruvchi naycha sifatida 
qo‘llaniladi. U hech qachon teskari sovutgich sifatida qo‘llanilmaydi. Egilgan 
yupqa ichki naylarda qaynashdan hosil bo‘lgan mahsulot kondensatlanib tezda 
ajraladi. Qulay tuzilishli Dimrot teskari sovutgichining tashqi yuzasida 
kondensatlanish amalga oshadi. Ichki tomonidagi spiralsimon o‘ralgan naylarda 
sovutuvchi suyuqlik harakatlanadi. Bunday sovutgichlarni sovitish samaradorligini 
tashqi yuza hisobiga ham oshirish mumkin (Dimrot-Libix sovutgichi ikki karra 
sovutadi). 
Sovutgichlardan foydalanayotganda suv oqimini doim kuzatib borish kerak. 
Haddan tashqari kuchli oqim shlangning yorilishi va natijada suvning ish joyi yoki 
qaynoq haydash kolbasiga to‘kilishiga sabab bo‘ladi (natijada portlash yuzaga 
kelishi mumkin). Suv oqimining kuchsiz bo‘lishi yoki yo‘qligi halokatga olib 
kelishi mumkin.

Download 91.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling