Organik kimyo laboratoriyasida ishlashning asosiy qoidalari va usullari


 Laboratoriya idishlarining asosiy turlari


Download 91.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi91.44 Kb.
#1509964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lab-1.Xavfsizlik va idishlar.

2.2. Laboratoriya idishlarining asosiy turlari 
LABORATORIYA STAKANLARI (2-rasm) birinchi navbatda maxsus 
burnining (suyuqliklarni quyishga qulaylik beruvchi) bo‘lishi bilan farq qiladi. 
Ular turli xil materiallar – shisha, chinni, polipropilendan tayyorlangan bo‘lib, turli 
xil maqsadlar uchun ishlatiladi. Polipropilen stakanlar to‘yingan uglevodorodlar 
bilan ta’sirlashmaydigan birikmalarni o‘lchash, xromatografiya va boshqa 
jarayonlardagi fraksiyalarni yig‘ish, qizdirilmaydigan va muzlatilmaydigan 
maqsadlar uchun ishlatiladi. Shishali stakanlar (asosan termik barqaror)dan ham 
kimyoviy reaksiyalar va birikmalarni qayta kristallash uchun foydalaniladi. Juda 
qattiq qizish bilan boradigan eritmalarni (H
2
SO
4
ni suyultirish, ishqorlarni eritish
xromli aralashmani) tayyorlashda termik barqaror chinni stakan va krujkalardan 
foydalanish ancha qulay chunki, chinni buyumlari shishalarga nisbatan ancha 
mustahkamroqdir. 
2-rasm.
Laboratoriya stakani (1) va kolbalari: konussimon (Erleynmeyer) (2); bo‘rtmali 
konussimon (Bunzen) (3); tubi yumaloq bir og‘izli (4); noksimon bir og‘izli (5); 
tubi yumaloq uch og‘izli (6)
KOLBALAR – asosiy laboratoriya idishlari. Ishlatilish maqsadiga bog‘liq 
ravishda kolbalar shakliga, hajmiga, shlifning mavjudligi yoki yo‘qligi, bo‘rtma va 
og‘zining soniga, shuningdek shisha turi, tayyorlanish turiga ko‘ra farqlanadi. 
Organik sintez asosan kolbalarda olib boriladi – bunda kolba reaksiyaning borish 
sharoiti (qizdirib yoki muzlatib, aralashtirgichda aralashtirish talab etiladigan, 
teskari sovutgichda qaynatish talab etiladigan va h.z.), mahsulotlar tabiati, reaksiya 
uchun yig‘ilgan uskunaga bog‘liq holda tanlanadi. Ikki/uch og‘izli tubi yassi 
yupqa bo‘lmagan shishadan yasalgan kolbalar reaksiya o‘tkazish uchun eng qulay 
hisoblanadi. Bunday turdagi kolbalarda reaksiyani istalgan turdagi aralashtirgichda 
aralashtirib, qizdirib va kuchli muzlatib olib borish mumkin. Shlifli og‘izli 
kolbalardan sovutgich, tomchilovchi voronka, termometr, turli xil maxsus 
qo‘shimchalar (насадкa)
o‘rnatish uchun foydalaniladi. Konussimon va boshqa 


tubi yassi kolbalardan ham reaksiya o‘tkazish uchun foydalaniladi. Lekin, ular 
asosan eritma va birikmalarni saqlash uchun ishlatiladi; bunday kolbalar og‘zida 
shlifining bo‘lishi shlifli tiqin bilan zich yopilishiga imkon beradi. Qalin shishadan 
yasalgan bo‘rtmali konussimon kolbalar (Bunzen kolbasi) past bosimda filtrlash 
uchun tavsiya etiladi. Yupqa shishali tubi yassi kolbalarni portlash xavfi mavjud 
bo‘lgan vakuumlash sharoitlarida ishlatish umuman mumkin emas. Bir og‘izli 
turlicha shlifga ega noksimon kolbalar hajmiga bog‘liq holda (5-100 ml uchun 14, 
100-250 ml uchun 29) qabul qiluvchi sifatida foydalaniladi. Termik barqaror 
shishadan yasalgan yetarlicha qalinlikdagi bunday kolbalar haydalgan (jumladan 
vakuumli haydashda ham) fraksiyalarni yig‘ish, vakuumda quritish, suyuq 
birikmalarni vaqtinchalik saqlashda ishlatiladi. Sanab o‘tilgan kolbalarning asosiy 
turlari 2-rasmda keltirilgan.
Bundan tashqari laboratoriyada moddalarni haydash uchun ishlatiladigan 
maxsus kolbalardan ham foydalaniladi. Ulardan Vyurs, Favorskiy va Klayzen 
kolbalari keng tarqalgan (3-rasm). Ular vertikal shlif – muftaga (termometr va 
kapillyar uchun) va sovutgich biriktirish uchun kichik shlif kernga ega. Kolba va 
bunday kern o‘rtasida deflegmator ham o‘rnatish mumkin.
3-rasm.
Haydash uchun kolbalar: 1-Vyurs; 2 va 3- Favorskiy; 4 va 5 – Klayzen; 3 va
5 – deflegmator shoxchali.
Laboratoriyada kam miqdordagi moddani haydash uchun bevosita sovutgich 
o‘rnatilgan Klayzen kolbasidan ham foydalaniladi.

Download 91.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling