O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/138
Sana02.12.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1779362
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138
Bog'liq
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)

NAZORAT SAVOLLARI
1. O'zbekiston Respublikasining joylashishi to‘g‘risida umumiy 
tushuncha bering.
2. Chorvachilikda cho'llarning ahamiyatini tushuntiring.
3. Cho'llarda o'suvchi o'simlik turlariga tavsif bering.
4. Dengiz sathiga nisbatan o'simlik turlarining zonalar bo'ylab 
tarqalishiga ta’rif bering.
5. Muhofaza qilinuvchi o'simliklarga qanday muhofaza choralari 
ko'rilgan?
46


IKKINCHI B O ' L I M
AGRONOMIYA ASOSLARI
TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI
Tuproq va uning unumdorligi. Tuproq organik hayotning eng muhim 
boiagi, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosiy vositasidir. Tuproq 
turli jarayonlar va tabiiy omillar ta ’siri natijasida o'zgargan va o'zgarib 
kelayotgan unumdorlik xususiyatiga ega bo'lgan yerning ustki qatlamidir. 
Unumdorlik tuproqning bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan kimyoviy, 
fizikaviy, biologik. xususiyatlari va ular ro 'y beradigan jarayonlar 
kompleksiga bogliqdir. Tuproqning unumdorligi yoki ishlab chiqarish 
xossasi deganda tuproq sharoitining yig'indisi, ya’ni ekiladigan ekinning 
yaxshi rivojlanishini a ’lo darajada ta ’minlashi tuchuniladi. U ikki xil: 
tabiiy va sun’iy bo'ladi. Tabiiy unumdorlik o'simliklar, jonivorlar, issiqlik 
va boshqa omillaming ta ’sirida paydo bo'ladi. Sun’iy unumdorlik esa 
inson faoliyati natijasida, ya’ni yemi haydash, sug'orish, o'g'itlash tufayli 
hosil bo'ladi. Unumdorlik tuproqning ishlab chiqarish qobiliyatining 
asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi.
Tuproq haqidagi dastlabki ilmiy tushunchani taklif etgan rus olirni
V. V. Dokushayev (1846-1903) bu sohadagi ilmiy fan asoschisi hisoblanadi. 
Tuproqshunoslik fanining asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqqan olim 
tuproqning kelib chiqishi nuqtai nazaridan unga tabiiy-tarixiy jism sifatida 
qarashni tavsiya etgan.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling