Organik kimyo laboratoriyasida ishlashning asosiy qoidalari va usullari


 Organik sintez laboratoriyasida ishlashning qoidalari


Download 91.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi91.44 Kb.
#1509964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lab-1.Xavfsizlik va idishlar.

1.2. Organik sintez laboratoriyasida ishlashning qoidalari 
Har qanday eksperimentator kimyoviy laboratoriyaga kirishdan avval 
(begonalar kirishi amalda qat’iyan ta’qiqlanadi) birinchi navbatda u yerga qanday 
maqsadda kirishi va harakatlari qanday natijalarga olib kelishini chuqur anglashi 
shart. Kimyogar (asosan boshlovchilar) o‘ziga kimyoviy laboratoriya – xavfsizlik 
kuchaytirilgan joy deb qarashi lozim. Kimyoviy amaliyotda har bir ishlayotgan 
xodim ishlashning umumiy qoidalari, texnika xavfsizligi, baxtsiz hodisalarning 
oldini olish, birinchi yordam ko‘rsatish kabilarni bilishi talab etiladi. Zero, 


isbotlanmagan usul, o‘ylamasdan ishlatilgan laboratoriya idishlari va kimyoviy 
apparaturalar sintezning muvaffaqiyatsiz amalga oshirilishiga yoki baxtsiz 
hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin. 
1.3. Umumiy qoidalar 
Organik kimyo laboratoriyasi maxsus binolarda joylashgan bo‘lib, bitta 
xonadagi buyumlardan umumiy foydalangan holda 6-8 ta ishchi o‘rinda mos 
ravishda bir necha kishi ishlashi mumkin. Har bir ishchi stolda shtativlar, 
laboratoriya uskunalarini yig‘ish uchun rezina shlanglar bo‘ladi. Reaktiv va 
erituvchilar, laboratoriya idishlari va uskunalari (magnitli aralashtirgich, 
elektroplitkalar)ni talaba har bir sintez uchun alohida talabnoma asosida
laborantdan oladi. Ishlarni tugatgandan keyin laboratoriya uskunalari va maxsus 
idishlarni (idish toza va quruq holatda) laborantga topshiradi. Talaba sintezning 
oxirgi mahsulotlari miqdori va fizik-kimyoviy doimiyliklari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni o‘qituvchiga topshiradi.
Quyida kimyoviy laboratoriyada ishlash vaqtida bajarilishi va amal qilinishi 
lozim bo‘lgan ayrim umumiy qoidalar keltirilgan: 
 kimyoviy laboratoriyada tajriba ishlarini yolg‘iz olib borish qat’iyan 
ta’qiqlanadi; 
 o‘qituvchi yoki laborant ruxsatisiz ishlarni bajarish ta’qiqlanadi;
 kimyoviy laboratoriyada ishlash vaqtida jimlik, tozalik, harakatlarini 
ratsional rejalashtirganlik, ishlarni tartibli, tez bajarish kabilarga, lekin 
noxush harakatlarsiz; kimyoviy idishlar, reaktivlar hamda uskunalarga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi; 
 tajriba ishlari himoyalangan kiyimda (zich noelektrolit matodan – paxta/ 
poliefir ishlangan laboratoriyada) bajariladi; Past poshnali, sirpanmaydigan 
oyoq kiyim, ko‘zlar uchun himoya jihozlari (yon himoyali plastik 
ko‘zoynaklar) va rezina qo‘lqoplar kiyib ishlash tavsiya etiladi. Uzun 
sochlarni yig‘ishtirib qattiq bog‘lash, sochni o‘rish yoki bosh kiyimi bilan 
zarar yetkazuvchi uskunalardan, gaz gorelkasi yoki boshqa alangalardan 
ehtiyot qilish shart; 
 sintezni bajarishdan avval ish stolini tozalab, sintezni o‘tkazishga tayyorlash 
kerak. Eksperimentni bajarish uchun kerakli idish va reaktivlar kerakli joyda 
turishi lozim. Ish o‘rnida boshqa sintez uchun ishlatiladigan kimyoviy 
idishlar, reaktiv va preparatlar turishiga yo‘l qo‘yilmaydi; 
 eksperimentni bajarishga kirishishdan avval ishchi o‘rnida (elektr tarmog‘i 
o‘chirilishi) gaz va suv kranlarini o‘chirilgan bo‘lishi kerak;
 har qanday harakatlanuvchi yoki qizdiruvchi qismli, shuningdek bosim 
ostida (atmosfera bosimidan farqli) ishlovchi uskunalarning o‘chirilganligi, 


ichida erituvchilar, reaktivlar, reaksion aralashmalar yo‘qligi tekshirilishi 
kerak; 
 ish jarayonida ortiqcha bosim yuzaga kelmasligi uchun (portlash xavfi!
uskunalarni yig‘ishda juda e’tiborli bo‘lish lozim; yig‘ilgan uskunalar yopiq 
sistema shaklida bo‘lmasligi kerak. Gigroskopik (absolyut erituvchilar) yoki 
oson gidrolizlanuvchi moddalar bilan ishlaganda uskunalarning chiquvchi 
qismiga xlorkalsiyli nay (havo atmosferasida ishlaganda) yoki suyuq to‘siq 
(inert gaz atmosferasida ishlaganda) qo‘yiladi;
 kimyoviy birikmalar saqlanayotgan idishlarning og‘zi ochiq turishiga ruxsat 
etilmaydi; 
 ishlayotgan laboratoriya qurilmasini yoki yoqilgan uskunalarni qarovsiz 
qoldirish ta’qiqlanadi; 
 laboratoriyada kiyiladigan xalatni ish stoli ustiga qo‘yish, laboratoriya qayd 
jurnalini mo‘rili shkaf ostida yoki uskuna, asboblar yonida, sintez 
mahsulotlari ajralayotgan hududda yozish mumkin emas. Bu maqsadda 
ishlatish uchun laboratoriya yozuv stoli bo‘lishi kerak; 
 ishlatiladigan kimyoviy idishlarning toza va quruqligiga e’tibor qarating. 
Sintezni tugatgandan so‘ng idishlarni yuvish va quritish lozim; 
 sintez uchun kerakli reaktivlarni, erituvchilarni, reagentlarni faqatgina nomi 
ko‘rsatilgan mos idishlardan olish kerak (har bir idish yorliqlangan 

Download 91.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling