O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti «oliy matematika» kafedrasi
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet va ZiyoNet saytlari № Ko‘rsatkichlar YaN ballari maks O‘zgarish oralig‘i
- «FIZIKA» fanidan 40 TA’LIM TEXNOLOGIYASI Kirish
- «FIZIKA» FANIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING KONSEPTUAL ASOSLARI 1. «Fizika» o‘quv fanining dolzarbligi va o‘qitish strukturasi
- Mashg‘ulotlar turlari bo‘yicha o‘quv soatlarining taqsimlanishi t/r Mavzular nomi Jami soat Ma’ruz a Amaliy
- 2. «Fizika» o‘quv fanining mazmuni 1-mavzu. Mexanik harakatning kinematik va dinamik tavsifi
- 2-mavzu. Mexanik ish. Energiya. Quvvat
- 3-mavzu. Qattiq jismlar mexanikasi. Mexanik tebranishlar
- 4-mavzu. Mexanik to‘lqinlar. Tovush to‘lqinlari
- 5-mavzu. Gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasining asoslari
- 6-mavzu. Termodinamika asoslari
- 7-mavzu. Suyuqliklar. Qattiq jismlar
- 8-mavzu. Elektr maydon vakuumda. Elektr maydonida dielektriklar
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati Asosiy adabiyotlar 1. Ismoilov M., Xabibullayev P., Xaliulin M. «Fizika kursi» Toshkent, O‘zbekiston, 2000. 2. Nazarov O‘.Q. «Umumiy fizika kursi». II Toshkent, O‘zbekiston, 2002. 3. Abdusalomova M.N. «Fizika fanidan ma’ruzalar matni». SamKI, 2003. 4. Boydadayev A. «Klassik statistik fizika». Toshkent, «O‘zbekiston», 2003. 5. Volkenshteyn V.S. «Umumiy fizika kursidan masalalar to‘plami». Toshkent, «O‘qituvchi», 1989. 6. Abdusalomova M.N. Fizikadan leksiyalar kursi. Samarqand, 2007. Qo‘shimcha adabiyotlar 7. Numonxo‘jayev A.S. «Fizika kursi» 1-qism, Toshkent, O‘qituvchi, 1992. 8. Safarov A.S. «Fizika» Toshkent, O‘qituvchi, 1992. 9. Nazarov U.K. «Umumiy fizika kursi» 1-qism, Toshkent, O‘qituvchi, 1992. 10. Nazirov E.N., Xudayberdiyeva Z.A., Safiullina N.X. «Mexanika va molekulyar fizikadan amaliy mashg‘ulotlar». Toshkent, «O‘zbekiston», 2001. 11. Abdusalomova M.N. «Fizikadan laboratoriya praktikumi». – Samarqand, 2007. 12. Sovremennaya fizika. M., 2005. 13. Ilin V.N. Termodinamika i sotsiologiya. Fizicheskiye osnovi sotsialnix protsessov i yavleniy. M., 2005. Internet va ZiyoNet saytlari № Ko‘rsatkichlar YaN ballari maks O‘zgarish oralig‘i 1 Fan bo‘yicha yozma ish nazorati 6 0-6 2 Fan bo‘yicha amaliy topshiriq 24 0-24 Jami 30 0-30 39 1. www.iofbe.ru . Fiziko-texnicheskiy institut im. A.F.Ioffe. 2. www.buybook.ru . Magazin knigi: Copyright s 2004. 3. www.colibri.ru . Inernet-magazin krupnogo kolibra (1999-2006) 4. www.book.sdd.ru . Knijniy internet. 5. www.nmsi.uz/ebook.htm . Navoiy Davlat Konchilik instituti. 6. http://www.iite.ru/iire/russion/ Institut Yunesko po informatsionnim texnologiyam v obrazovanii. 7. http://www.scool.ua/Htm/Technologie.htm Informatsionniye texnologii v uchebnom protsesse. 8. http://www.uzbekistan.uz . O'zbekistan, ustremlenniy v budushee. «FIZIKA» fanidan 40 TA’LIM TEXNOLOGIYASI Kirish «Fizika» fanidan ta’lim texnologiyasi uslubiy qo‘llanmasida bayon etilgan dars mashg‘ulotlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqilgan. Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati muhimdir. Qo‘llanmada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o‘zida o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish shart-sharoiti to‘g‘risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko‘zlangan natijalarni, o‘quv mashg‘ulotning rejasi, o‘qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Qo‘llanma tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari, mavzu bo‘yicha ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan. 41 Qo‘llanmaning konseptual asoslari qismida «Fizika» fanining dolzarbligi va ahamiyati, mazkur o‘quv fanining tarkibiy tuzilishi, o‘qitishning usul va vositalarini tanlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikatsiyalar, axborotlar berilib, so‘ngra loyihalashtirilgan o‘qitish texnologiyalari taqdim qilingan. 1. Quyidagi turdagi ma’ruza mashg‘ulotlari kirish ma’ruza, mavzu asosida ma’ruza, muammoli ma’ruza, vizuallashtirilgan ma’ruza, yakunlovchi ma’ruza, sharhlovchi ma’ruza berilgan. 2. Amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlarni olib borishning topshiriqlarni individual tarzda, guruhda bajarilishi vaziyatli ishlanma har xil usullar, nazariya asosida bilimlar va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish va kengaytirishga yo‘naltirilgan amaliy topshiriqlar berilgan. Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga o‘qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmoqda. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu talablar yotadi. «FIZIKA» FANIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING KONSEPTUAL ASOSLARI 1. «Fizika» o‘quv fanining dolzarbligi va o‘qitish strukturasi Zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri – malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda hislatlarini bilgan tarzda mehnatni oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatishdir. Hozirgi kunda ta’lim, fan va ishlab chiqarishdagi dolzarb vazifalar kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshirilayotganiga ishonch hosil qilinadi. Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti eng avvalo zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida oqilona foydalanish bilan farqlanadi. Davlatning, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning rivojlanishi yetuk 42 kadrlarga hamda fan-texnika yutuqlaridan qanday foydalanishga bog‘liqligini bozor iqtisodiyotining shakllanishi ko‘rsatmoqda. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o‘quv jarayonining ilmiyligi, zamon talablariga mosligi, turmush amaliyot bilan bog‘lanishiga asoslangan. Shuning uchun fizika fanining o‘qitishdan maqsad, talabalarga yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun yetarli darajada baza yaratish, ularni kelgusidagi mehnat faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritishlariga va fizika fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta olishlaridan iborat. Bakalavr bosqichi talabalariga mo‘ljallangan «Fizika» fanining asosiy maqsadi – talabaga xilma-xil elektrotexnik elektron asboblar va qurilmalarning ishlash prinsipini o‘rganish va tushinishi uchun zarur bo‘lgan chuqur bilimlarni berish va ish faoliyatlarida, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida olingan bilimlarni ishlata olish. «Fizika» fani bo‘yicha talabalarning bilimi, o‘quvi va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar: a) bilimga ega bo‘lishi kerak: - fanga tegishli bo‘lgan nazariy, amaliy ma’lumotlarni o‘rganish, aniq tasavvurga ega bo‘lishlari; - har bir elementga e’tibor bergan holda, fan sirlarini to‘liq o‘zlashtirib olishlari lozim; - fizikaning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘rni va ahamiyatini bilish; - mehnatga to‘g‘ri motivatsiya munosabatini shakllantirish omillari to‘g‘risidagi tasavvurlarga ega bo‘lish. b) bilish kerak: - tabiat qonunlarini o‘rganish va ulardan insoniyat ehtiyojlari uchun foydalanishi; - hodisaning modelini yaratib berish; - materiallar va mahsulotlarni fizik xususiyatlarini o‘rganishda fizikaviy metodlardan foydalanish; v) bajarilishi lozim: - fizik asbob-uskunalardan foydalanish, tajribalar o‘tkazish, olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish, tegishli xulosalarga erishish, texnika xavfsizligini to‘la saqlash kabi ko‘nikmalarni hosil qilish; - guruh materiallarini izlanishida laboratoriya usullaridan foydalanishi; - masalalarni yechishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish; d) tasavvurlarga ega bo‘lmog‘i lozim: - xizmat sifatini tekshirish; - mahsulotlarni sinovi; - sinovni asosiy sharoitlari – atrof-muhitni aniq parametrlarini ta’minoti; - texnologiyalarni va tayyor mahsulotlarni sifatli xususiyatlarini baholash; - kompleks avtomatlashtirish; - avtomatlashtirishning va boshqarishning kompyuter texnologiyalari; - aholini turmush darajasini ko‘tarishda xizmat ko‘rsatish sohasini, servisni yangi sifat darajasiga ko‘tarish. g) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifa: 43 - fundamental ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish; - talabalarni millat manfaatlari yo‘lida: - texnikani rivojlantirish; - milliy mahsulotni ko‘paytirish; - turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalash. 44 Mashg‘ulotlar turlari bo‘yicha o‘quv soatlarining taqsimlanishi t/r Mavzular nomi Jami soat Ma’ruz a Amaliy mash- g‘ulot Labora- toriya ishi Mustaqil ta’lim 1 Mexanik harakatning kinematik va dinamik tavsifi 8 2 2 2 2 2 Mexanik ish. Energiya. Quvvat 6 2 2 - 2 3 Qattiq jismlar mexanikasi. Mexanik tebranishlar 12 2 2 4 4 4 Mexanik to‘lqinlar. Tovush to‘lqinlari 6 2 2 2 5 Gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasining asoslari 6 2 2 - 2 6 Termodinamika asoslari 6 2 2 - 2 7 Suyuqliklar. Qattiq jismlar 10 2 2 4 2 8 Elektr maydon vakuumda. Elektr maydonida dielektriklar 6 2 2 2 9 Elektr maydonida o‘tkazgichlar O‘zgarmas elektr toki 12 2 2 4 4 10 O‘tkazgichlar, dielektriklar. Yarim o‘tkazgichlar 6 2 2 2 11 Metallarning klassik nazariyasi. Vakuumda elektr tok. Termoelektrik hodisalar 10 2 2 4 2 12 Elektromagnetizm. Moddalardagi magnit maydoni 6 2 2 2 13 Elektromagnit induksiya 10 2 2 4 2 14 Elektromagnit maydoni. Maksvell tenglamalari O‘zgaruvchan elektr toki 12 2 2 4 4 15 Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar 6 2 2 2 16 Kvant fizikasi. Kvant optikaviy hodisaning asoslari 6 2 2 2 17 Mikro zarrachalarning to‘lqin xususiyatlari. Atomning energetik sathlarining diskretligi. Vodorod atomi tuzilishining kvant nazariyasi 8 2 4 2 Jami 136 34 36 26 40 45 2. «Fizika» o‘quv fanining mazmuni 1-mavzu. Mexanik harakatning kinematik va dinamik tavsifi O‘zbekiston Respublikasining istiqboli texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni dunyo standartlari darajasida rivojlanishi va ularni amalga oshiruvchi kadrlarning malakasi va salohiyati bilan aniqlanadi. Bunday masalalarni yechishda fizika fanini ahamiyati katta. Fizika hozirgi zamon jamiyati hayotida juda muhim o‘rinni egallaydi. Sanoatda, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda, maishiy xizmatda, madaniyatda u inson hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sharoitini tubdan o‘zgarishiga ko‘maklashmoqda. Talabalarni mutaxassisliklari uchun fizika fanining rivojlanish tarixi, maqsadi, vazifasi, tadqiqot uslublari va amaliy ahamiyati haqida keng ma’lumotlar berish. Mexanik harakatning harakteristikalari, turlari va amaliyotda foydalanishi haqida chuqur bilim berish. 9-16 asrda ilmiy izlanishlar markazi Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga siljidi. Bu davrga kelib, fan rivojiga, jumladan fizikani rivojiga O‘rta Osiyo olimlari ulkan hissa qo‘shdilar. Fizika, matematika, astronomiya va tabiatshunoslikka oid masalalar Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Termiziy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Ali Qushchi va boshqa o‘rta osiyolik olimlarning ishlarida o‘z aksini topgan. Beruniy dunyoning moddiyligi, harakatning turlari, jism inersiyasi, fazoviy jismlarning vaznsizligi to‘g‘risida fikrlar yuritdi. Ibn Sino harakatning nisbiyligi, inersiya, kuch, massa va tezlanish orasidagi bog‘lanish, aylanma harakat, markazga intilma kuch, chiziqli tezlik va boshqa mavzularga tegishli mulohazalarining aksariyati hozirgi zamon tushunchalariga juda mos keladi. 2-mavzu. Mexanik ish. Energiya. Quvvat Biz o‘zimizni o‘rab olgan sharoitda bir-biriga qandaydir kuchlar bilan ta’sir qilayotgan jismlarga duch kelamiz. Tabiiy ravishda kuchlarning jismlar ko‘chishi bilan bog‘liq bo‘lgan ta’sirni ish deb ataladigan fizik kattalik harakterlaydi. Biror ish bajara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan har qanday jism yoki jismlar sistemasi energiyaga ega bo‘ladi. Energiya jismning yoki jismlar sistemasining holatini uning bir holatdan boshqa holatga o‘tishida ish bajarish qobiliyatini harakterlaydi. Amaliyotda katta ahamiyatlarga ega bo‘lgan fizik kattaliklar – mexanik ish, quvvat, energiya to‘g‘risida chuqur bilimlar berish. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni – tabiatning eng muhim asosiy qonuniyatlardan biri. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni vaqt simmetriyasi, vaqtning bir jinsligi xususiyati bilan bog‘langan. Sharq olimi Beruniy energiya aylanishi to‘g‘risida fikrlar yuritdi. 3-mavzu. Qattiq jismlar mexanikasi. Mexanik tebranishlar 46 Mexanikada ko‘p foydalaniladigan modellardan yana biri absolyut qattiq jism tushunchasidir. Shuni nazarda tutish kerakki, tabiatda absolyut qattiq, ya’ni mutlaqo deformatsiyalanmaydigan jismlar yo‘q. Bunday modeldan foydalanib, qattiq jism kinematikasi va dinamikasidan bilimlar berish va ulardan amaliyotda foydalanishni o‘rganish. Beruniy Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini o‘zi yasagan asboblar yordamida isbotlandi va Yer radiusi 6490 km ga yaqin ekanligini aniqladi. Yer va boshqa sayyoralarning Quyosh atrofidagi harakatlari ellips shakliga yaqinligi to‘g‘risida fikrlar yuritdi. Tabiat va texnikada juda ko‘p tarqalgan takrorlanuvchi jarayon asosida tebranishlar va ularni hosil qilgan to‘lqinlar yotadi. Bizning planetamizning hayotida ham tebranma harakat ro‘y beradi. Tirik organizmda ham tebranish ro‘y beradi. Fizikaviy tabiatga qarab tebranishlarning ikki turi bor. Tebranayotgan jism hamisha boshqa jismlar bilan bog‘liq va ular bilan birga tebranayotgan sistemani hosil qiladi. Hozirgi zamon fizikasida tebranishlar fizikasi maxsus soha sifatida ajralib chiqqan bo‘lib, unda turli xil tebranishlar yagona nuqtai nazardan qaralib chiqiladi. Tebranishlar fizikasining xulosalari mexanik tebranishlar, o‘zgaruvchan tok, elektrotexnika va radiotexnikaning nazariy asosini tashkil qiladi. Beruniy dengiz hamda ummon suvlarining ko‘tarilishi va pasayish sabablari to‘g‘risida fikrlar yuritdi. 4-mavzu. Mexanik to‘lqinlar. Tovush to‘lqinlari Mexanik tebranishlarning elastik muhitda tarqalish jarayoni mexanik to‘lqin deb aytiladi. Qandaydir sistema muhitda tebranma harakatda bo‘lsin. Muhit zarralari bir- biri bilan bog‘langan bo‘lsa, tebranish harakat energiyasi sistemani o‘rab turgan muhit zarrachalariga beriladi va ularni tebranma harakatga keltiradi. Ana shunday tebranishlarning muhitda tarqalishi to‘lqinlar deb ataladi. To‘lqinlar tebranishlari va tarqalish yo‘nalishining o‘zaro munosabatiga qarab ikki xil bo‘ladi. Elastik muhitda tarqalayotgan to‘lqinlar chastotasi 16 Gs dan 20000 Gs gacha bo‘lsa, bunday to‘lqinlarni inson eshitish organi – qulog‘i orqali sezadi va bo‘ylama mexanik to‘lqinlar tovush to‘lqinlari yoki tovush deb ataladi. Abu Nasr al-Forobiyning tovush tezligi, tovushning to‘lqin tabiati. Tovush chastotasi, tovush to‘lqinning uzunligi haqidagi fikrlari va ularga asoslanib yaratilgan musiqa notasi hamda optikaga oid ko‘pgina ishlari fizika fanining rivojlanishiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ladi. 5-mavzu. Gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasining asoslari 47 Molekulyar fizika va termodinamika ayni bir doiradagi hodisalarni, xususan, jismlardagi makroskopik jarayonlarni, ya’ni jismlar tarkibidagi ulkan miqdordagi atomlar va molekulalar bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalarni o‘rganadi. Molekulyar fizika moddaning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadi va issiqlikni atom va molekulalarning tartibsiz harakati deb qaraydi. Jismlarning ichki xossalari issiqlik harakatiga bog‘liq, shuning uchun issiqlik harakatini o‘rganish jismlar ichida yuz beradigan ko‘p jarayonlarni tushunib olishga imkon beradi. Issiqlik hodisalarining qonunlari kashf etilishi bu hodisalardan amalda, texnikada samarali foydalanishga imkon beradi. Gazsimon, suyuq va qattiq holatdagi moddalarni o‘rganishda molekulyar- kinetik nazariya asosiy nazariya bo‘lib qoldi. Hozirgi zamon fanida jismlarning fizik xossalarini o‘rganishda ikki xil yondashishdan – termodinamik va molekulyar-kinetik usuldan foydalaniladi. Hozirgi zamon texnikasida ko‘pgina jarayonlarda ko‘chish hodisasi kuzatiladi. Masalan, qandni ishlab chiqarishda – lavlagidan qandni hosil qilishni (ekstraksiya) diffuziya hodisasi ta’minlaydi. Beruniy bo‘shliq, atmosfera bosimi, suyuqliklar gidrostatikasi, qor, yomg‘ir va do‘lning paydo bo‘lish sabablari to‘g‘risida fikrlar yuritdi. Ibn Sino bo‘shliq va atmosfera bosimi, konveksiya, issiqlik uzatilishining turlari to‘g‘risida fikrlar yuritdi. A.Eynshteyn, polyak fizigi M.Smoluxovskiy va fransuz fizigi J.Perrenlar broun harakati atom hamda molekulalarning issiqlik harakati ekanligini isbotlab, molekulyar-kinetik nazariya asoslari bo‘lgan broun harakatining miqdoriy nazariyani yaratdilar. Materiyaning kinetik nazariyasi taraqqiy etishi L.Bolsman tomonidan statistik mexanika – Bolsman statistikasining yaratilishiga olib keldi. 6-mavzu. Termodinamika asoslari Termodinamika termodinamik muvozanat holatida turgan makroskopik sistemalarning umumiy xossalari va bu holatlar orasidagi o‘tish jarayonlarni o‘rganadi. Termodinamika turli issiqlik, mexanik, elektr va hokazo jarayonlarda molekulalarning issiqlik harakati tufayli energiyaning o‘zgarishi va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Termodinamika fundamental qonun va tamoyillar asosida quriladi. Termodinamika asosida insoniyatning ko‘p asrlik tajribasi natijasida tasdiklangan ikkita fundamental qonun yotadi. Birinchi qonun energiyaning aylanish jarayonining miqdoriy va sifat tomonlarini tavsiflaydi. Ikkinchi qonun bu jarayonlarning yo‘nalishlari haqida fikr yuritishga imkon beradi. Termodinamikaning uchinchi qonuni entropiyaning mutloq qiymatini aniqlaydi, Nernstning issiqlik qonuni deb ham ataladi. Bu uchta qonun termodinamik jarayonlarni tahlil qilish va turli issiqlik mashinalarini hisoblashga imkon beradi. 48 Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni issiqlik hodisalari nazariyasining asosiy qonuni bo‘lib, u termodinamikaning birinchi bosh qonuni deb ataladi. Termodinamikaning rivojlanishida S.Karno, R.Klauzius, U.Tomson, E.Klapeyron va D.I.Mendeleevning xizmatlari katta bo‘ldi. S.Karno issiqlikning mexanik harakatga aylanishini aniqladi. R.Klauzius, U.Tomson issiqlik nazariyasining asosiy qonuni – termodinamikani ikkinchi bosh qonunini ta’rifladilar. 7-mavzu. Suyuqliklar. Qattiq jismlar Moddalar uch agregat (gaz, suyuq, qattiq) holatda bo‘lib, ularning fizik xususiyatlari holat parametrlari o‘zgarishi bilan bir-biriga o‘xshash bo‘lishi ham yoki tubdan farq qilishi ham mumkin. Moddaning suyuq holati uning gazsimon hamda qattiq holatlari orasidagi oraliq holat bo‘lib, u ikkala holat bilan ma’lum o‘xshashliklarga ega bo‘ladi. Suyuqlik sirtini tarang holati sirt taranglik deb ataladi. Sirt taranglik moddaning suyuq holati uchun harakterli bo‘lgan hodisalarni tushuntiradi. Suyuqlikning egrilangan sirti ostida ichki bosimdan tashqari yana qo‘shimcha bosim ham vujudga keladi. Qo‘shimcha bosim kapillyar hodisalarda katta rol o‘ynaydi. Ayrim suyuqliklar qattiq jismni ho‘llasa, boshqalarni ho‘llamaydi. Ho‘llash va ho‘llamaslik hodisasi sanoatda va turmushda katta ahamiyatga ega. Kapillyar hodisalar tabiat va texnikada katta rol o‘ynaydi. Qattiq jismlar bir-biridan ichki tuzilishi jihatdan batamom farq qiluvchi kristall va amorf jismlar ko‘rinishida uchraydi. Qattiq jismlar asosan kristall holatda bo‘ladi. Tabiatda kristall holat juda ko‘p tarqalgan. Ko‘pchilik qattiq jismlar kristallardir. Yangi texnologiyalarning rivojlanish xususiyatlarini turli xil fizik jarayonlarni boshqarish uchun mumkin bo‘lgan yangi materiallar va moddalarni olish bilan bog‘liqdir. 8-mavzu. Elektr maydon vakuumda. Elektr maydonida dielektriklar Fizikaning harakatsiz elektr zaryadlar maydoni va ularning o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan bo‘limi – elektrostatikadir. Harakatsiz elektr zaryadlar hosil qilgan elektr maydon elektrostatik maydon deyiladi. Elektrostatikaning asosiy qonuni – Kulon qonuni. Elektr zaryadlarni o‘zaro ta’siri faqat elektr maydon orqali amalga oshadi. Zaryadlangan har bir jismli elektr maydon o‘rab oladi. Xizmat ko‘rsatish sohalarida, texnikada eng ahamiyatli materiallardan biri ham elektr o‘tkazmaydigan moddalar, dielektriklar. Texnikada ishlatiladigan dielektriklar har xil. Ular tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tashqi elektr maydon ta’sirida dielektrik qutblanadi, uning sirtidagi bir tomonda musbat ishorali bog‘langan zaryadlar, ikkinchi tomonda esa manfiy ishorali bog‘langan zaryadlar paydo bo‘ladi. 49 Tashqi maydon bo‘lmaganda spontan (o‘z-o‘zidan) qutblanish qobiliyatiga ega bo‘lgan moddalar bor, shu moddalarning barchasi segnetiklar deb aytiladilar. Sharq olimi Ibn Sino yashin va yashinning turlari, momaqaldiroq hodisasini yoritishdi, fizika faniga katta hissa qo‘shdi. 18-asrda fransuz olimi Sh.Dyufe elektrning ikki turi mavjudligini aniqladi. G.Kavendish va undan mustasno Sh.Kulon qo‘zg‘almas elektr zaryadining o‘zaro ta’sir kuchini tajribada aniqladilar hamda matematik ifodasini topib, asosiy qonun – Kulon qonunini ochdilar. Rus fiziklari G.Rixman, M.V.Lomonosov va amerikalik olim B.Franklin atmosferada hosil bo‘ladigan elektr, yashinning tabiatini tushuntirib berdilar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling