voronka yuzasining zich bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi
va filtrlashning samarali
bo‘lishiga imkon yaratadi.
6-rasm.
Oddiy kimyoviy voronkalar (
1), burmali filtrning tayyorlanish jarayoni (
2),
tayyor burmali filtr (
3).
Agar erimaydigan qo‘shimchalarni (qurituvchi va b.q.) ajratish kerak
bo‘lganda ozroq paxta bo‘lagidan foydalanish mumkin.
Kristall mahsulotlarni ajratish uchun odatda vakuumli filtrlash qo‘llaniladi.
Bunda chinnidan tayyorlangan yassi teshikli voronka (
Byuxner voronkasi)
shuningdek, donador shishadan ishlangan quyilgan plastinkali voronkalar (
Shotta
voronkasi) ham qo‘llaniladi.
Tomchili voronkalar (7-rasm) reaksion aralashmaga suyuqlik quyish uchun
foydalaniladi. Silindrik yoki konussimon ko‘rinishga ega bo‘lib, yuqori qismida
mufta, pastki qismida jo‘mrak va kern joylashgan.
Tomchili voronka bilan
ishlashdan oldin shisha jo‘mrak vakuumli moy bilan moylash kerak va albatta
jo‘mrak yopiq holatda hech narsa tommasligini tekshirish kerak. Tomizgichli
voronka ancha qulay va universal (bosim
kompensatorli, payvandlangan shisha
nayli “oldinga” va “orqaga” jo‘mrakli) hisoblanadi.
Ajratuvchi
voronkalar
(7-rasm)
tuzilishi
bilan
oddiy
tomchili
voronkalardan farq qiladi. Ular oddiy konussimon ko‘rinishga ega bo‘lib,
pastki
kernga ega emas. Shishali yoki rezinali tiqin bilan og‘zi yopiladi. Bu voronkalar
o‘zaro aralashmaydigan ikki suyuqlikni ajratish uchun xizmat qiladi.