O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Barqarorlik bosqichida avvalgi davrlarda erishilgan 
muvaffaqiyatlarni mustahkamlashga bo‘lgan intilish kuchayadi 
va u 45 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan davrni qamraydi. Ana 
shu bosqichda malakani takomillashtirish cho‘qqisiga erishiladi. 
Xodimning malakasi jo‘shqin faoliyat va maxsus ta’lim orqali 
yanada oshiriladi. O‘z kasbining ustasiga aylangan xodim 
ish uslublarini shogirdlariga o‘rgatishga harakat qiladi. Unda 
tashabbuskorlik kuchayadi. Xodim xizmat lavozimida ko‘tarilib 
boradi. Unga nisbatan hamkasblari, jamoa a’zolarining hurmat-
e’tibori ortadi. Bu davrda xodimning ko‘pgina ehtiyojlari 
qondirilgan bo‘lsa-da, uni hali ham mehnatga haq to‘lash 
miqdori qiziqtiradi. Shu bilan birga, unda daromad olishning 
boshqa manbalari (foydaga sheriklik, aksiyalari uchun dividend 
olish va hokazolar)ga ham qiziqish ortadi.
Yakuniy bosqich 60–65 yoshni qamrab oladi va xodim 
pensiyaga chiqish taraddudini ko‘radi. U o‘ziga munosib vorisni 
tayyorlash harakatiga tushadi. Ana shu davrda lavozimda o‘sish 
(karyera) tanglik xususiyatiga ega bo‘lsa ham, xodimlar o‘z 
ishlaridan tobora kamroq qoniqish hosil qilishlariga qaramasdan 
o‘zlari va tengdoshlaridan g‘ururlanish hislari juda kuchli 
bo‘ladi.
Mazkur bosqichda xodimlar ish xaqi darajasi barqaror 
bo‘lishini xohlaydilar, pensiyaga chiqqanlaridan so‘ng, oladigan 
pensiyalari miqdoriga qo‘shimcha daromad topish harakatida 
bo‘ladilar.
Nafaqadan keyingi bosqichda mazkur korxonadagi 
(faoliyat turidagi) karyera nihoyasiga yetadi. Bu davrga kelib, 
korxonada ishlab turgan vaqtda shug‘ullanish imkoniyati 


141
bo‘lmagan faoliyatning boshqa turlarida (qiziqishi bo‘yicha 
badiiy ijod, bog‘dorchilik, kolleksiyalar to‘plash, jamoatchilik 
ishlari bilan shug‘ullanish va hokazolar) o‘zligini namoyon 
qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shunisi e’tiborga molikki, Abu Ali ibn Sino ham insonning 
bunday yosh xususiyatlarini to‘rt bosqichga bo‘lgan. Buyuk 
allomaning fikriga ko‘ra:
1) «O‘sish yoshi», bunga «o‘smirlik», deb ham nom beriladi. 
Bu o‘ttiz yoshgacha davom etadi.
2) «O‘sishdan to‘xtash yoshi yoki yoshlik davri» — bu o‘ttiz 
besh yoki qirq yoshgacha bo‘lgan davr.
3) «Qisman quvvat bo‘la turib, cho‘kish yoshi» — bu 
o‘rtacha yoshdagi kishilarga mansub bo‘lib, oltmish yoshgacha 
davom etadi.
4) «Kuchsizlik yoki birga cho‘kish yoshi» — bu umr 
oxirigacha cho‘ziladigan yoshidir
5
.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling