O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH. T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand 2009 yil
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI Marozani yoritish
- MARUZA № 2 Buyrak usti bezi kasalliklari 1 .Mavzu: Buyrak usti bezi kasalliklari
- Kotilayotgan natijalar
- BUYRAK USTI BEZI KASALLIKLARI KLASSIFIKASIYaSI.
- Buyrak usti bezi kasalliklari klassifikasiyasi
- K l a s s i f i k a s i y a s i
- I. Isenko-Kushing kasalligi (IKK)
- II. Isenko-Kushing sindromi (IKS)
- AKTG ga bogliq Kushing sindromi.
- II. AKTG ga bogliq bolmagan Kushing sindromi
- Etiologiya va patogenez.
- Diagnostika
- Giperkortizolemiya sabablari
NANIZMNI DAVOLASh. Kasallik sababiga ko'ra olib boriladi. Gipofiz o'smasi bo'lsa xirurgik aralashuv, nur terapiyasi, sintetik anabolik steroidlar, o'sishga gormoni sekresiyasi yetarli bo'lmaganda - somatotropin preparati qo'llaniladi. Jinsiy bezlar faoliyati stimulyasiyasi uchun 16 yoshdan xorionik gonadotropin, kizlarga - esterogen, progesteron, ug'il bolalarga - testesteron buyuriladi. VI Ma'ro'zani yoritish : Ko'rgazma qurollar. 1 .Endokrin tizim( ichki sekresiya bezlari) 2.Gormonlar ta'sir mexanizmi 3.Akromegaliya 19 4.Nanizm 5.Qandsiz diabetda funksional sinamalar. VII Nazorat savollar (testlar). 1. gormonlar ta'sir mexanizmi 2. gormonlar turlari 3.reseptorlar turlari 4. gormonlar biosintezi, sekresiyasi 5. Gipotalamo-gipofizar tizim tekshiruv usullari 6. Gipofiz to'zilishi 7 Adinogipofiz gormonlari, ta'siri 8. Neyrogipofiz gormonlari,ta'siri 9.G.G.T va gipotalamus patologiyasida tekshiruv usullari. 10. Akromegaliya etiologiyasi, patoginezi 11. Akromegaliya ,gigantizm klinikasi 12. Akromegaliya,gigantizm davosi. 13. Akromegaliya,gigantizm differensiyasi 14.Nanizmning boshqa formalari 15.Gipofizar nanizm diagnozi, davosi. 16. Mavzu bo'yicha test savollari: 1. Ichki va tashki sekresiya (aralash) bezi qaysi? a) gipofiz b) oshkozon osti bezi v) timus g) buyrak usti bezi d) qalqonsimon bez 2. Gipofizning urta bo'lak gormonini ayting: a) melanotrop gormon b) tirotropin (TTG) v) adrenokortikotropin (AKTG) g) folliqo'l-stimullovchi gormon (FSG) d) lyuteinlovchi gormon (LG) 3. Gipofizning orqa bo'lagida qaysi gormon yig'iladi? a) antidiuretik gormon (ADG) b) tirotropin (TTG) v) adrenokortikotropin (AKTG) g) rilizing-gormonlar d) lyuteinlovchi gormon (LG), folliqoT-stimullovchi gormon (FSG) 4. qaysi kasallik uchun pakanalik xos? a) gigantizm b) akromegaliya v) gipofizar nanizm g) avitaminoz d) Klaynfelter sindromi 5.Gipofizar nanizm qo'yidagilarning qaysisi bilan qiyosiy diagnostika qilinmaydi? 20 a) oilaviy pakanalik bilan b) xondrodistrofiya bilan v) avitaminozlar bilan g) gonadalar disgeneziyasi bilan d) tug'ma gipotireoz bilan 6. QANDSIZ diabet diagnostikasi uchun ishlatilmaydi: a) NaCl gipertonik eritmasi bilan sinama b) glyukozaga tolerantlik testi v) siydikning solishtirma og'irligini aniqlash g) vazopressin miqdorini aniqlash d) suvsiz (quruq) ovqatlanish sinamasi 7.Akromegaliyani davolashda ishlatilmaydi: a) rentgenoterapiya b) parlodel v) somatostatin g) operativ davo d) somatotropin 8.Adenogipofiz gormonini ko'rsating: a) paratgormon b) insulin v) kortizol g) adrenokortikotropin (AKTG) d) estradiol 9.Isenko-Kushing kasalligida semirishning qaysi tipi kuzatiladi? a) bir me'yorda semirish b) ginoid semirish v) displastik semirish g) android semirish d) segmentar semirish MA'RUZA № 2 Buyrak usti bezi kasalliklari 1 .Mavzu: Buyrak usti bezi kasalliklari, (BUB) to'zilishi, mineralokortikoidlar, glyukokortikoidlar biologik effekti. Surunkali o'tkir buyrak usti bezi po'stloq qismi yetishmovchiligi addisonik kriz (etiologiyasi, patogenezi, diagnostikasi, davolash) konn sindromi, feoxromositoma, Isenko - Kushing sindromi (etiologiya, klinika, patogenetik shakillari, diognostika, davo usullari). 2. maqsad: Buyrak usti bezi anatomo - fiziologik ma'lumotlari haqida tushuncha. Buyrak usti bezi gormonlari biologik effektlarini bayon qilish . 21 Buyrak usti bezi (pustlok qavati) o'tkir va surunkali yetishmovchiligi haqida tushuncha. Buyrak usti bezi yetishmovchiligi etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostika usullari bayoni. Patogenetik terapiya usullari bayoni. Ko'tilayotgan natijalar -Ma'ro'za o'qilgandan kiyin talaba bilishi zarur. -Buyrak usti bezi po'stloq qavati yetishmovchiligida klinik shakillarni diagnostika qila bilish, davolash, sxoshilinch yordam ko'rsatish (krizda). -Obyektiv o'zgarishlar, shikoyatlar bildirilganda amaliy kunikmalar bajara olishi. -Zarur tekshiruv usullari xajmini aniqlay olishi, natijalarni farqlay bilishi. -B.U.B. yetishmovchiligi rivojlanish mexanizimi patogenezini bilishi. - Kasallik darajasiga ko'ra patogenetik simptomatik davo qo'llashni bilish. -B.U.B. garmonal-faol o'smalarini diagnostika qilishni bilish. -Giperkortisizm, giperaldosteronizm, virilizmga xos obyektiv o'zgarishlar bo'lganda ularni aniqlash uchun amaliy kunikmaga egabo'lishi. -Siydikda 17 oks, 17 ks sutkalik ekskresiyasini tekshirganda natijalani baholay bilish, qon elektrolitlari, deksametazon, kateholaminlar bilan sinamalar. -Angiografiya, UGG,KT ma'lumotlarini baholay bilish. Feoxromasitomani diagnostika qilish uchun tropafen, gistalin sinamalarini o'tkazish va baholash. -Feoxromasitar krizda sxoshilinch yordam ko'rsatish. -Q'onn va Isenko - Kushing sindromida davo taktikasini aniqlay bilish. BUYRAK USTI BEZI KASALLIKLARI KLASSIFIKASIYaSI. Buyrak usti bezi (BUB) kasalliklari juda ko'p uchraydi. Gipo-giperfunksiya bilan boruvchi holatlar, buyrak usti bezi patologiyasida boshqa ichki sekresiya bezlaridan farqli ularoq, organ disfunksiyasi b-n harakterlanuvchi bir guruh kasalliklar mavjud. Hozirda aloxida bub kasalliklari uchun umumiy qabul qilingan klassifikasiya yo'q. Buyrak usti bezi kasalliklarida organning disfunksional holatiga ko'ra: giperfunksiya, gipofunksiya,disfunksiya kuzatilishi hisobiga olingan holda farqlanadi. Buyrak usti bezi kasalliklari klassifikasiyasi I Buyrak usti bezi po'stloq qavat kasalliklari 1. total giperkortisizm • Isenko-Kushing kasalligi (markaziy, Kushing sindromining AKTG ga bog'liq shakli • Isenko-Kushing sindromi bub kortikosteromasi(yomon sifatli kortikosteroma,AKTG ga bog'liq bo'lmagan Kushing sindromi) 22 • Isenko-Kushing (kortikoliberin yoki AKTG ga uxshash moddalar produksiya qiluvchi o'sma orqali chaqirilgan) sindrom (AKTG ga bog'liq ektopiyalangan Kushing sindromi) • Buyrak usti bezi po'stloq qavati avtonom makronodulyar giperplaziyasi 2.Parsial giperkortisizm • Androsteroma (yomon sifatli) buyrak usti bezi po'stlog'ining virilizasiyalovchi o'smasi • Birlamchi giperaldosteronizm • Kortikoesteroma(yomon sifatli K) - buyrak usti bezi po'stlog'ining feminizasiyalovchi o'smasi • BUB po'stlog'i aralash o'smalari 3.BUB po'stlog'i disfunksiyasi • StAR - protein defisiti(Buyrak usti bezi po'stlog'i lipoid giperplaziyasi, Prader sindromi) • 3 beta-gidrooksisteroiddegidrogenaza(3 beta-HSD) • R450 s 17(17alfa gidrooqsilaza/S17-20-liaza; Bigliyeri sindromi • R450 s 21 defisiti (21 -gidrooqsilaza ) noklassik va oddiy viril (to'z yo'qotuvchi) shakl defisiti • R450sl 1 (11 a-gidrooqsilaza) 4.Gipokortisizm • birlamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi • bub yetishmovchiligi markaziy shakllari (ikkilamchi va uchlamchi gipokortisizm) • izolyasiyalangan gipoaldosteronizm 5. Gormonal- nofaol buyrak usti bezi o'smalari (insidentaloma) II. Feoxromositoma KUShING SINDROMI Kushing sindromi (giperkortisizm) - klinik sindrom bo'lib, kortikosteroidlarningendogen giperproduksiyasi yokii o'zoq vaqt davomida ularni ekzogen junatish oqibatida kelib chiqadi. Ilk bor 1912 yilda Garvey Kushing (1864-1939) tomonidan endogen giperkortisizmning klinik manzarasi yoritib berilgan, 20 yildan keyin «poliglandulyar sindrom» sifatida, gipofizar disfunksiya gipofizar bazofilizm b-n bog'Hk holda kuzatilishini qayd etdi. XX asrning 20 yillari rus nevropatologi N.M. Isenko (1884-1954) klinik simptomokompleksning ikki holatini kuzatib, gipotalamo-gipofizar soha zararlanishi bilan bog'ladi. N.M.Isenko tariflab bergan simptomokompleks iperkortisizmga to'liq mosligini boshqa olimlar ham ko'rsatib o'tib,ko'proq pubertat-o'smirlik dispito'tarizmini eslatishini aytdilar. Asr o'rtalaridan LP. Pavlov ta'limotiga ko'ra, N.M. Isenko gipofizar giperkortisizmning patogenezida gipotalamik buzilishlarga asosiy o'rinni berib,ikkilamchi gormonal siljishlar yuz berishi ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi. 23 Keyingi 10 yillar davomidagi tekshiruvlar tufayli, gipotalamik nazariya chetga surilib, gipofizar nazariyani birinchi o'ringa qo'yish maqullanmoqda.40 nchi yillardan to hozirgacha «kasallik» va «Isenko-Kushing sindromi» terminlari qo'llash davom etib kelmoqda. K l a s s i f i k a s i y a s i Gipotalamus - gipofiz - buyrak usti bezi po'stlog'i tizimi faoliyati mexanizmlariga aniqlik kiritish, giperkortisizm sabablari haqidagi bilimlar turli davrlarda kasallikning turli shakllarini aks ettirgan. Hozirda «Isenko-Kushing kasalligi» (IKK) - gipotalamo - gipofizar - buyrak usti bezi po'stlog'i kasalligi bilan, Isenko-Kushing sindromi (IKS) - giperkortisizmning aloxida shakllari (kortikosteroma,apudoma,gonadlarningektopiyalangan kortizol produksiyalovchi o'smasi, ekzogen giperkortisizm) bilan nomlanish urfga kirgan va katiy biriktirib kuyilgan. Keyingi yillarda «Kushing sindromi» termini giperkortisizmning barcha shakllarini ifodalash uchun va uning mexanizmiga aniqliq kiritish maqsadida qo'llab kelinmokda . I. Isenko-Kushing kasalligi (IKK) - neyroendokrin kasallik bo'lib,kortikotropinoma yoki gipofiz kortikotroflar giperplaziyasi shakllanishi patogenetik asos sifatida kelib, Gipotalamo -Gipofizar Tizim sezgirligining busagasi oshishi bilan birga kechuvchi, ya'ni, glyo'qortikoidlarningingibirlovchi ta'siriga ko'ra, AKTG ning sutkalik sekresiyasi dinamikasi buzilishi bilan boradi. Ikkilamchi ikki tomonlama buyrak usti bezi po'stlog'i giperplaziyasi rivojlanib total giperkortisezm sindromi sifatida klinik namoyon bo'ladi. II. Isenko-Kushing sindromi (IKS) 1. O'sma: • Buyrak usti bezi o'smasi (kortikosteroma, yomon sifatli kortikosteroma, adenoma, adenokarsenoma) • Ektopik (AKTG yoki KRG produksiyalovchi o'sma) • Gonad (lipid-xujayra o'smalari) 2. Ikki tamonlama (kamdan-kam bir tamonlama) AKTG ga bog'liq bo'lmagan buyrak usti bezi po'stloq nodulyar giperplaziya 3. Davo maqsadida glyukokortikoidlar, ba'zan AKTG preparatlarini qo'llash (yatrogen yoki ekzogen IKS) Klasifikasiyaning boshqa variant! giperkortisizm sindromi AKTG giperproduksiyasi bilan chaqirilganmi yoki yo'qmi, baribir Kushing sindromi sifatida qaraladi. I. AKTG ga bog'liq Kushing sindromi. 1. gipofiz kortikotropinomasi. 2. Ektopiyalangan AKTG sindromi yoki AKTG ektopiya sindromi (gipofizdan tashqari yoki AKTG ga uxshash substansiyalar) AKTG hamda (bronxlar mayda xujayrali raki, timoma,Oshkozon Osti Bezi o'smasi) O'smalar tomonidan kortikoliberin produksiyasi tufayli. 24 3. AKTGni ekzogen yuborish II. AKTG ga bog'liq bo'lmagan Kushing sindromi 1. Glyukokortikoidlarni ekzogen yuborish 2. Buyrak usti bezi po'stloq adenomasi (adenokarsinomasi) 3. Buyrak usti bezi po'stloq nodulyar bilateral giperplaziyasi. O'zoq vaqt ekzogen glyukokortikoidlar yuborish tufayli yuzaga keluvchi giperkortisizm eng ko'p uchrovchi shakldir. Endogen giperkortisizmning eng ko'p uchrovchi shakli esa Isenko-Kushing kasalligidir. Isenko Kushing kasalligi hisobiga bir yilda 1 mln aholiga ikkita yangi holat uchrash to'g'ri keladi. Isenko Kushing kasalligining har besh holatidan bir holati kortikosteromaga to'g'ri keladi. Isenko Kushing kasalligi kabi, kortikosteroma ham (8:1) ayollarda ko'p uchrab, 20-40 yoshda ko'proq moyillik kuzatiladi. Endogen giperkortisizm bilan 15% bemorlarda AKTG produksiyasi ektopig sindromi uchraydi. Erkaklarda (1:3) ko'proq uchrab, 40-60 yoshda moyillik kuzatiladi. Buyrak Usti Bezi AKTG ga bog'lik bo'lmagan ikki tamonlama nodulyar giperplaziya, asosan bolalar va o'smirlarda kuzatiladi, bu shakl (barcha giperkortisizm shakllari ichida yagona) oilaviy holatlar uchrashi aniqlangan. Total giperkortisizm bolalarda kam uchraydi, ko'proq yomon sifatli kortikosteroma uchrash holatlari kuzatilgan. Etiologiya va patogenez. Agar Kushing sindromi etiopatogenezi gipofizdan tashqari o'smalarga asoslangan bo'lsa, kortikosteroma, AKTG produksiyalovchi o'sma bo'lsin, umumiy tasavvurlar tushunarli, lekin Kushing kasalligi uchun bu savollar bahsga o'rin qoldiradi. Hozirgi zamonda Isenko Kushing kasalligi uchun gipofizar nazariya mavjud bo'lib, morfologik va patogenetik substrat sifatida gipofiz adenomasi xizmat qiladi. Adenoma monoklonal o'sma bo'lib, sababi lokal mo'tasiyadir, bu kortikotroflar giperplaziyasiga olib keladi,bir qator hollarda mikroadenoma bosqichigacha borib yetmaydi (90% mikroadenoma yuzaga kelib - o ' s m a diametri 1 sm gacha). Makroadenoma juda kam uchraydi. Isenko Kushing kasalligi aniqlanishiga ko'ra, kortikotropinoma shakllanishi bilan AKTG sekresiyasi mexanizmi nazoratining izdan chiqishi birga keladi. Bunda gipofizning glyukokortikoidlarga nisbatan sezgirlik busagasi oshadi, kortizolning yetarlicha ko'p hosil bo'lishiga qaramasdan, uning sekresiya ritmi buziladi, bu esa AKTG produksiyasini normal holatdagi kabi susaytirmaydi. Shunday qilib kortikosteroidlar sekresiyasi manfiy kayta boglanish mexanizmi buziladi. Shunga qaramasdan Isenko Kushing kasalligida (ektopiyalangan AKTG sindromidan farqli ularoq) AKTG produksiyasi to'liq avtonom emas. Aynan, katta deksametazonli sinama shunga asoslangan. Bunga ko'ra Isenko Kushing kasalligida 8 mg deksametazon bo'yurish kortizol sekresiyasiga mos holda AKTG sekresiyasini susaytirishga olib keladi. Isenko Kushing kasalligida AKTG sekresiyasi dinamika va nazorati buzilishi, gipotalamusda dofaminergik ta'sirini pasaytiradi, bunda AKTG sekresiyasi susayadi, serotoninergik ta'sir oshadi. Bu Isenko Kushing kasalligi patogenezida gipotalamik nazariya yotishini isbotlaydi. Bundan tashqari birlamchi gipotalamik nuqson foydasi hisobiga faqat AKTG emas, Somototrop Gormon va prolaktinning sekresiya dinamikasi buzilishi ham mos keladi. Ammo bu buzilishlar ikkilamchi hisobilanib, adenoma olib tashlangach yoki gipofizni 25 proton tola bilan nurlash orqali Somototrop Gormon, prolaktin sekresiyasi dinamikasi, kortizolga nisbatan sezgirlik tiklanadi. Total giperkortisizm sindromining barcha shakllarida steroidlar ortiqchaligi deyarli barcha organ, sistemalar zararlanishiga olib keladi. Klinik manzara: fizik tekshiruv natijalari total giperkortisizm diagnozi qo'yish uchun yetarli, lekin uning shaklini (Isenko Kushing kasalligi yoki Isenko Kushing Sindrom) aniqlab bera olmaydi. Bemorlarning90%da semizlik kuzatiladi, giperkortisizmga displastik yog' to'planish ( kushingoid tip semizlik): qorin, ko'krak, buyin, yuz (oysimon kizil yuzlilik, ba'zan sianotik), yelka (klimakterik bukrilik), qo'l mushaklari (« urgamchak barmoq») va oyoqlar (« yassi dumba») atrofiyasi xos. Panja ustki qismi yog' qavati kamayib teri noziklashadi, semizlikning boshqa turlarida bu holat kuzatilmaydi. Semizlikning bunday xususiyatga egaligi tana qismlari yog' to'qimasining glyukokortikoidlarga nisbatan sezgirligi bir xil emasligini ko'rsatadi. Glyukokortikoidlarning katabolik ta'siri mushaklar atrofiyasiga olib keladi, ayniqsa bu yelka kamari va oyoq mushaklarida sezilarlidir. Mushaklar atrofiyasi bemor o'tirish va to'rish harakatining qiyinligi bilan ayniqsa ko'zga tashlanadi. Qorin oldingi devori mushaklar atrofiyasi ("baqa qorin") qorin oq chizig'i buylab churralar hosil bo'lishiga olib keladi. Teri nozik, marmarsimon, tomir surati aks etgan, regional terlash sohalari xos bo'lib, qipiqlanish kuzatiladi, "quy" xidi kelishi xos. Progressivlanib boruvchi semizlik va teri kollageni parchalanishi tufayli tortma chiziqlar: qizil-jigarrang yoki siyohrang striyalar qorin, son ichki yuzasi, yelka, sut bezlari terisida aks etib, bir necha santimetr ulchamda bo'ladi. Davolash fonida striyalar teri rangiga kaytadi. Akne tipidagi teri toshmalari, ko'p miqdorda mayda teri osti q'on quyilishlari ham teri o'zgarishlariga xos. Giperpigmentasiya Isenko Kushing kasalligida 10%, ektopiyalangan AKTG sindromida 100% uchraydi. Lekin ektopiyalangan AKTG sindromda semizlik kuzatilmaydi, melanodermiya keskin aks etgan, miastenik sindrom harakterli bo'lib, bu og'ir gipokalemiya va mushak distrofiyasi bilan bog'liq. Bundan tashqari giperpigmentasiya Isenko Kushing kasalligi tufayli ikki tomonlama adrenalektamiya o'tkazilgan bemorlarda uchraydi (Nelson sindromi). Giperkortisizmning jiddiy asorati osteoporoz bo'lib, 80-90% hollarda diagnostik belgi sifatida hamda kasallik kechishining og'irlik darajasini belgilab beradi. Bu asorat sababi kalsiy yuvilishi bo'lib, bunda suyak oqsil matrisasi parchalanishi glyukokortikoidlarning ta'siri natijasi sifatida qaraladi. Umurtqa pog'onasi ko'krak va bel qismida o'zgarishlar kuchli aks etib, umurtka tanalarining balandligi kamayishi va kompression sinishlar bilan ifodalanadi. Rentgenogrammada umurtka uchi plastinkalari fonida umrtka tanasi ajralib yorug ko'rinadi («shishasimon umurtkalar»). Sinishlar kuchli og'riqlar bilan ifodalanib, orqa miya asab tolalari bosilishi simptomlari kuzatiladi. Tana orqa qismi mushaklari atrofiyasi yuzaga kelib, skolioz , kifoskolioz rivojlanishiga olib keladi. Kasallik bolalikdan boshlangan bo'lsa, o'sishdan orqada qolish, epifizar tog'aylar rivojlanishiga glyukokortikoidlarning ortiqcha miqdori tormozlovchi ta'sir ko'rsatishi bilan tushuntiriladi. Kortikosteroidlarning ko'pligi natriy ushlanishiga, gipokalemiyaga, gipokalemik alkalozga olib keladi. Elektrolit -steroid miokardiodistrofiya rivojlanib, arterial gipertenziya rivojlanishi bilan uning 26 kechishi chuqurlashadi, miokardiadistrofiya aritmiyalar bilan ifodalanadi. Yuqoridagi jarayonlar tufayli yurak yetishmovchiligi rivojlanib, bemorlar o'limiga sabab bo'ladi. Uyquchanlik, kechasi och qolish xissi tufayli polifagiya, polidipsiya, termoregulyasiya buzilishi, ruhiy depressiya yoki agressivlik (tormozlanish, depressiya to eforiya va steroid psixozlar) kortikosteroidlarning ortiqcha miqdori ta'siri bilan indusirlangan. Glyukokortikoidlar ortiqcha miqdori ta'siri da glyukoneogenez kuchayadi, periferik insulinga rezistentlik sterioid qandli diabet rivojlanishiga olib keladi. Bemorlarning 10-20% manifest shaklida uchraydi. Steroid diabet yengil kechadi, parhez va q'onda qand miqdorini tushiruvchi preparatlar yordamida kompensasiyaga erishish oson bo'lib, ketoasidoz rivojlanishi kam uchraydi. Kortikosteroidlarning immunosupressiv ta'siri organizmning infeksiyalarga qarshiligini pasaytiradi. Giperkortisizmda limfosidlar umumiy soni kamayadi, faolligi susayadi, limfoid to'qima involyusiyasi yuz beradi. Infeksion jarayonlar kechishi atipik va kam simptomlidir. Uglevodlarga tolerantlik buzilishi, immunodefisit holatga steroidlar katabolik ta'sir oqibatida yaralar bitishi i o'zoq va sust kechadi. Jinsiy steroidlarning ortiqcha sekresiyasi ayollarda gipertrixoz (ortiqcha tuk o'sishga i), girsutizm (tuklarningerkak tipida ortiqcha o'sishga i) rivojlanishiga olib keladi. Virilizasiya (girsutizm klitor gipertrofiyasi va defeminizasiya bilan birga) uchrashi aralash o'smalarda (kortikoandrosteroma), gonadlar lipid -xujayra o'smasi, yoki «toza» androsteromada kuzatiladi. Androgenlar miqdorining xaddan tashqari ko'pligi ta'sirida gonadoliberin siklik ajralishi bo'zilib, amenoreya rivojlanadi. Isenko Kushing kasalligidan to'zalgan bemorlarda ko'pincha autoimmun tireopatiyalar-autoimmun tireoidit keyin birlamchi gipotireozga o'tish holati kuzatiladi. Diagnostika: bir necha bosqichda olib boriladi. 1. klinik bosqich. Anamnez yigish,bemorni klinik tekshirish. Bu bosqichda kasallikka shubxa qlinib, giperkortisizm sindromi tashxisi uchun ishonchli xulosalar qilinadi. 2. Gormonal tekshiruv. Kushing sindromiga shubxa qilingan bemorlarda giperkortisizm borligini isbot yoki istisno qilish zarur (siydik bilan erkin kortizol ekskresiyasi, kichik deksametazonli sinama). Total giperkortisizm sindromi isbotlangan shaxslarda, aniq klinik belgilar bo'lganda giperkortisizm sababini aniqlash maqsadida differensial diagnoz o'tkaziladi: Isenko Kushing kasalligi, kortikosteroma yoki ektopiyalangan AKTG sindrom (katta deksametazonli sinama, AKTG miqdori). 3. Topik diagnostika. Kasallikning morfologik substrati aniqlanadi: gipofiz adenomasi va Isenko Kushing kasalligi ikki tomonlama buyrak usti bezi po'stloq giperplaziyasi; buyrak usti bezi kortikosteromasi yoki Isenko Kushing Sindromi AKTG produksiyalovchi ektopiyalangan o'smasi. Isenko Kushing Sindromini tasdiqlash uchun erkin kortizolning siydik bilan sutkalik ekskresiyasini aniqlash asosiy usul hisobilanadi. Bu tekshiruv spesfikligi 27 98%, sezgirligi 95-100%. Ammo nisbiy giperkortizolemiya bilan kechuvchi holatlarni esda to'tish lozim. Giperkortizolemiya sabablari: • Jismoniy stress (operasiya, travma, surunkali jismoniy zo'riqish, ovqatlanishda tanqislik borligi); • Ruhiy stress yoki ruhiy buzilishlar (narkotik moddalar, alkagolga ruju qo'yish yoki ularni taqiqlab qo'yish , depressiya, ruhiy anoreksiya, xavotir buzilishlar); • Endokrin (metabolik ) o'zgarishlar (kortizol bog'lovchi globulin miqdori oshishi, estrogenlar qabul qilish , homiladorlik, tireotoksikoz), semizlik. Giperkortisizmning aniq klinik manzarasi laborator tahlillar bilan isbotlanganda, Isenko Kushing kasalligi va Isenko Kushing Sindromi differensial diagnostikasi uchun katta deksametazonli sinama o'tkaziladi. Adrenokortikotrop Gormon , Kortikorilizing Gormon miqdorini aniqlash, aynan ularni produksiyalovchi o'smalar keltirib chiqargan holatlarga ko'ra sinamalar orqali tekshiruv o'tkazilib, klinik va instrumental tekshiruv natijalariga ko'ra tahliliy xulosa chiqarish maqsadga muvofiq. Instrumental tekshiruv usullari: bosh suyaklari va umurtka pogonasi rentgenografiyasi, Magnit-Rezonans Tomografiya-gipofiz adenomasi uchun, Buyrak Usti Bezi vizualizasiyasi uchun Magnit-Rezonans Tomografiya, Kompyuter Tomografiya axborot manbaidir. Birlamchi o'sma va ektopiyalangan AKTG (KRG) sindromlarda (oshqazon ichak yo'li, OOB, qalqonsimon bezda joylashishi ham mumkinligini hisobiga olish zarur), ko'proq upka, kuks oraliqda o'sma aniqlanadi, shuning uchun ko'krak kafas tomografiyasi o'tkazish muhim. Ssintigrafiya yordamida (o'zok ta'sir qiluvchi somatostatin analogi-oktreotid (sandostatin), nishonlangan radioaktiv indiy (oktreoskan) qo'llash orqali) ham topik diagnostika (apudoma) qilish mumkin. Venoz q'on sistemasida har xil darajada AKTG miqdorini aniqlash ham topik diagnostikaga yordam beradi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling