Organik kimyo laboratoriyasida ishlashning asosiy qoidalari va usullari


Download 91.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi91.44 Kb.
#1509964
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lab-1.Xavfsizlik va idishlar.



I. 
ORGANIK KIMYO LABORATORIYASIDA ISHLASHNING 
ASOSIY QOIDALARI VA USULLARI 
1.1. Organik kimyo laboratoriyasida xavfsiz ishlashni tashkil etish 
Har bir talaba organik kimyo laboratoriyasida ishlashdan oldin texnika 
xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib o‘qituvchiga test topshirishi shart. 
Organik kimyo laboratoriyasida bajariladigan ko‘pgina ishlar zaharli va yonuvchi 
birikmalarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lganligi bois, baxtsiz hodisalardan saqlanish 
uchun xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish talab etiladi.
Kimyoviy laboratoriyasida ishlovchilar har doim quyidagi asosiy qoidalarga 
amal qilishlari lozim: 
 istalgan kimyoviy birikma bilan ishlashda uning ko‘z, og‘iz, teri va 
kiyimlarga tegishidan maksimal himoyalaning;
 kolba yoki probirka og‘zini o‘zingizga yaqin yo‘naltirmang, reaktivlarni
yuzga yaqin holatda qizdirmang, aralashtirmang va chayqatmang; 
 suyuq reaktivlarni pipetkaga og‘iz orqali tortmang – buning uchun maxsus 
grushalar va moslamalardan foydalaniladi
 zararli birikmalar bilan o‘tkaziladigan barcha ishlar mo‘rili shkaf ostida 
maxsus qo‘lqoplarda bajariladi; 
 har doim xalatda va himoya ko‘zoynagidan foydalanib ishlang. 
Laboratoriyada quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi: 
 xalatsiz yoki himoya ko‘zoynagisiz ishlash; 
 yolg‘iz yoki laboratoriya xodimi va rahbarsiz ishlash; 
 yonib turgan gorelka va harakatdagi uskunalarni nazoratsiz qoldirish; 
 kimyoviy birikmalar ta’mini tatib ko‘rish; 
 zaharli kimyoviy birikmalarni ochiq qoldirish va yorliqsiz birikmalarni stol 
ustida saqlash; 
 istalgan kimyoviy birikmalarni rakovina yoki axlat qutisiga quyish va 
to‘kish – barcha reaktivlar yoki erituvchilar ularni yo‘qotish qo‘llanmasiga 
binoan, keltirilgan uslubga muvofiq amalga oshiriladi; 
kimyoviy idishlarda suv ichish, chekish va yeyish.

Download 91.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling