O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH. T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand 2009 yil


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana26.11.2020
Hajmi0.56 Mb.
#151887
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni


T4 va Тз xujayraga kirib, xromatin bilan birikkan uzakli oqsillarda maxsus 
reseptorlar bilan bog'lanadi, RNKning trakskripsion aktivligining oshishi bilan 
birga boradi. 
- oqsil sintezini stimullaydi 
- xujayra membranasiga ta'sir ko'rsatib, Na, К - atfaza faolligini o'zgartirib, 
glyukoza va aminokislotalar xujayra ichi transportini kuchaytiradi. 
Qalqonsimon bez gormonlari biosintezi, sekresiyasi, ta'sir mexanizmi 
Tireoid gormonlar - T4 -tiroksin, Тз- triyodtironin, tirozin 
aminokislotalaridan sintezlanadi. T4- 3,5, 3\5
X
 - tetrayodtironin; Тз-
3,5,3 - triyodtironin hisobilanadi. Undan taslikari biologik nofaol, riversiv 
triyodtironin (гТз) mavjud bo Tib, 3,3V triyodtironin hamda tiroksinning ichki 
xalkasi yodsizlanishidan hosil bo'ladi. T 3 va T4 aminogruppasi ajralishi yuz 
berganda tetra-triyoduksus kislota hosil bo'ladi. Tireoid garmonlar ajralmas 
qismi yoddan iborat qalqonsimon bez qon plazmasidan yod yo'tib oladi. 
Yodning asosiy manbai dengiz maxsulotlari, gusht, sut, bo'lib xizmat qiladi. 
Erkaklar, ayollar, Homiladorlik boTmagan vaqtda minimal sutkalik extiyoj 100 
mkg ni tashkil etadi. Optimal extiyoj 150-200 mkg yod miqdorida bo'ladi. 
Aksh, Yaponiyada sutkalik yod extiyoji 500 mkg ni tashkil etadi. 
Yevropa, Rossiyaning katta qismida yod defisiti uchraydi. Faqat qalqonsimon 
bez emas, oshqozon shilliq qavati, sulak bezlari ham yodidlarni surib olish 
xususiyatiga ega. Qalqonsimon bezda yodning xujayra ichi konsentrasiyasi qon 
plazmasidagidan 25-50 marta ko'p. Har gramm qalqonsimon bez tarkibida 
300-600 mkg yod mavjud. 
Qalqonsimon bez yagona, ikki yunalishli maxsulotlar joylashtiriluvchi 
qonga sekresiya qiluvchi endokrin organ hisobilanadi; avval boshda 
yodtironinlar bilan bog'langan tireoglobulinlar sintezlanuvchi va apikal 
membranani kesib o'tib follikula kolloid bo'shlig'Tda to'planib, keyin yana 
xujayraga o'tib bazal membranada joylashib, yoT yo'lakay yodtironinlami 
qonga ozod qiladi. 
Qalqonsimon bezda asosan tiroksin (T4) hosil bo'ladi. Tireoid 
to'qimada T з va T4 urtacha konsentrasiyasi 0,02 va 0,3 mk mol/g (15 va 
200mkg/g), plazmada T4 65-155 nmol/1 T з 1,0-3,4 nmol/1; (erkin T 4 9-28 
nmol/1 ; T 3 -3,8-7,7 nmol/1) tashkil etadi. Тз T4 organizmda asosan birikkan 
oqsillar bilan birgalikda bo'ladi. Bog'langan va erkin garmonlar dinamik 
muvozanatda bo'ladi, bundan kelib chiqadiki bog'langan shakli kamayishi, erkin 
shakldagi gormon kamayishi bilan bog'liq va aksincha. Ta'sir mexanizmiga 
93 

ко'га Тз haqiqiy, Т 4 progormon hisobilanadi ( Т з, Т4 ga nisbatan 1 mol 
hisobida faolroq). 
Qalqonsimon bez gipofizga bog'lik endokrin bez sifatida klassik 
namunadir, qaytar reaksiya mexanizmi orqali regulyasiyalanadi. 
Tireoglobulin biosintezi jarayoni va tireoid gormonlari ajralishi. TTG 
nazorati ostida bo'ladi, o'z urnida Тз ham, bu TTG darajasiga ingibirlovchi 
ta'sir etadi . 
YOD DEFISIT KASALLIKLAR 
Y.D.K.-yod defisit kasalliklar odamlarda eng ko'p uchrovchi noinfeksion 
kasallik sifatida tarqalgan. Yer shari bo'yicha yod yetishmovchiligi regionlarida 
l,5mlrd odam yashaydi, 600 mln kishida qalqonsimon bez kattalashuvi, 40mln 
kishida aqliy rivojlanishdan orqada qolish aynan yod yetishmovchiligi tufayli 
hisobiga olingan, jumladan Rossiya ,0'rta osiyo ham yod defisit bo'lgan region 
sanaladi. Eng ko'zga ko'ringan natija bo'lib, endemik bo'qoq aniqlangan, bu 
tugun hosil bo'luvchi va boshqa qalqonsimon bez kasalliklarini keltirib 
chiqaruvchi omil bo'la oladi. Yod tanqislik keskin aks etgan regionlarda tug'ma 
gipotireoz uchrashi ko'payadi, bu o'z navbatida aqliy rivojlanishdan orqada 
qolishning tarqalgan shakllariga sabab bo'ladi. Yod defisit kuchli ifodalangan 
regionlarida aqliy rivojlanish o'rtacha ko'rsatgichi 15-20% dan past. 
Hozirda endemik bo'qoqdan tashqari yod yetishmovchiligi Bilan bog'liq ko'p 
kasalliklar yuzaga kelmoqdaki, bu «yod defisit kasalliklar» terminini yuzaga 
keltirdi , diapazoni keng, klinik belgilar hayot davriga bog'liq. Yod tanqislik 
belgilarining isboti bu qalqonsimon bez kattalashuvidir. 
Yod defisiti kasalliklari 
hayot davri 
Klinik ko'rinishlar 
Homila davri 
Spontan abortlar 
O'lik tug'ilish 
Tug'ma anomaliyalar 
Perinatal o'Hm ko'payishi 
Bolalar o'limi ko'payishi 
Chaqaloqlik davri 
Tug'ma bo'qoq 
Tug'ma gipotireoz 
Psixomotor buzilishlar 
Kretinizm 
Bolalik, o'smirlik davri  Bo'qoq 
Yuvenil gipotireoz 
Aqliy qobiliyat buzilishi 
Jismoniy rivojlanish sekinlashuvi 
Yetuklik davri 
Bo'qoq va uning asoratlari 
Gipotireoz 
Aqliy qobiliyat faoliyatining buzilishi. 
94 

PATOGENEZI: zaruriy substrat -yod tanqis boTgani uchun tireoid gormonlar 
sintezi pasayadi, bu TTG sekresiyasi oshishga olib keladi. TTG ta'siriga nisbatan 
tirositlarning sezgirligi kuchayadi. TTG stimulyasiyasi oqibatida qalqonsimon 
bezda yod yutilishining kompensator intensivlashuvi, intratireoid metobolizm 
bosqichlari tezlashadi. Tirositlarda TTG ta'siri ostida gipertrofiya, keyin 
giperplaziya yuz beradi. Homilador organizmida yod tanqisligi homila 
qalqonsimon bez faoliyati buzilishiga olib keladi, bu o'z o'rnida tireoid gormonlar 
yetishmovchiligini keltirib chiqadi, aynan MNS shakllanishi va faoliyat 
ko'rsatishda o'z aksini topadi. Tireoid gormonlar plasenta orqali chegaralangan 
darajada o'tadi, asosan homilaning rivojlana boshlagan qalqonsimon bezi 
tomonidan extiyoj qoplanadi. Yod defiseti homiladorlik vaqtida qalqonsimon 
bezning surunkali stimulyasiyasiga (TTG) olib keladi, nisbiy gipotiroksinemiya 
ham ona, ham homilada bo'qoq shakllanishiga olib keladi. Yod defisit regionlarda 
homiladorlik vaqtida 30% qalqonsimon bez xajmi kattalashadi, 20% 
homiladorlarda bo'qoq rivojlanadi, homiladorlik tugashi bilan yuqoridagi belgilar 
ba'zi hollarda o'tib ketadi. 
DIAGNOSTIKASI. Ovqat orqali istemol qilinadigan yod 90% siydik 
orqali ekskresiya qilinadi , siydikdagi yod asosiy ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi, 
adekvat ravishda istemol qilingan yod miqdorini aniqlashga imkon bo'ladi. 
Populyatsiyada yod Bilan ta'minlanganlikni 100 nafar kishi tekshiruvi orqali 
baholash mumkin. 
DAVOLASh. Endemik bo'qoqni davolash va profilaktika o'rtasida, prinsip 
jihatdan farqlar yo'q . Yod preparatlari qo'llashga qarshi ko'rsatmalar: 
- tireotoksikoz 
- tugunli bo'qoq («issiq» tugun), TTG 0,5 mME/ldan kam bo'lsa. 
Yod preparatlari 6-12 oy davomida qabul qilinadi. Yod preparatlari 
qo'llanganda bo'qoq kichraymasa , 50-100mkg L-tiroksin qo'shib buyuriladi, 
qulayrog'i Yodtiroks bilan davolash maqulroq. L-tiroksin bilan monotirapiya 
effekti yuqori, 3-4 oydan so'ng preparatni residiv rivojlanmasligi uchun olib 
tashlash zarur. TTG miqdorini nazorat etish , normaning eng kam chegarasida 
ushlab turish maqsadga muvofiq. 
Qalqonsimon bez kattalashuvining darajalarini baholashga izn beruvchi 
klassifikasiyalar mavjud. Eng ma'qul deb topilib keng qo'llaniluvchi klassifikasiya 
O.V. Nikolayev tomonidan taklif etilgan, lekin endemik bo'qoq uchun 
qo'llanilganligiga e'tibor berish zarur, hozirda esa klassifikasiya barcha 
qalqonsimon bez kasalliklarida qo'Uanilmoqda. 
Endemik bo'qoq klassifikasiyasi (O.V. Nikolayev 1955 g) 

daraja 
Qalqonsimon bez palpasiya qilinmaydi 

daraja 
Qalqonsimon bez yaxshi paypaslanadi, ayniqsa bo'yinchasi 
II 
daraja 
Qalqonsimon bez kattalashganligi aniq aks etadi faqat 
95 

paypaslashda emas balki yutinish vaqt i ko'zga tashlanadi. 
Ill 
daraja 
Qalqonsimon bez kattalashganligi «semiz buyin» shaklini 
oladi. 
IV 
daraja 
Buy in shakli o'zgargani, aniq ko'rinadi. 

daraja 
Bo'qoq katta ulchamda. 
Aniq paypaslangan qalqonsimon bez I daraja sifatida traktlanadi, bundan 
kelib chiqadiki, qalqonsimon bez normada paypaslanmaydi, bu esa o'z vaqtida 
haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Undan tashqari qalqonsimon bez turli kattalashish 
darajalari tajriba ko'rsatishicha yetarlicha nisbiydir. Dunyo buyicha Butundunyo 
Sog'likni Saqlash Tashkiloti tomonidan taklif etilgan 1962 yilda va 1994 yilda 
qayta kurib chiqilgan. Agar qalqonsimon bez har bir boTagi bosh barmoq distal 
falangasi ulchamidan kichik bo'lsa, bunday qalqonsimon bez normal ulchamda 
hisobilanadi. Palpasiyada qalqonsimon bez ko'zga ko'rinsa kattalashgan bo'lsa 
bo'qoq deb diagnoz quyiladi. 
Bo'qoq klassifikasiyasi (BSST 1994yil) 

daraja 
Bo'qoq yo'q 

daraja 
Bulaklar kattaligi bosh barmoq falangasidan katta, palpasiya 
qilinadi, lekin ko'zga ko'rinmaydi. 
II 
daraja 
Palpasiya qilinadi va ko'zga ko'rinadi. 
Ushbu klassifikasiyaning ma'qui tomoni uning oddiyligi, palpator 
tekshiruv o'tkazish da qiyinchilik tug'dirmasligidir. Hozirda bo'qoq 
diagnostikasi uchun ultratovush tekshiruvi qo'llaniladi, qalqonsimon bez ulchami 
va xajmini aniq hisobilab beradi. Bu usul subektivizmdan istisnodir . 
6. ma'ruzaning jixozlanishi. 
Ko'rgazma qurollar: 
- Bo'qoq klassifikasiyasi (BSST). 
- Yodga sutkalik extiyoj 
- «Endemik bo'qoq» 
- «Tugunli bo'qoq» 
- yod va tireoid gormonlar preparatlari 
- «Endemik bo'qoq» mavzusiga oid slaydlar 
-Mavzuga oid bemorlar 
7. Mavzuga oid nazorat testlari 
l.Yengil yod yetishmovchiligining ko'p uchraydigan klinik ko'rinishlarini 
ay ting: 
a) gipotireoz; 
b) ekzoftalm; 
v) bo'qoq; 
96 

g) tireotoksikoz; 
d) tireoidit; 
2. Bo'qoqqa nisbatan endemik zonada o'smir yoshdagilarga profilaktik maqsadda 
yodlangan tuzdan tashqari beriladi: 
a) vitaminlar 
b) antistrumin, yodid va boshqa yod tutuvchi preparatlar 
v) tireoidin 
g) L - tirkosin 
d) merkazolil 
3. Qalqonsimon bez qo'yidagi uchta qismdan iborat: 
a)yo'qori bo Так g)qalqonsimonoldi bezi; 
b)chap bo Так; d)o'ng bo'lak; 
v)bosh qismi; ye)bo'yinchasi; 
4. O.V. Nikolayev bo'yicha qalqonsimon bezning beshta kattalashish darajasi 
tafovut qilinadi: 
a)l-chi daraja - qalqonsimon bezning bo'laklarida tuguncha paypaslanadi; 
b)2-chi daraja - qalqonsimon bezning bo'yinchasi paypaslanadi; 
v)3-chi daraja - qalqonsimon bezning vizual ko'rinishi qayd qilinadi; 
g)4-chi daraja - qalqonsimon bez bo'yin konfigurasiyasini o'zgartiradi; 
d)l-chi daraja - qalqonsimon bezning bo' yinchasi paypaslanadi; 
ye)5-chi daraja - baxaybat bo'qoq (katta lchamdagi bo'qoq); 
j)5-chi daraja - qalqonsimon bez bo'laklarining kattalashishi palpator va vizual 
aniqlanadi; 
z)2-chi daraja - qalqonsimon bez bo'laklari kattalashishi palpator va 
yutinganda vizual aniqlanadi; 
5. Qalqonsimon bezda ishlab chiqariladigan uchta gormonni ko'rsating: 
a) tiroksin; 
b) triyodtironin; 
v) tireoidin; 
g) paratgormon; 
d) tirotropin; 
ye) follikulotropin; 
j) kalsitonin; 
6. Qalqonsimon bez tuzilishini ko'rsatuvchi uchta tekshirav metodini sanab o'ting: 
a) radioaktiv yod yordamida qalqonsimon bez skaniogrammasi; 
b) oksisuprarenografiya; 
v) radioizotop ssinografiya; 
g) qalqonsimon bezni ultratovush-tekshiruv; 
d) qalqonsimon bez biopsiyasi; 
97 

Ma'ruza № 7 
l.Mavzu: diffuz toksik bo'qoq, gipotireoz, etiologiyasi, patogenezi, klinik 
manzarasi. 
2. Maqsad: 
- diffuz toksik bo'qoqqa harakteristika berish 
- «gipertireoz» terminiga tushuncha berish 
- diffuz toksik bo'qoqning muhim boTgan etiologik va patogenetik faktorlarini 
sanab o'tish 
- diffuz toksik bo'qoqning klinik manzarasini bayon qilish 
- diffuz toksik bo'qoqning davolash metodlariga tushuncha berish 
- «gipotireoz» terminiga ta'rif berish 
-gipotireoz holatlari etiologiyasi va patogenezini tushuntirish 
- gipotireozning davolash usullarini bayon qilish 
3. kutilayotgan natijalar 
ma'ruza eshitgandan sung talaba bilishi kerak: 
- qalqonsimon bez faoliyati haqida tasavvur; 
- diffuz toksik bo'qoqning rivojlanishiga sabab bo'ladigan omillarni; 
- diffuz toksik bo'qoqning patogenezi, klinik ko'rinishlari, davo usullari; 
- tireotoksikoz rivojlanish mexanizmlarini tushuntira olish; 
- qalqonsimon bez faoliyatini tekshirish kunikmalarini bilish; 
- diffuz toksik bo'qoqning asosiy diagnostik kriteriylarni bilish; 
- diffuz toksik bo'qoq davo usullarini bilish; 
- gipotireozga ta'rif berish; 
- birlamchi va ikkilamchi gipotireoz sabablari haqida bilish; 
- gipotireoz patogenezi; 
- gipotireozning klinikasini bilish; 
- gipotireozning laboratoriya diagnostikasi; 
- tireoid gormonlar bilan o'rinbosar terapiya haqida tushuncha; 
4. Mavzuga oid savollar: 
- diffuz toksik bo'qoq ta'rifi; 
- diffuz toksik bo'qoqning tarqalishi; 
- diffuz toksik bo'qoqning etiopatogenezi; 
- tireotoksikozning klinik manzarasi; 
- diffuz toksik bo'qoqning diagnostikasi; 
- diffuz toksik bo'qoqni davolash usullari; 
-gipotireozning ta'rifi; 
- gipotireozning tarqalishi; 
- gipotireozning etiopatogenezi; 
- gipotireozning klinik manzarasi; 
- gipotireozning diagnostikasi; 
- gipotireozni davolash usullari; 
- tireoid gormonlar bilan o'rinbosar terapiya; 
Mazmuni: Diffuz toksik bo'qoq, epidemiologiya. Tireotoksikoz rivojlanishiga 
olib keladigan omillar. Irsiylik, autoimmun buzilishlar. Diffuz toksik bo'qoq 
98 

rivojlanishida infeksiya va stresslarning roli. Tireoid gormonlar ortiqcha 
ajralishining organizmga ta'siri. Tireotoksikoz manzarasi. Oftalmopatiya. 
Tireotoksikoz og'irlik darajasi kriteriylari. Diffuz toksik bo'qoq diagnostika 
usullari. diffuz toksik bo'qoqni davolash. 
Gipotireoz: birlamchi va ikkilamchi. Birlamchi gipotireozning tarqalishi. Modda 
almashinuviga tireoid gormonlar tanqisligining ta'siri. Birlamchi va ikkilamchi 
gipotireozning klinik manzarasi. Miksedema. Kretinizm. Yaqqol va subklinik 
gipotireozning diagnostika usullari. Tireoid preparatlar Bilan o'rinbosar terapiya 
olib borish va dozani tanlash. 
5. ma'ruza bo'yicha o'qituvchi e'tibor berishi lozim tomonlar. 
Diffuz toksik bo'qoq 
Diffuz toksik bo'qoq (DTB) organospesifik autoimmun kasallik bo Tib, 
tireoid gormonlarning turg'un, patologik ravishda ishlab chiqarilishi kuchayishi 
bilan harakterlanuvchi, qalqonsimon bez diffuz kattalashuvi, hamda organizm turli 
organ va tizimlarning funksional holati birinchi navbatda yurak qon tomiri, 
markaziy nerv sistemasi tomonidan o'zgarishlar yuzaga kelishi bilan ifodalanadi. 
Ilk bor bu kasallik XIX asr o'rtalarida, 1825 yil Kaleb Parri, 1835 yil - Robert 
Greyvs 1840 yil - Karl Fon Bazedov tomonidan yozib qoldirilgan. Ingliz tilli 
mamlakatlarda bu olimlar sharafiga kasallik «Greyvs kasalligi» «Parri kasalligi»; 
nemis tilli davlatlarda «Bazedov kasalligi» Italiyada «Flayano kasalligi» deb 
aytiladiki bu olim ham 1802 yilda kasallik simptomlari haqida yozgan. Rossiyada 
«Diffuz toksik bo'qoq» deb ataladi, unda makroskopik (qalqonsimon bezda diffuz 
kattalashuv) va gormonal (tireotoksikoz) o'zgarishlar hisobiga olingani tufayli. 
Immunogen tireotoksikozda, DTB ga o'rin berilgan holda, qalqonsimon 
bezda tugunli xosilalar bo'lishi (doim ham bo'qoq diffuz emasligini e'tiborga 
olish kerak) yoki umuman qalqonsimon bez kattalashmasligi mumkin, bundan 
tashqari, tireotoksikoz qalqonsimon bez diffuz kattalashuvi, qalqonsimon bez 
funksional avtonomiyasi fonida rivojlanishi, yoki etiopatogenezi umuman 
boshqacha kasalliklarda kuzatiladi. 
ETIOLOGIYaSI 
1909 yilda qalqonsimon bez fiziologiya, patologiya va jarrohligi, buyicha 
olib borgan ishlar uchun Nobel mukofoti olgan T. Koxer zamonasidan ma Turn 
etiologik: irsiy, stresslar, infeksion ta'sirlar, insolyasiya va boshqa omillar 
haqidagi fikrlar keyingi 10 yillarda ancha o'zgardi. Diffuz toksik bo'qoqning 
autoimmun kasallik sifatidagi qonsensiyasi shakllandi. 
PATOGENEZI 
Diffuz toksik bo'qoq irsiy moyillik bilan yuzaga keluvchi kasallik, tashqi 
muhit omillari ta'sirida yuzaga keladi. 
99 

Yevropa populiyasiyasida HLA -V 8 yoki DR 3 gistomoslik kompleksi 
genlari tashuvchanligi bilan DTBning rivojlanishini bog'lashadi. HLA-OQA 
1-0501 allel ham o'rganilmoqda, genlar mo'tasiyasi genlar strukturasida yuz 
berishi ham kutilmoqda-ki bu immun tizim faoliyati boshqarilishiga ta'sir 
ko'rsatadi. (Interleykin, t - xujayra reseptori genlariga,qisman CTLA-4 geniga 
ham). Bu genlar DTB bilan kasallangan bemorlar qarindoshlarida ko'proq 
kuzatiladi, populsiyada esa kam. Kasallikning nasliy moyillik bilan bog'liqligi 
isbotlanadi, 15%da sirkulyasiyalanuvchi antitireoid antitelolar aniqlangan. 
Ayollar erkaklarga nisbatan 5-10 marta ko'p kasallanadi. 
DTB ko'pincha boshqa endokrin - autoimmun kasalliklar (qandli diabet Itipi, 
addison kasalligi) bilan birga uchraydi. 
KLINIK MANZARASI 
Diffuz toksik bo'qoqning asosiy klinik ko'rinishi tireotoksikoz sindromidir. 
Tireoid gormonlar haddan tashqari ko'p qonga sekresiya qilinishidan ko'pgina 
organ va sistemalarning faoliyati buziladi. 
Tireotoksikozning eng ifodalangan ko'rinishi yurak qon tomir tizimi 
tomonidan o'zgarishlar bo Tib, bu miokordiodistrofiya («tireotoksik» yurak) 
sindromi doimiy xilpillovchi aritmiya, paroksizmal xilpillovchi aritmiya 
ekstrasistoliya, yuqori puis bosimi, qon aylanishi yetishmovchiligi (ayniqsa 
qariyalarda) kabi belgilar bilan yuzaga chiqadi. 
Odatda katobolik sindrom kuchli aks etib progressivlanuvchi ozib ketish, 
kuchsizlik, holsizlik, ishtaha oshib borishi bilan ifodalanadi. Terisi issiq, 
gipergidroz kuchli darajada aks etadi. Katobolik sindrom osteopeniyaga (ya'ni 
suyaklar mineral zichligining pasayishiga -murtlashuv) olib keladi, oyoq qo'llar 
miopatiyasi proksimal qismda yuz beradi. Shikoyat bo Tib, sochlar tushishi, 
timoqlar sinishi ham xizmat qiladi. Markaziy nerv sistemasiga tireoid 
gormonlaming haddan tashqari ta'siri astenik sindromni yuzaga keltirib 
ko'zgaluvchanlik, yig'loqilik, emosional labillik, xaotik natijasiz harakat 
faoliyatini aks ettirshi bilan ifodalanadi. 
Tireotoksikoz ko'z simptomlari patogenezida ko'z vegetativ innervasiyasi 
buzilishiga ahamiyat beriladi. Ko'z simptomlarini endokrin oftalmapatiyadan 
farqlash kerak. 
Tireotoksikozning ko'z simptomlari 
Simptomlar 
Belgilari 
Grefe 
Yo'qoriga qaraganda kamalak pardadan yo'qori qavoq 
orqada qolishi 
Koxer 
Pastga qaraganda kamalak pardadan yo'qori qavoq 
orqada qolishi 
Mebius 
Yaqin masofada nigohni fiksasiya qilish qobiliyatining 
100 

yuqolishi 
Joffrua 
Nigohni yo'qoriga qaratganda peshonada ajinlar paydo 
bo'lmasligi 
Shtelvag 
Kam, onda-sonda kiprik kokishi. 
Dalrmpl 
Kamalak parda va yo'qori qavoq urtasida sklera oq 
chiziqchasi hosil bo'lishi bilan ko'z yorigining kengayishi 
Rozenbax 
Yopiq ko'zlar yengil (tremori) pirpirashi 
Endokrin oftalmapatiya diffuz toksik bo'qoqning simptomi emas. Ekzoftalm 
esa diffuz toksik bo'qoqda kuzatiladigan uch asosiy simptomning biri («merzeburg 
triadasi» - 1840yil, Karl Fon Bazedov). Asosiy, lekin doimiy bo'lmagan simptom 
qalqonsimon bez kattalashuvidir. Palpasiyada qalqonsimon bez ikki bo Так va 
buyinchaning kattalashuvi zich elastik koksistensiyali, og'riqsiz bo Tib, ko'pincha 
qalqonsimon bez ustidan sistolik shovkin eshitish mumkin. Ovqat xazm qilish 
tizimi tomonidan qorinda og'riq, ich ketish, og'ir hollarda jigarda distrofik 
o'zgarishlar (tireotoksik gepatoz) kuzatiladi. Boshqa endokrin bezlar faoliyatining 
buzilishi menstrual sikl buzilishi ayollarda, erkaklarda esa fibroz- kistozli 
mastopatiya va ginekomastiya keltirib chiqaradi. Kasallikning og'irlik 
darajasidan qattiy nazar tireogen (nisbiy) buyrak usti bezi yetishmovchiligi 
kuzatiladi, buni addison kasalligidan farqlash kerak bo'ladi, yuorida sanab 
o'tilgan simptomlarga qo'shimcha teri gipeфigmentasiyasi, tana ochiq 
qismlarida, (Yellinek simptomi), arterial gipotenziyani sanab o'tish mumkin. 
Pretibial miksedema 2-3% bemorlarda oftalmopatiya bilan birga 
uchraydi. Bemorlarning 30% ida valvulopatiya (jumladan mitral, klapan 
prolapsi). Tireotoksikoz kechishi ba'zan klassik tarzda kechmaydi, yod defisit 
joylarda triyodtironin ko'p qonga tashlanishi bilan aks etib, taxikardiya va 
xilpillovchi aritmiya klinik ko'rinishlarda namoyon bo'ladi, bunda tiroksin 
normada bo'ladi. 13% bemorlarda emosional labillik 5,2%da depressiya 
kuzatiladi. DTB chaqaloqlarda ham uchrab, onalarida DTB kasalligi bo'lgan 
taqdirda kuzatiladi. 
Pitogenezda onadan xomilaga transplasentra yo'l bilan antitelolar tashilishi o'rin 
to'tadi. 
DIAGNOSTIKASI 
Diffuz toksik bo'qoq diagnostikasi birinchi bosqichi tireotoksikoz 
sindromi klinikasiga asoslangan. Triyodtironin va tiroksin  ( Т з , T4) miqdori 
oshgan, tireotrop gormon (TTG) miqdori pasaygan bo'ladi. Laboratoriya 
yuqoridagi o'zgarishlarni berganda «Diffuz toksik bo'qoq» terminini izoxlovchi 
triada belgilari bo'lishi zarur. Diagnostika uchun ultratovush tekshiruvi 
qo'llaniladi. Qalqonsimon bez xajmi hisobiga olinadi, agar 45sm
3
 ulchamidan katta 
bo'lsa operativ davolash tavsiya etiladi. Differensial tashxis uchun diffuz toksik 
bo'qoq va boshqa autoimmun kasalliklarni aniqlash ultratovush tekshiruvi 
natijasi bilangina xal etilmaydi. 
101 

Ssintigrafiya funksional avtonom qalqonsimon bez, tugunli xosilalar, tush 
orti buqoq kabi holatlarni diagnostika qilish uchun qo'llaniladi. 
DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI 
Tireotoksikoz sindromi bilan kechuvchi boshqa kasalliklardan diffuz 
toksik bo'qoqni tireotoksikoz belgilarisiz lekin qalqonsimon bez kattalashuvi 
aniqlansa, tireotoksikoz klinik belgilariga uxshash ko'rinishga ega kasalliklar, 
astenonevrotik sindrom, ba'zi medikamentlar qabul qilinganda, modda 
almashinuvi o'zgarishlari bilan boruvchi tireoid gormonlar bog'lanishidagi 
buzilish kabilar kuzatilganda differensial diagnostika o'tkaziladi. O'tib ketuvchi 
tranzitor tireotoksikoz; o'tkir osti tireoidit, autoimmun tireoidit (xashitoksikoz), 
tug'rukdan keyingi tireoidit ko'rinishida bo'ladi. 
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling