281
Buyurtma qabul qilish. Avval to‘y o‘tkaziladigan zal buyurtmachiga
ko‘rsatiladi. To‘y o‘tkaziladigan sana va vaqti, mehmonlar soni, to‘y uchun xarajatlar
xisoblanadi. Tadbir uchun quyidagi masalalar oldindan hal qilib olinadi:
milliy an’analardan kelib chiqqan holda xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos
xususiyatlari;
kelin - kuyovlarning kirib kelishi va
salomlashishi;
sovg‘a va gullar uchun alohida joylarning bo‘lishi;
mehmonlarni joylashtirish tartibi;
issiq taom va ichimliklarni berish tartibi, o‘yin-kulgi va b.
To‘y egasi bilan taomnoma, banket stollarining joyi, mehmonlarni joylashtirish
rejalari kelishib olinadi.
To‘y taomnomasiga har
xil sovuq taomlar va gazaklar, go‘shtli taomlar, 2-3
issiq taomlar, qandolat mahsulotlari, meva va ichimliklar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: