Organik kimyo laboratoriyasida ishlashning asosiy qoidalari va usullari


Download 91.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi91.44 Kb.
#1509964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lab-1.Xavfsizlik va idishlar.

9-rasm.
Qurituvchi naylar: 1- to‘g‘ri sovutgichda haydashda foydalaniladigan bir sharli 
xlorkalsiyli nay; 2- teskari sovutgichning chiqish qismiga o‘rnatiladigan kern 
shlifli, bitta sharli xlorkalsiyli nay; 3- U-simon nay (odatda gaz oqimini quritish 
uchun foydalaniladi)
CHINNI IDISHLAR (10-rasm) ham laboratoriyada keng qo‘llaniladi. 
Shisha idishlardan farqli ravishda chinni idishlar ancha mustahkam va termik 
barqaror. Chinni stakan va krujkalarni xrompik bilan tozalash, chinni idishda sulfat 
kislota va ishqorlarni suvda eritish mumkin. Yonmaydigan suvli eritmalarni ochiq 
alangada bug‘latish uchun chinni kosachalar, moddalarni qizdirish (masalan, 
quritish) uchun byukslardan foydalanish mumkin. Turli birikmalarni maydalash 
uchun esa chinni havonchalardan foydalaniladi. Filtrlash uchun esa turli xil 
diametrli Byuxner voronkalaridan foydalaniladi. 
1
Asosan dietil efir va tetragidrofuran xavfli, chunki ular CaCl
2
bilan solvat hosil qiladi va ishdan 
chiqqan xlorkalsiyli nayda uning bug‘lari “tiqilib qoladi”. 
2
Uskunani yig‘ishda xlorkalsiyli naydan havo o‘tishiga ishonch hosil qiling. 
10-rasm.
Chinni idishlar: 1- stakan; 2 – bug‘latish uchun chashka; 3- byuks;
4- maydalagichli havoncha; 5- Byuxner voronkasi
O‘LCHOV IDISHLARI (11-rasm) suyuqliklar hajmini o‘lchashda 
foydalaniladi. Kerakli hajmdagi suyuq reaktivlarni olishda pipetka (naycha) va 


o‘lchov silindrlaridan, ma’lum konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashda – 
o‘lchov kolbalaridan foydalaniladi.
TERMOMETRLAR 
turli 
intervaldagi 
haroratni 
o‘lchash 
uchun 
foydalaniladi. Laboratoriyada –5 … 250
o
C shkalali kernli (НШ 14) yoki kernsiz 
simobli termometrlar standart hisoblanadi.
Manfiy haroratni (noldan past) o‘lchash spirtli termometrlardan yoki 
elektron qurilmalardan foydalaniladi. Manometr yordamida bosimni o‘lchash 
mumkin. Organik amaliyotda past bosimni (0–150 mm.Hg.ust) o‘lchash uchun 
simobli manometrlardan foydalaniladi va bu jarayon vakuumda haydashni amalga 
oshirish uchun muhim hisoblanadi.

Download 91.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling