O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


 Kurashchining umumjismoniy tayyorgarlik


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

 
3.6 Kurashchining umumjismoniy tayyorgarlik 
 ko„rish vositalari va usuliyotlari 
 
Saf mashqlari mo‗ljal olish tezligini, kollektivda uyushqoqlik bilan harakat 
qilish malakalarini rivojlantirish, to‗g‗ri qaddi-qomat, intizomlikni, uyushqoqlikni 
va boshqa sifatlarini tarbiyalash, shuningdek, badanni qizitish va emotsional holatni 
oshirish uchun xizmat qiladi. 
Saf mashqlari asosan mashg‗ulotlarning tayyorgarlik qismida chaqqon harakat 
bilan aniq komanda bo‗yicha, trenerning kutilmaganda beradigan signali, belgilari 
va topshirishga ko‗ra bajariladi. 
Asosiy saf mashqlari: saflanish, sanab chiqish, raport berish, salomlashish: 
tushunchalar front safning old tomoni, flang safning o‗ng yoki chap tomoni, masofa, 
oraliq safning orasini ochish, safni birlashtirish, turgan joyda va yurib turib burilish, 
poxod va saf qadami, oldinga, orqaga, yon tomonlarga burilib qadam tashlashni 
qo‗shib ijro etish, turli xilda yurish, yugurish sur`ati, qadam uzunligini o‗zgartirib 
yurish. Trenerning turli topshiriqlarini bajarish. Masalan: yugurib tarqaling, yoting, 
turing, o‗tiring, besh daqiqada saflaning va hokazolar. 


55 
Yurish, yugurish va sakrashni navbatlashtirish. Yo‗nalishni o‗zgartirib sportcha 
yurish, chuqur odimlab yurish. Cho‗qqayib yurish, tizzalarni baland ko‗tarib yurish, 
qo‗llarni harakatlantirib yurish, sakrab-sakrab yurish, maksimal tezlik va turgan 
joyda yurish va yugurish: tabiiy to‗siqlarni yengib o‗tib yurish va yugurish, turgan 
joydan burilib turib oldinga, orqaga, yon tomonlarga uzunlikka sakrash. 
Buyumlarsiz bir kishi bajaradigan mashqlar. Ular asosiy muskul guruhlarini 
qisqartirish, cho‗zish va bo‗shashtirishga hamda ko‗pchilikni, tezlikni, chaqqonlikni 
va egiluvchanlikni rivojlantirish uchun harakatlar koordinasiyasiga
yo‗naltirilgan 
bo‗ladi. Buyumlarsiz bajariladigan mashqlar bir joyda tik turib, o‗tirib va yotib 
bajariladi. Ular katta amplituda bilan ravon, tezlikni asta-sekin oshirib va tez ijro 
etiladi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling