O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
Baland Osiyo T.G.R.
Markaziy Osiyoning janubida Gang va Xind past tekisligi oralig'ida yer sharidagi juda baland tog' va tog'larning sistemasiga joylashgan o'rtacha balandligi 5000 m dan oshadi. Bu tog'lar sistemasiga g'arbda Pomir Hindiqush va Qoraqurum tog' tugunidan sharqda Tibet tog'ligining sharqiy chekkasigacha bo'lgan yerlar kiradi. Butun tibet tog'ligi Kanlun va Nanshan shu regionga kiritiladi. Hindiqush va Qoraqurum bu baland tog' o'lkasi Pomir va Eron tog'ligini tibet tog'ligiga bog'lovchi tog' tugunini hosil qiladi. Hindiqush va Qoraqum sistemasi yer sharidagi eng baland ko'tarilmalar qatoriga kiradi. Hindiqush tog'lari g'arb janub g'arbdan sharqqa shimoli sharqqa tomon cho'zilgan . Tog' tizimi murakkab tuzilgan bo'lib tog'lar g'arbdan sharqqa toomn balandlashib boradi. G'arbiy Hindiqush tog'lari balandligi 4000-5000 m sharqiy Hindiqush 6000-7000 m ga yetadi. Eng baland Tirichlar cho'qqisi 7690 m ni tashkil etadi. Hindiqush tog'lardan shimolda Pomir tog'lari sharqiy Hindiqushdan Karambir daryo vodiysi orqali ajralgan Qoraqum tizmasi janubi sharqqa tomon cho'zilgan. U balandligiga ko'ra yer sharida Himolaydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning o'rtacha balandligi 6000 m ga ko'p cho'qqilari undan baland ba'zilari 8000 m dan yuqori. Ulardan eng yirigi Chagori cho'qqisi 8611 m balandlikda esa va daryoda balandligi jihatdan ikkinchi o'rinda turadi. Har ikkala tog' tizmasi iqlim sharoitining tarkib topishi tog' rel'fi va katta suv havzalaridan uzoqda joylashganligi asosiy rol o'ynaydi. Umuman olganda quruq va cho'l iqlimi Hindiqushning g'arbiy qismiga sharqiga qaraganda yog'in ancha ko'p tushadi chunki Atlantika okeanidan nisbatan 27 nam havo kirib keladi. YOg'in miqdori 400-800 mm ga yetadi va asosan qishga to'g'ri keladi. O'sha tog' yon bag'irlaridan ko'plab daryolar boshlanadi. Bu daryolarning bir qismi janubga qarab oqadi shimolga oquvchi daryolar markaziy va o'rta Osiyoning berk havzalariga kiradi. Kunlun bu tog' sistemasi ikki qator tizmalardan iborat bo'lib bu tizmalar g'arbda bir biri bilan tutashgan. Shimoliy tarmog'i Chechen daryosi vodiysidan sharqdagi tarmog'i nanshan nomi bilan yuritiladi. Kunmun tog'larining o'zi Torim soyligini janubi g'arbga tomon o'rab kenglikka yaqin yo'nalishda Tibet tog'lgining shimoliy chekkasi bilan cho'zilgan. Butun tog' sistemasi uchun poleozoy burmali strukturasilarining yangi tektonik harakatlar natijasida balandga ko'tarilib qolganligi va keskin alp tipli rel'f hususiyati hosdir. O'lkaning shimoliy g'arbiy qismida katta tog' massivlari Ko'ng'ir 7719 m va Muztog'ota 7546 m ko'tarilib turadi. Saydam soyligining shimorliy chegarasini balandligi 5000 m dan ortiq bo'lgan Oltintog' tizmasi tashkil etadi. Soylikning janubiy chekkasi bo'ylab muzliklar bilan qoplangan baland prejevalskiy tizmasi ko'tarilgan. Kunlunaning eng baland cho'qqisi 7723 m shu tizma joylashgan kunlun tog'laridagi qirg'oqchilik g'arbdan sharqqa tomon kuchayib borib o'rta qismida maksimum darajaga yetadi va sharqqa toomn yumsham boradi. Tibet tog'ligi tabiiy sharoiti juda o'ziga hos bo'lgan tabiiy geografik o'lkadir. Tabiatning bir butunligi avvalo orografik yahlitligiga bog'liq. Tibet daryodagi eng katta va eng baland tog'lik bo'lib uni baland tizma tog'lar o'rab va Osiyoning boshqa qismlarini ajratib turadi Tog'likning shimoliy chegarasi kanlun sistemasiga kiruvchi tog' tizmalarining etagi hisoblanadi. Janubda va janubiy g'arbda tog'likning chegarasi Ximolay tog'larining shimoliy etagi bo'ylab o'tadi. Shimoliy g'arbda tog'likni Pomir Qoraqurum tog' tuguni o'rab turadi. Bu katta hududning hamma qismi uchun katta absolyut balandlik va tog' cho'l hamda tog' chala cho'l landshaftlarining eng keng tarqalganligi hosdir. O'lkaning hozirgi rel'fning vujudga kelishida ko'tarilishi va u bilan birga ro'y bergan yorilishlar bilan birgalikda errozio jarayonlar va undan keyin iqlimning qurg'oq chilishib borishi bilan cho'l sharoitidagi nurash shamol ishi katta rol o'ynagan. Tibet tog'ligi struktura tuzilishi va rel'figa ko'ra ichki tarovutlarga ega. Markaziy va g'arbiy Tibet o'rta hisobda 4500-5000 m dagi bir hil balanlikka ko'tarilgan bo'lib silmiqlanib qolgan tog' tizmalari va tektonik botiqlardan iborat. Parellel joylashgan tog' tizmalarini juda katta doirasimon vodiylar bir biridan ajralib turadi. Bu vodiylarda materikning eng katta daryolari Xuanxe yanszi mekong oqadi. Sharqiy Tibet uchun geyzerlar va qaynar buloqlar shimolda esa so'nmagan vulkanlar harakterlidir Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling