O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH. T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand 2009 yil
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qandli diabet asosiy tiplari xususiyatlarini taqqoslash. Belgilar
- Ten va suyak mushak sistemasi.
- Qandli diabet va ateroskleroz.
- Qandli diabetning laboratoriya diagnostikasi
- Oral glyukozaga tolerantlik testi korsatkicMarini baholash (Butundunyo Soglikni Saqlash Tashkiloti, 1985)
- Oral glyukozaga tolerantlik testini otkazilish uslubi
- Homiladorlar diabeti diagnostikasi.
- Qandli diabet I tipini davolash
IV.Gestasion qandli diabet. Qandli diabet tiplarining klinik simptomatikasi Qandli diabet I va II tiplari etiologik, patogenetik, klinik xususiyatlari va davo yo'nalishi bo'yicha bir biridan farq qilsa ham, patogenetik jihatidan surunkali giperglikemiya sindromi ulaPH birlashtirib turadi. Qandli diabet asosiy tiplari xususiyatlarini taqqoslash. Belgilar qandli diabet I qandli diabet II Sinonim Yuvenil qandli diabet, Insulinga bog'Hk qandli diabet Kattalar, semizlar qandli diabeti, Insulinga bog'lik bo'lmagan qandli diabet Yoshi 30 yoshgacha (kasallanishning 2ta cho'qqisi bor: 14 va25 yosh) Odatda 40 yoshdan keyin Genetik ma'lumotlar HLA gaplotiplari bilan assosiasiyalanish, 1 tuxumli egizaklarda qonkordantlik-40% HLA gaplotiplari bilan assosiasiyaning yo'qligi, bir tuxumli egizaklarda qonkordantlik - 95-100% Tana vazni Semizlik yo'k Semizlik 80% hollarda Semizlik yo'k mavjud Kechishi Ko'pincha, to'satdan boshlanadi, 5- Asta sekin rivojlanadi, 55 Insulinote- rapiya 15% hollarda ketoasidoz bilan manifestasiyalanadi. Bir umr insulinoterapiyaga muxtoj ko'pincha subklinik simptomatika bilan kechadi, kechki asoratlar qandli diabet diagnozi qo'yilgandanoq aniqlanadi. Odatda talab qilinmaydi (asoratlar, va insulinga boshqa ko'rsatmalar bo'lgandagina qo'llaniladi). Aholining 0,25%) (20 yoshgacha) qandli diabet I tip bilan kasallangan. Mazkur bemorlarning54% ni bolalar tashkil etadi. Qandli diabetning bu tipi insulinga bog'liq qandli diabet deyiladi. «Insulinga bog'liqlik» tushunchasi insulinoterapiya tushunchasiga ekvivalent emas, balki ushbu tipdagi qandli diabetning rivojlanishi mutloq insulin yetishmovchiligi asosida sodir bo'ladi degan ma'noni beradi. Bunday bemorlarda insulin umuman ishlab chiqarilmaydi, agar ular insulin qabul qilmasa qandli diabet kompensasiyasi yomonlashib, ketoasidoz va ketoasidotik koma rivojlanadi. Qandli diabet II tip bilan katta yoshdagi odamlar kasallanadi. Qandli diabet II tipning a (semizliksiz) va b (semizlik bilan) xillari mavjud. Bu tip insulinga bog'lik boTmagan diabet hisobilanadi va bunda I tipga nisbatan farqli o'laroq insulin sekresiyasi saqlangan bo'ladi. 40 yoshdan keyin uchrab, parhyez va qondagi qandni pasaytiruvchi preparatlar yordamida kasallikni kompensasiya qilishga erishish mumkin. Ikki guruh simptomlar mavjud: birinchi guruhga patogenetik jihatdan giperglikemiya bilan bog'liq qandli diabet II tipi uchun umumiy hisobilangan simptomlar kiradi - bo'lar chanqash, ko'p suv ichish, ko'p siyish, teri qichishish, yuqumli kasalliklarga moyillik; ikkinchi guruhga qandli diabet asoratlari tufayli kelib chiqadigan simptomlar xos. I tip uchun ozish, holsizlik, ish qobiliyatining pasayishi, uyquchanlik, oldin ishtaha oshishi, keyin anoreksiya bilan almashishi kuzatilishi ketoasidozdan darak beradi. Bunda og'izdan aseton hidi kelishi, ko'ngil aynishi, qo'sish, qorinda og'riq, suvsizlanish, komatoz holatgacha es - xushning buzilishi kuzatilsa, umumiy ahvolida ketoasidotik koma rivojlanganligini tasdiqlash mumkin, bu simptomatika patogenetik jihatdan organizmda insulinning mutloq yetishmovchiligiga ishoradir. Qandli diabet I tipi odatda o'tkir boshlanadi, bir necha oylar ichida, ba'zi hollarda infeksiya va xirurgik kasalliklar qo'shilib kelishi natijasida, kasallik progressivlanib xush buzilishidan to komatoz holatgacha bo'lgan holat bilan yuzaga chiqadi. Qandli diabet II tipi yengilroq kechib yillar davomida rivojlanib boradi, lekin ko'pincha kasallikka tashxis qo'yilganda, qandli diabet kechki asoratlarining rivojlanib ulgurganligi tasdiqlanadi. Kechki asoratlar II tipida ham rivojlanishi kuzatiladi. Klinik jihatdan 5 ta asosiy qandli diabet kechki asoratlari farqlanadi: makroangiopatiya (yirik arteriyalar aterosklerozi), nefropatiya, retinopatiya, nevropatiya, diabetik oyok panja sindromi. Qandli diabet kasalligining oshkora yoki manifest formasini diagnostika qilishda qiyinchilik bo'lmaydi. Bemoiiar og'iz qurishiga, chanqoqlik (polidipsiya), ko'p 56 siyishga (poliuriya), ishtax.aning oshganligiga (polifagiya), kamdarmonlik, vazn yo'qotish, uyqu buzilishiga, ish qobiliyatining susayishiga shikoyat qiladilar. Odatda qandli diabet kasalligidagi bunday asosiy belgilar dekompensasiya davrida, qachonki qonda anchagina giperglikemiya va glyokozuriya vaqtida namoyon bo'la boshlaydi. Insulin sekresiyasining susayishi oqibatida glyukoza parchalanishi ham pasayadi. Natijada giperglikemiya va glyokozuriya paydo bo'ladi. Buyrak kanalchalarida glyukozaning to'liq reabsobsiyasi qondagi glyukoza miqdori 9 mmol/1 gacha bo'lgan ko'rsatkichda yuz beradi. Bundan ko'p glyukoza miqdori oshsa siydik bilan glyukoza ajralishiga olib keladi. Poliuriya ba'zan sutkasiga 8-9 litrgacha oshishi mumkin. Bu ham siydikda glyukoza konsentrasiyasining oshishi bilan, ya'ni osmotik diurezning buzilishi bilan harakterlanadi. Og'izning qurishi, bir tomondan organizmda ko'p suv yo'qotish bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan qon tarkibida glyukoza, mochevina, natriy miqdorining oshishi bilan bog'liq bo'ladi. Oshqozon osti bezi normada sutkasiga 30-45 birlikda insulin ishlab chiqaradi. Pankreatektomiyadan keyin uglevod almashinuvini kompensasiya qilish uchun mana shuncha insulin kerak bo'ladi. Lekin ayrim bemorlarda insulining ko'proq dozasiga ehtiyoj bo'ladi. Ten va suyak mushak sistemasi. Kasallikning og'ir formalarida, ko'proq bolalarda ketozga moyillik oshadi, ba'zan yuz sohalarida, peshonasida, va yurak ko'z qovoqlarida teri kapillyarlari kengayishi bilan bog'liq yengil qizarishlar paydo bo'ladi. Ayrim hollarda kaft, tovonda sariqlik paydo bo'ladi, bu esa jigarda karotinning vitamin A ga aylanishi buzilishidan dalolat beradi. Bu kasallikda teri zararlanishi xos o'zgarish emas. Teridagi davolanishi qiyin bo'lgan furunqo'lyoz, yoki yiringli prosesslar ayrim hollarda kasallikning dekompensasiyalashishigagina emas, hatto komaga ham sabab bo'lishi mumkin. Dekompensasiya davrida degidratasiya natijasida teri quruqlashib, turgori pasayib, yaraning bitishi ancha qiyinlashib qoladi. Uzoq dekompensasiya davrida mushaklar bo'shashib, atrofiyalashib boradi. Suyaklar osteoporozi, artritlar kuzatiladi. Bolalar o'sishdan orqada qoladilar. Qandli diabet kasalligida yurak tomir tizimi tomonidan bo'ladigan o'zgarishlar tez-tez kuzatiladigan va doimiy birga kechadigan kechki asoratlaridan bo Tib hisobilanadi. Diabetik kardiopatiyalar diabetning klinik kechishini ancha og'irlashtiradigan va bemorlarningerta nog'ironlikka chiqishiga hamda o'limiga ko'proq sabab bo'ladigan jiddiy asoratlaridan biri bo'lib hisobilanadi. Qandli diabetga chalingan bemorlarda yurak ishemik kasalligining avvalambor miokard infarktining kechish xususiyatlari haqida ta'kidlab o'tish lozim. Miokard infarkti qandli diabetga chalingan bemorlarda, diabeti bo'lmagan odamlarga nisbatan bir necha marta ko'p uchraydi, qayta infarkt xuruji ham ko'proq qayd qilinadi va ko'pincha tromboemboliyalar bilan asoratlanib, infarkt xuruji atipik kechadi. Miokard infarktining atipik, ya'ni og'riqsiz kechishiga asosiy sabab yurak mayda qon tomirlarining tarqalgan zararlanishi va nerv- reseptor apparatining buzilishi 57 bilan asoslangan bo'ladi.Shu sababdan ham miokard infarkti ancha kech diagnostika qilinadi va ко 'proq bemorlarningoTimiga olib keladi. Diabetik angiopatiyalar - mayda qon tomirlarining (mikroangiopatiyalar), o'rta va katta kalibrli qon tomirlarining ( makroangiopatiyalar) umumiy tarqalgan zararlanishidir. Mikroangiopatiya ко'pincha yosh bolalarda va o'spirin yoshida uchraydi, bunda mayda kapillyarlar, arteriolalar zararlanishi bilan namoyon bo'ladi (nefropatiya, retinopatiya, periferik angiopatiyalar ko'rinishida namoyon bo'ladi). Makroangiopatiya, asosan, katta yoshdagi odamlarda qayd qilinadi va tez vaqt ichida aterosklerotik o'zgarishlar paydo boTishi bilan harakterlanadi. Diabetik angiopatiyalarningkelib chiqishida uglevod, yog' va oqsil almashinuvi buzilishi eng asosiy ahamiyat kasb etadi. Modda almashinuvining buzilishi natijasida qondagi globulinlar miqdorining oshishiga va albuminlar miqdorining kamayishiga olib keladi. Semizlikka chalingan bemorlarda angiopatiya 2-3 marta ко'proq qayd qilinadi. Yana angiopatiya qondagi gormonlar disbalansi bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Diabetik nefropatiya umumiy tushuncha bo Tib, buyrak patologiyasining hamma klinik belgilarini o'z ichiga oladi. Ko'proq kichik yoshdagi bemorlarda qayd qilinadi. Diabetik nefropatiya klinikasida 3 ta bosqich tafovut qilinadi: 1 prenefrotik, 2 nefrotik, 3 nefrosklerotik. 1-bosqich doimiy bo'lmagan, ya'ni tranzitor proteinuriya, ba'zan qon bosimning ko'tarilishi bilan harakterlanadi. 2-bosqich doimiy proteinuriya (1-2 g/1), siydik cho'kindisida eritrositlar, donachalik silindrlar paydo boTishi bilan harakterlanadi. Buyrakning filtrasion funksiyasi susaygan, qonda anemiya va EChT oshgan, kreatinin normada bo'ladi. 3-bosqich esa buyraklar bujmayishi klinikasida kechadi. Buyrakning konsentrasion va filtrasion qobiliyati ancha kamaygan bo'ladi. Qonda giperholesterinemiya, azot qoldig'i va kreatinin miqdorining oshishi kuzatiladi. Bu davrda bemorlarningko'pchiligida ko'zning to'r pardasidagi qon quyilish paydo bo'lishlari harakterli. Bu bosqichda ba'zan yurak yetishmovchiligi boshlanishi mumkin. Diabetik retinopatiya 30-90% bemorlarda qayd qilinadi. Ko'rish qobiliyatining buzilishi to'liq ko'rlikkacha olib kelishi mumkin. Quyidagi bosqichlari farqlanadi: -ko'z to'r pardasi angiopatiyasi - oddiy retinopatiya - proliferasiyalashgan retinopatiya. Qandli diabet va ateroskleroz. Ateroskleroz rivojlanishi kasallik muddatiga va bemoPHng yoshiga bog'liq. Ko'p hollarda koronar arteriyalari, oyoq arteriyalari va bosh miya arteriyalarida sklerotik zararlanish paydo bo'ladi. Bu esa o'z navbatida miokard infarktiga, miya insultiga va oyoqlar gangrenasiga olib kelishi mumkin. Nafas organlari. Qandli diabet ко'pincha tuberqoTyoz kasalligi bilan birga uchraydi. Qandli diabet kasalligida odatda organizmning immunobiologik xususiyati susaygan, kuchi pasaygan bo'ladi. Shuning uchun ham tuberqoTyoz 58 bilan yosh bemorlar tezroq kasallanadi. Og'izda shilliq pardaning tez qurib qolishi, yuqori nafas yoTlarining qurib qolishi, ya'ni namlik muvozanatining buzilishi, faringit, laringit, va bronxit kabi kasalliklarga moyillikni oshiradi. Hazm organlari tomonidan jiddiy asoratlar kuzatiladi: tishlarningbo'shashib qolishi, mo'it bo'lib qolishi, erta tushib ketishi, gingivit, alveolyar piareya (parodontoz) va stomatit kabi o'zgarishlar bilan harakterlanadi. Oshqozon mikroangiopatiyasi, har xil darajadagi atrofiyalashgan gastritlar paydo bo'ladi. Ichak motor funksiyasining kuchayishi oqibatida ich ketish kuzatiladi. Ba'zan esa qabziyat paydo bo'ladi. Ayrim hollarda «diabetik jigar» -ya'ni jigar o'lchamlarining kengayishi qayd qilinadi. Bu jigardagi yog'li infiltrasiyaning paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, uzoq davom etishi jigar sirroziga olib kelish mumkin. Asab sistemasi tomonidan o'zgarishlar diabetik neyropatiya deyiladi va qandli diabet kasalligi uchun ko'proq xos bo'lgan zararlanish hisoblanadi. Diabetik neyropatiyaning kelib chiqish sabablari, umumiy modda almashinuv jarayonining buzilishidir. Neyropatiyaning klinikasi asosan zararlanish joyiga, ya'ni lokalizasiyasiga bog'liq holda rivojlanadi. Markaziy nerv sistemasi zararlangan bo'lsa o'tkir psixik o'zgarishlar alomati - nevrasteniya, isteriya kabi simptomlari bilan namoyon bo'ladi. Ensefalopatiya. Agar vegetativ nerv sistemasi tomonidan zararlanish bo'lsa oyoq-qo'llar polinevriti, qorachiq innervasiyasi buzilishi, teri haroratining o'zgarishi kabi belgilar namoyon bo'ladi. Qandli diabet kasalligining bolalarda va o'spirin yoshidagi bolalarda klinik kechish xususiyatlari. -Kasallikning boshlanishi - qisqa muddatda o'tkir, kuchli boshlanadi -Ishtahasi yaxshi bo'lishiga qaramasdan vazn yo'qotish yuqori bo'ladi. -Ko'p hollarda enurez - kechasi siyib qo'yish kuzatiladi. -Asoratlangan qandli diabetda Moriak sindromi paydo bo'ladi: gepatomegaliya, o'sishdan orqada qolish, «suyak yoshi bilan pasport yoshi» ning farqi, yog' to'planishi yuz, qo'yish va qorin sohalarda odatdagidan ko'proq bo'ladi. Homiladorlik va qandli diabet. Qandli diabet faqat homiladorlikning kechishini og'iiiashtirib qolmasdan, bola hayotini ham havf ostiga solib qo'yadi. Homiladorlikning ikkinchi yannida ko'proq salbiy ta'sirotlar kuchayadi, vaqtidan oldin tug'ish, ko'p suv yo'qotish, ba'zan esa bolaning o'lik tug'ilishiga olib kelishi ham mumkin. Tirik tug'ilgan bolalamingham ko'pchiligi turli xil anomaliyalar bilan tug'ilishi mumkin. Qandli diabetning laboratoriya diagnostikasi Qandli diabetning diagnostikasida qon tarkibidagi nahorda aniqlangan glyukoza miqdori (glikemiya) asosiy mezon hisoblanadi. Qandli diabet diagnoz qo'yishda glyukoza ko'rsatkichi muhim kriteriy bo'la olmaydi. Uning darajasi 59 davolash fonida kompensasiya holatini aniqlashda muhim hisoblanadi. Venoz va kapillyar qon tarkibidagi glyukoza miqdorining farqi 2,2 mmol/1 gacha bo'lishi mumkin, bu to'qimalarda glyukoza sarflanishi bilan bevosita bog'Hk bo'ladi. Nahorda venoz qon tarkibidagi glyukoza miqdori, kapillyar qon tarkibidagi glyukoza miqdoriga to'g'ri keladi. Ovqatlangandan keyin yoki peroral glyukoza bilan zo'riqtirilgandan keyin venoz qon tarkibidagi glyukoza miqdori kapillyar qon tarkibidagi glyukoza miqdoriga nisbatan taxminan 1,1 mmol/1 gacha kamayadi. Qandli diabet diagnozini qo'yish uchun klinik belgilar bilan birga qondagi glyukoza miqdori 10,0 mmol/1 dan yuqori qiymatda bir marta bo'lsa ham aniqlangan bo'lsa yetarli bo'Hb hisoblanadi. Qo'shimcha tekshirishlar o'tkazish uchun zaruriyat bo'lmaydi. Agar qon tarkibidagi glyukoza miqdori ikki marta 6,7 mmol/1 va undan yuqori ko'rsatkichda bo'lsa qandli diabet diagnozi qo'yiladi. Ba'zan shubhali hollarda diagnostika algoritmiga ko'ra glyukozaga tolerantlik buzilishini aniqlash maqsadida oral glyukozaga tolerantlik testi tavsiya qilinadi. Oral glyukozaga tolerantlik testi ko'rsatkicMarini baholash (Butundunyo Sog'likni Saqlash Tashkiloti, 1985) qonda glyukoza miqdori, mmol/1 Vaqt normada glyukozaga tolerantlik buzilishi qandli diabet Nahorda < 6 , 7 < 6,6 > 6 , 7 Zo'riqtirilish-dan 2 soat o'tgach < 7 , 8 7 , 8 - 11,1 > 11,1 Oral glyukozaga tolerantlik testini o'tkazilish uslubi l.Test oxirgi ovqatlanishdan kamida 12 soatlik vaqt o'tgach o'tkazilishi kerak; 2.Test o'tkazishdan oldin 3 kun davomida yetarli miqdorda uglevod tutuvchi mo"tadil fiziologik ovqatlanishi lozim; 3.Test o'tkazishdan oldin 3 kun davomida tiazid guruhidagi diuretiklar, glyukokortikoidlar va qontraseptiv moddalar to'xtatilishi kerak; 4. Nahorda qon tarkibidagi glyukoza miqdori aniqlanadi. 5. 75 gramm glyukoza kukunini 250-300 ml suvda eritib 5 minut davomida tekshiriluvchiga ichiriladi (bolalar uchun har bir kg tana vazniga 1,75 gramm ichish tavsiya qilinadi) 6. Qondagi glyukoza miqdori nahorda aniqlangandan keyin 2 soat o'tib qayta aniqlanadi (ko'rsatma bo'lganda ba'zan har soatda ikki marta) 7. Test o'tkazilayotgan paytda odatdagi zo'riqishsiz jismoniy harakat qilib turish tavsiya qilinadi. 60 Ayrim oshqozon - ichak traktida so'rilish buzilgan yoki anchagina jismomy zo'riqish hollarida test normoglikemiya shaklida yolg'on manfiy natija berishi mumkin. Ba'zan to'shak rejimidagi tekshiriluvchi bemorlarda glyukozaga tolerantlik testi yolg'ondakam musbat natija berishi mumkin. Yuqori giperglikemiya qandli diabetdan tashqari og'ir yallig'lanish jarayonlari, Jarohatlar , oshqozondagi o'tkazilgan xirurgik operasiyalar, o'tkir miokard infarkti yoki kuchli hayajonlanish holatlarida ham kuzatilishi mumkin. Qandli diabetning klinik belgilarini tahlil qilishda kechki asoratlarningerta boshlanishi ba'zan kasallikning aniq klinik alomatlari namoyon bo'lgunicha yoki diagnostika qilingunicha kuzatilishi mumkin. Shu sababdan Amerika diabetologlari assosiyasiyasi (1997), keyin esa Butundunyo Sog'liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan qandli diabet diagnostikasi uchun yangi mezon qabul qilingan. Bu mezon bo'yicha qandli diabet diagnozi quyidagilardan birortasi bemorlarda qayd qilinsa tasdiqlanadi: 1.Qandli diabetning klinik simptomlari (poliuriya, polidipsiya, tana massasining kamayishi) nahorgi va postprandial (alimentar) glikemiya 11,1 mmol/1 yoki undan yuqori bo'lishi; 2.Nahorda kapillyar qon tarkibidagi glyukoza miqdori 6,1 mmol/1 yoki undan yuqori bo'lishi; 1. 3.Kapillyar qon tarkibidagi glyukoza miqdori glyukoza bilan zo'riqtirilgandan keyin ikki soat o'tib 11,0 mmol/1 yoki undan yuqori bo'lishi; A)Erkaklar va homilador bo'lmagan ayollarda glyukozaga tolerantlik testi natijalarini baholash 1998 yil Amerika diabet assosiasiyasi kriteriylari. Holati Plazmada glyukoza konsentrasiyasi , mmol/1. Holati Nahorga 30,60,90,minutdan keyin, glyukoza qabul qilgach Glyukoza qabul qilgandan 120 minutdan sung Norma <6,1 <11,1 (barcha sinamalarda) <7,8 Glyukozaga tolerantlik buzilishi 6,1-6,69 > 11,1 (hech bo'lmaganda bir sinamada) 7,8-11,09 Qandli diabet >7,0 >11,1 (hech bo'lmaganda bir sinamada) >11,1 B) Glikirlangan gemoglobin (keyingi 2-3 oy mobaynida o'zida glyukoza haqidagi axborotni saqlaydi, sog'lomlarda — 4-6% umumiy gemoglobin miqdoridan) 61 V) Fruktozaminlar; ketoaminlar (keyingi 1-3 xafta davomida glikemiya haqida axborot beradi) (sog'lomlarda=2-2,8 mmol/1 G) S-peptid - insulinning endogen sekresiyasi aks ettiradi (1 tipda - pasaygan, 2 tipda -normal yoki oshgan ). D) Immunoreaktiv insulin (IRI) -(1 tipda -pasaygan, 2 tipda normal yoki oshgan ) Ye) Glikozirlangan fibrinogen (keyingi 4 kun davomida diabet kompensasiyasini aks ettiradi). J) Glikozirlangan soch keratini (qandli diabet yashirin va aniq kechganligining boshlanishi, davomiyligi haqida axborot beradi). Homiladorlar diabeti diagnostikasi. Barcha homilador ayollaPH homiladorlikning 24-28 xaftaligida tekshirish tavsiya etiladi. 1 tip va 2 tip qandli diabet yashirin ekanligiga shubxa qilinganda, qandli diabet havfi yo'qori bo'lgan ayollarda, Homiladorlik aniqlangandanoq tekshirish o'tkazilishi zarur. Qonda qand miqdori och nahorga > 5,83 mmol/1 aniqlanganda ham tekshiruv o'tkazish muhimdir (kapillyar qonda > 5,0 mmol/1) tekshiruv 2 bosqichda o'tkaziladi. 1. bosqich: glyukozaga tolerantlik buzilishi aniqlanadi, ya'ni 1 soatlik glyukozaga tolerantlik testi bilan 2. bosqich: 3 soatlik glyukozaga tolerantlik testi yordamida tashxis tasdiqlanadi. Bir soatlik glyukozaga tolerantlik testi 50 gramm glyukoza bilan sinama o'tkaziladi. Bu sinama har qanday vaqtda ham o'tkazish mumkin. (och bo'lish shart emas) homiladorlarga 50 gramm glyukoza eritmasi beriladi 1 soatdan keyin venadan qon olishadi va plazmada glyukoza konsentrasiyasi aniqlanadi. Qo'yidagi natijalar olinganda. 1. glyukoza konsentrasiyasi < 7,8 mmol a) glyukozaga tolerantlik buzilishi yo'q b) qandli diabet havfi omillari paydo bo'lsa 4 xaftadan keyin sinamani takrorlash v) qandli diabet havfi omillari bo'lmasa sinama shart emas. 2. glyukoza konsentrasiyasi 7,8 -10,54 mmol/1 a) glyukozaga tolerantlik testi 3 soatlik turi ko'rsatma bo'ladi. 3. glyukoza konsentrasiyasi > 10-55 mmol/1: a) taxminiy tashxis - homiladorlar diabeti (3 soatlik glyukozaga tolerantlik testi ko'rsatma bo'ladi) glyukozaga tolerantlik testi - 3 soatlik turi 100 gramm glyukoza bilan. 1. Sinama ertalab och koringa o'tkaziladi. (keyingi ovqat qabul qilish i 12 soatdan oshmasligi kerak) 2. venaga igna - kapalak, yoki katetr o'rnatiladi. 100 gramm glyukoza eritma sifatida ichiladi. Glyukoza qabul qilgandan sung va 1,2,3 soatlardan keyin (glyukoza qabul qilgach) venadan qon olib, glyukoza qonda aniqlanadi. 62 3. Agar 2 bor sinama o'tkazilsa, glyukoza miqdori normadan oshganligi aniqlansa, homiladorlar diabeti tashxisiga shubxa yo'q. 100 gramm glyukoza bilan o'tkaziladigan 3 soatlik glyukozaga tolerantlik testi normal ko'rsatkichlari (1998 y.) Glyukoza qabul qilgandan keyingi vaqt ko'rsatkichlari Kon plazmasida glyukoza konsentrasiyasi mol/1 0 < 5,83 1 soat < 10,55 2 soat < 9,16 3 soat < 8,05 Qandli diabet I tipini davolash Qandli diabet insulinga bog'lik tipi aniqlangach darhol insulinoterapiya boshlanadi. Uz vaqt ida va to'g'ri tanlangan doza 75%- 90% hollarda vaqt inchalik remissiyaga erishish imkonini beradi, kelgusida kasallikning kechishini maromlashtirib, asoratlar rivojlanishini kechiktiradi. Insulinoterapiya o'tkazilishini ko'p martalik inyeksiya ya'ni 4 marta sutkasiga Qisqa ta'sir qiluvchi insulin yordamida amalga oshirish (har ovqat qabul qilish vaqt i va kechasi); Urta ta'sir qiluvchi (umumiy -sutkalik dozaning 25-30%) yoki 3 martta ovqat qabul qilish Qisqa ta'sir qiluvchi insulin, uyku oldidan prolongirlangan insulin qilish maqsadga muvofiq. Umumiy sutkalik doza 0,6-1,0 yed/kg 1-3 oydan sung insulinoterapiya tufayli remissiya boshlanishi (asal oyi) insulinga bo'lgan sutkalik extiyoj 0,1 - 0,3 yed/kg/sut kamayadi, yoki umuman yo'qoladi. Bu davr bir necha xaftadan bir necha oygacha davom etadi. Insulinoterapiyani umuman to'xtatish yaramaydi. Insulinoterapiya ishlayotgan [3-xujayralaPH kuvvatlaydi, autoimmun reaksiyalaPH tormozlaydi, |3-xujayralar proliferasiyasini ta'minlaydi. Bolalar, o'smirlar uchun odam insulinlar buyuriladi, shpris ruchka qo'llash yordamida amalga oshiriladi. Qisqa ta'sir qiluvchi insulinlardan LIZPRO insulini qo'llash maqsadga muvofiq. Pubertat davrida o'sishning tezlashuvi insulinga extiyojni 1,0-1,5 yed/kg/sut kuchaytiradi, keyingi yillarda bu holat 0,6-08 yed/kg/ sut ga kamaydi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling