7-rasm.
Tomchili va ajratuvchi voronkalar: 1, 2 – oddiy tomchili voronkalar; 3 –
o‘tkazgichli tomizgichli voronka; 4- ajratuvchi voronka
NASADKA (ulagich) VA ALONJLAR. Sintez jarayonida turli xil tuzilishli
nasadkalar – turli diametrdagi shlifli naylarni kerakli burchak hosil qilib
bog‘lovchilardan foydalaniladi (8-rasm). Ular odatda kolbalarga o‘rnatiladi
shuningdek, laboratoriya uskunalari (kolba, sovutgichlar, tomchili voronkalar,
termometrlar va h.z.) alohida qismlarini ulashda ham foydalaniladi. Degidratlash
reaksiyalarini o‘tkazishda Dina-Starka nasadkasi (4) ancha qulay hisoblanadi.
Bunda nasadka kerni kolbaga, mufta teskari sovutgichga o‘rnatiladi. Kolbada
organik erituvchidagi masalan, benzoldagi modda eritmasi qaynatilganda,
kolbadan ajralayotgan suv benzol-suv azeotrop aralashmasi ko‘rinishida
kondensatlanib, nasadka orqali yig‘iladigan idishga tushadi. Suv jo‘mrak orqali
to‘kiladi.
Alonjlar kolba va sovutgichni o‘zaro tutashtirish uchun ishlatiladigan
maxsus nasadkalar.
8-rasm.
Nasadka va alonjlar: 1- ikki shoxli nasadka, 2- Vyurs nasadkasi, 3- Klayzen
nasadkasi, 4 – Dina-Starka nasadkasi, 5- alonjlar.
QURITUVCHI (xlorkalsiyli) NAYLAR (9-rasm) gazlarni quritish uchun
ishlatiladi. Xlorkalsiyli naylar suv yutuvchi modda ko‘pincha CaCl
2
granulalari
saqlaydi. 9-rasmda shunday naylarning asosiy ikki turi: uskunani suv bug‘laridan
izolyatsiya qilish uchun ishlatiladigan (1) (havodagi namlikka nisbatan sezgir
modda saqlagan uskunada bosimni atmosfera bosimi bilan tenglashtirish orqali) va
gaz oqimini quritish uchun ishlatiladiganlari (2) (ba’zan shunday masalan, quruq
CO
2
, HCl ni olishda kerak bo‘ladi) ifodalangan. Sintezlarni o‘tkazishda xlorkalsiyli
naylar odatda teskari sovutgichlarga o‘rnatiladi. Bunda suv oqimiga diqqatni
qaratish lozim: erituvchi bug‘larining nayga yetib borishining to‘xtashi natijasidagi
kondensatlanish tiqin hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin, oxir oqibat portlash
sodir bo‘ladi
1
. Shu sababli qurituvchisi bilan ochiq havoda uzoq vaqt saqlangan
eski xlorkalsiyli naylardan foydalanish mumkin emas
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |