O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/138
Sana02.12.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1779362
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138
Bog'liq
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)

NA ZO R A TSAV O LLA R I
1. Ildizni m orfologik jihatdan ta ’riflang.
2. Ikli/ zona lari va vazilalari nimalardan iborat?
3. 
Ildiz tizimlari va ularning asosiy turlarini sanab o'ting.
4. N ovda (janday va/.ifani bajaradi?
5. Poyaning shoxlanish (iplarini ta ’riflang.
6. Bargning m orfologik belgilari.
7. B argning h a y o t k ech irish i va m eta m o r fo z i h aq id a gapirib
bering.
19


O'SIMUKLARNING GENERATIV A’ZOLARI, ULARNING 
TIPLARI VA MORFOLOGIYASI
Generativ organlarning vazifasi jinsiy ko'payishga xizmat qilishdir. 
Evolyutsiyaning dastlabki bosqichlarida generativ organlar vazifasini 
bir hujayrali gameta bajargan bo'lsa, yuksak o ‘simliklargacha m a’lum 
evolyutsion bosqich bosib o ‘tilgan. K onyugatlar, diatom suvo'tlari, 
bazidiyali zam burug'larda jinsiy ko'payish organi yo‘q. Saprolegiya 
zam b u ru g ‘ida ogoniy va an terid iy hosil b o 'lg a n b o 'ls a , x altali 
zam burugiar, lishayniklarda arxegoniy hosil bo'ladi. Yo'sinsimonlarda, 
paporotniklarda jinsiy ko'payishga xizmat qiluvchi arxegoniy va anteridiy 
hosil bo'lgan. Jinsiy ko'payish o'simliklar taraqqiyotining m a’lum etapida 
hosil bo'lgan erkak va urg'ochi jinsiy hujayralar - gametalar hisobiga 
bo'ladi. Erkak va urg'ochi gametalar bir-biri bilan qo'shilib otalangan 
(u ru g 'lan g an ) h u ja y ra zigotani hosil q iladi. M ana shunday ikki 
gametaning qo'shilishi jinsiy jarayondir. Jinsiy hujayralarning hosil 
bo'lishi yadroning reduksion bo'linishi asosida ro'y berib, hosil bo'lgan 
gametada xromasomalarning soni ikki m arta kamligi bilan xarakterlanadi. 
Jinsiy ko'payish tabiatda muhim rol o'ynaydi. Chunki vujudga kelgan 
yangi o 'sim lik d a o ta va ona organizm ining barcha x ususiyatlari 
mujassamlashgan bo'ladi. Bunday o'simliklar irsiy jihatidan boy va xilma- 
xil bo'lgani uchun yangi turlami tanlash hamda ularning tashqi muhit 
sharoitiga moslanishida katta ahamiyatga ega. Yopiq urug'lilaming asosiy 
generativ organi gul bo'lib, unda dastlab spora, keyin gameta shakllanib, 
ularning qo'shilishidan zigota vujudga keladi. Zigotaning rivojlanishidan 
yangi o 'sim lik lam ing u ru g 'd ag i m urtagi hosil b o 'lad i. Gul kelib 
chiqishiga ko'ra, shakli o'zgargan novda bo'lib, o'simliklaming jinssiz, 
sporalar orqali va jinsiy gametalar hosil qilib ko'payishiga xizmat qiladi. 
Bu o 'zg argan novda uchidan o 'sish , yon n ov d alarni hosil qilish 
xususiyatlarini yo'qotgan. Bargning rivojlantiruvchi bo'rtiqlardan gul 
qismlari o'sadi, novda qismiga gul bandi va gul o'rni kirsa, barg kelib 
chiqishiga ega bo'lgan qismlariga gulkosachabarg, urug'chi va changchilar 
kiradi. Gul bandi poyaning davomi bo'lib, ayrim o'simliklarda tezda 
to'xtasa (shaftoli, olma, o'rik), ko'pchilik o'simliklarda o'sishni davom 
ettiradi. Gul o'rnida barcha gul qismlari joylashgan bo'ladi. Ularning 
joylashishiga qarab gullarni uch guruhga bo'lish mumkin:
1. Siklik gullar (sabzida).
20


2. Asiklik gullar (magnoliyada).
3.Gemosiklik gullar (ayiqtovonlarda).
Siklik gulda gul a ’zolari doira b o ‘lib joylashadi. Bu holatni o ‘rik, 
g ‘o ‘za, pomidor, zig’ir, limon, k o ‘pchilik yopiq u ru g ‘li o ’simliklar 
vakillarida ko’rishimiz mumkin. Gulda, gul a ’zolari spiral holda joylashsa, 
bunday gullar asiklik gullar deyiladi. Misol uchun, magnoliya o ’simligida. 
Gemosiklik gullar yarim doiraviy gullar bo’lib, ularning bir qismi spiral, 
ikkinchi qismi esa doira shaklida joylashadi. M asalan, uchma o ’t, 
ayiqtovon o’simliklarida shunday gullar mavjud. Gul o’rami bir yoki qo’sh 
o ’ramli bo’ladi. Gul o ’ramini hosil qilgan bir xil rangli barglar necha qator 
bo’lib joylashishidan q at’i nazar bir o ’ramli gul deyiladi. Masalan, lavlagi 
(«Beta vulgaris»), otquloq («Rumux»), izen («Kochia prostrate») va 
boshqalarni keltirish mumkin. Gulkosa barglari gulning g’uncha vaqtida 
uning tashqi tomonini o ’rab turadi. Gultoji barglari tiniq rangli bo’lib, 
hashoratlami o ’ziga jalb qiladi. Gulkosa va gultoji barglari o ’zaro birikkan 
yoki birikmagan bo’lishi mumkin. Karamning gulida gul barglari erkin. 
P ech ak n in g gulida g u lk o sa va gu lto ji b a rg la r b irik ib o ’sib 
qo’ng’iroqsimon gultoji barglami hosil qilgan.
Gul qismlari gul o ’m ida joylashishiga ko’ra, aktinam orf (to’g’ri ), 
zigamorf (noto’g’ri), asimmetrik gullarga bo’linadi. Aktinomorf gulda 
uning yuzasidan bir nechta simmetriya o ’tkazish mumkin. Zigomorf gullar 
yuzasidan faqat bitta simetriya o ’tkazish mumkin. Asimmetrik gullar 
yuzasidan birorta simmetriya o ’tkazish mumkin emas.
O ’zida gill o’rami, changchi va urug’chisi bo’lgan gullar to ‘liq gullar 
deyiladi, faqat clutngcliisi yoki urug’chisi bo’lgan gullar yalong‘och gullar 
deyiladi. G uldagi changchilarning to ’plami androsey deb ataladi. 
Changchilar gulda erkin yoki chang ipi bilan birikib o ’sadi. Gulning 
o ’rtasida mcvabargchalar o ’rnashgan bo’lib, ular megaspore bargchalar 
hisoblanadi yoki urug‘chi deyiladi. Urug’chilarning to ’plamiga genesey 
deb ataladi. Gencscyda u ru g ’chilarning tum shug’i, ustunchasi va 
tugunchasi mavjud. Tumshuqchasi chang hujayrasini qabul qilib oladi 
va changlanish jarayoni o ’tadi.
K o’pchilik o ’simliklaming gullari to ’p-to’p bo’ladi va ular to ’pgullar 
deyiladi. T o ’pgullar shoxlanishiga k o ’ra, m onopodial va sipodial 
to ’pgullarga bo’linadi.
M onopodial to'pgullarda gullar to ’pgulning birinchi tartibida 
joylashgan bo’lsa, oddiy monopodial to ’pgul aksincha, gullar 2-3 tartibli
21


shoxlarda joylashgan b o is a murakkab to'pgul deyiladi. Monopodial 
to'pgulda o'sish nuqtasi cheksiz o'sish xususiyatiga ega bo'lib, yon 
shoxlarning soni aniq bo'lmaydi. Gullar to'pgulning asosidan uchiga 
q a ra b doim iy rav ish d a ochilib b o rad i. S im p o d ial shoxlanuvchi 
to'pgullarning o'sishi cheklangan bo'lib, har bir oilaga kiruvchi o'simlik 
turlaridan farq qiladi. Bunday to'pgullarda gul to'pgulning uchidan 
asosiga qarab ochilib boradi. Oddiy monopodial to'pgullarni boshoqda, 
zu b tru m d a, k u c h a la y o n g 'o q d a , s o 'ta m a k k a jo 'x o rid a , shingil 
karam do sh larda, qalq o n ch a nokda, boshcha sebargada, soyabon 
ziradoshlarda, savatcha kungaboqarda kuzatish mumkin.
M urakkab monopodial to'pgullar murakkab boshoq bug'doy, arpa, 
m urakkab soyabon sabzi, shivit, m urakkab shingil yoki ro'vak sholi, 
qo'ng'irboshda uchraydi.
M eva
U rug'langandan keyin o'sgan va ichida urug'i bo'lgan tugunchaga 
meva deyiladi. H ar xil o'simliklaming mevasi yirik maydaligi, tashqi 
ko'rinishi, rangi va hokazolarga qarab bir-biridan farq qiladi. Shuning 
uchun ular bir qancha belgilariga, kelib chiqishi, meva qatining tuzilishi 
va m iqdoriga q arab klassifikatsiya qilinadi. Kelib chiqishiga qarab 
mevalar, haqiqiy, soxta, oddiy, murakkab va to 'p mevalarga bo'linadi. 
Haqiqiy mevalar faqat urug'chi tugunchasining o'sishidan, soxta mevalar 
urug'chi tugunchaning o'zidan emas, balki juda o'sib ketgan gulqo'rg'on 
va gulkosa ishtirokida hosil bo'ladi. Olcha, o'rik mevalari - haqiqiy meva, 
qulupnay, n a’matak, olma mevalari soxta meva hisoblanadi. Agar gulda 
bitta urug'chi bo'lib uning tugunchasidan meva hosil bo'lsa, oddiy meva 
deyiladi (o'rik, olcha, gilosda). Murakkab soxta meva bitta gulning bir 
necha urug'chisi ishtirokida hosil bo'ladi (malina, maymunjon). T o'p 
meva gullari juda zich joylashgan, keyinchalik mevalar ham qo'shilib 
o'sgan to 'p gullardan hosil bo'ladi. Mevalar qatining tuzilishiga qarab 
quruq va ho'l mevalarga bo'linadi. Quruq mevalaming meva qati quruq, 
qalin va yog'ochsimon bo'ladi, Ba’zan esa po'choqqa o'xshaydi. H o'l 
mevalarning meva qati seret sersuv, ko'pincha ochiq rangli bo'ladi. Quruq 
va ho'l mevalarning urug'i har xil miqdorda bo'ladi, urug' bir donadan 
bir necha yuz donagacha bo'lishi mumkin. Shuning uchun mevalarning 
urug'ini soniga qarab, bir urug'li va k o'p urug'li quruq meva hamda bir
22


urug'li va ko‘p urug‘li ho‘l mevaga bo‘lish mumkin. Bir urug'li quruq 
mevaga pistacha, don, yong'oq, hakalak, qanotli mevalar kiradi. Ko'p 
urug'li quruq mevalar ko‘sak, qo‘zoq, qo'zoqcha dukkak va boshqalardir. 
Bir urug'li ho‘l mevalarga olcha, o ‘rik, shaftoli kabilar kiradi. K o‘p urug'li 
ho‘l mevalar umimiy nom bilan rezavor mevalar deb ataladi. Bu mevalarda 
seret meva qati bo'ladi. Unga uzum pomidor, qoraqat, qovun, tarvuz, 
bodring, olma, nok, behi va boshqalar kiradi.
Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling