Organik kimyo laboratoriyasida ishlashning asosiy qoidalari va usullari
-rasm. O‘lchov idishlari: pipetkalar (1
Download 91.44 Kb. Pdf ko'rish
|
Lab-1.Xavfsizlik va idishlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-rasm. Valli va qanotli mexanik aralashtirgich (1
11-rasm.
O‘lchov idishlari: pipetkalar (1) va to‘ldiruvchi klapanli grushalar (2); o‘lchov silindri (3) va o‘lchov kolbasi (4) 2.3. Boshqa laboratoriya uskunalari Kolba va boshqa laboratoriya uskunalari qismlarini o‘rnatish uchun qisqichlar jamlanmasi, turli xil halqalar bilan ta’minlangan po‘lat shtativlar ishlatiladi (unga ajratish voronkalari qo‘yiladi, asbest to‘r joylashtiriladi, gaz gorelkasida qizdiriladigan uskunalar orqali). Reaksion aralashmani aralashtirish uchun ham turli xil qurilmalar ishlatiladi (12-rasm). Bu mexanik aralashtirgich (elektromotor, shtativga o‘rnatish uchun moslama va tezlik regulyatori bilan ta’minlangan) va magnitli aralashtirgich (ular agar katta hajmdagi shuningdek, juda yopishqoq suyuqliklarni aralashtirishga to‘g‘ri kelmasa, boshqa hollarda ancha qulay) ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Magnitli aralashtirgichlardan foydalanganda reaksiya o‘tkazilayotgan kolba ichiga ustiga teflon yoki polipropilen qoplangan doimiy magnit – yelkancha solinadi. Zamonaviy laboratoriyalarda turli xil hajmdagi tubi yumaloq va noksimon bir og‘izli kolbalardan erituvchini haydash uchun mo‘ljallangan qurilmalar – rotorli bug‘latgichlar (12-rasm) ham kerak bo‘ladi. Erituvchini haydashda uning bir xildagi qaynashni va doimiy kondensat oqimini, sovutgich shuningdek, rotorli bug‘latgich qismlari samaradorligini ta’minlash uchun kolba ichidagi aralashtirgich bilan birga aylantirib turiladi. 12-rasm. Valli va qanotli mexanik aralashtirgich (1); qizdirmaydigan magnitli aralashtirgich (2) va elektr plitali magnitli aralashtirgich (3); rotorli bug‘latgich hammomi bilan (4). Rotorli bug‘latgichda erituvchini haydashni atmosfera bosimida ham o‘tkazish mumkin, lekin uskuna tuzlishi buni past bosimda bajarishga ham imkon beradi. Natijada modda qizdirilmaydi (suv hammomidan foydalaniladi) va suvdagi, spirtdagi, toluoldagi va h.z. eritmalarni konsentrlash mumkin. Modda va uning eritmalarini qizdirish uchun odatda yopiq spiralli elektro qizdirgichlar yoki kolba qizdirgichlardan foydalaniladi. Reagent va mahsulotlarning massasini aniqlash uchun turli xil aniqlikdagi laboratoriya tarozilari xizmat qiladi. Asosan ~0,01 g chetlanishli elektron tarozilar ko‘proq ishlatiladi. Download 91.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling