O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH. T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand 2009 yil
Tireotoksikozning klinik belgilari
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tiretoksikoz ogirlik darajasini aniqlash
- Ogirlik darajasi buyicha tireotoksikoz klassifikasyasi
- Tionamidlar guruhidagi tireostatiklar
- PATOGENEZ BOYICh A GIPOTIREOZ KLASSMKASIYaSI.
- Differinsial diagnostikasi
- TUGMA GIPOTIREOZ Tugma gipotireoz qalqonsimon bez kasalliklari ichida bolalarda uchrovchi kasallikdir. Etiologiyasi
- mumkin. 85-90%
- qaraladigan tug
- 5-10 II ikkilamchi va uchlamchi Pangipopituitarizm TTG sintezining izolyasiyalangan Defisiti ыооооо 3
- chiquvchi gipotireoz Idiopatik gipotireoz KLINIK MANZARASI
- 6. maruzani jixozlash
- 7. nazorat test savollari
Tireotoksikozning klinik belgilari Yurak qon tomir tizimi Doimiy sinusli taxikardiya, ekstrasistoliya, paraksizmal, doimiy xilpillovchi aritmiya, sistolik arterial gipertenziya, miokardiodistrofiya, yurak yetishmovchiligi. Katabolik sindrom Ozib ketish, subfebrilitet, terlash, ishtaha oshishi, mushaklarda kuchsizlik osteopeniya. Markaziy nerv sistemasi Qo'zgaluvchanlik, yig'loqilik, besaranjomlik, Man simptomi, butun tana qaltirashi (telegraf ustuni simptomi). Ektodermal buzilishlar Tirnoqlar sinishi, soch tukilishi. Ovqat xazm qilish tizimi Qorinda og'riq, ich kelish buzilishi, tireotoksik gepatit. Endokrin buzilishlar Amenoreya, fibroz - kistoz mastopatiya, ginekomastiya, uglevodlarga tolerantlik buzilishi, tireogen buyrak usti bezi po'stloq qismi (nisbiy) yetishmovchiligi melanodenniya, arterial gipotenziya. Diffuz toksik bo'qoq bilan birga kechuvchi kasalliklar Endokrin oftalmopatiya (50-60%) pretibial miksedema (1-4%) akropatiya («sovun ko'pigi» ko'rinishida oyoq va qo'l panja periostal osteopatiyasi rengenografiyada) valvulopatiya (30%gacha) Tireotoksik kriz O'tkir klinik sindrom, og'ir tireotoksikozning tireogen buyrak usti bezi yetishmovchiligi bilan qo'shilib kelishi. Umumiy tiroksin T4 miqdorining oshishi bilan boruvchi holatlar ichida, «oilaviy dizalbuminemik gipertiroksinemiya» bo Tib, T4 ni ortiqcha miqdorda anomal albumin biriktirib oladi, lekin T4 va TTG ning erkin miqdori normal qoladi. T4yuqori miqdorda bo'lishi, qari yoshdagi somatik og'ir kasallikdan ozor chekayotganlarda kuzatiladi. Qarilarda diffuz toksik bo'qoq atipik kechib, boshqa somatik kasallik bilan birgalikda bo'lganda ahvoli yomonlashuvi yuz beradi. 102 Diffuz toksik bo'qoqning klinik tashxisini aniqlashda uch asosiy belgi hisobiga olinadi: bo'qoq kattaligi, tireotoksikoz og'irligi, diffuz toksik bo'qoq yoki yo'ldosh kasalliklarning asoratlari. Bo'qoq ulchami mavjud klassifikasiyaga muvofiq aniqlanadi. Ultratovush tekshiruvi ma'lumotiga ham suyanish mumkin. Og'irlik darajasini va fazalarini baholashga yondoshish turlicha, hozirgacha bir necha tireotoksikozni baholovchi klassifikasiyalar mavjud. Tiretoksikoz og'irlik darajasini aniqlash Daraja Tireotoksikoz og'irligini baholash. Yengil Yurak qisqarishlari soni -80-100 zarba 1 minutda, xilpillovchi aritmiya, ozib ketish yo'q ish qobiliyati pasaygan, yengil qo'llar qaltirashi bor Urta Yurak qisqarishlari soni -100-120 zarba 1 minutga, puis bosimi oshadi, xilpillovchi aritmiya, lOkgcha ozish ish qobiliyati pasaygan bo Tadi. Og'ir Yurak qisqarishlar soni 120 zarbadan ko'p 1 minutga, xilpillovchi aritmiya, tireotoksikoz, psixoz, parenximatoz organlar distrofik o'zgarishi, tana vazni kamaygan, ish qobiliyati yo'qolgan. Aniq bir pasiyentning tireotoksikoz darajasini yuqoridagi kriteriylardan foydalanib aniqlash qiyinroq. Shuning uchun yana bir chet el adabiyotlarida berilgan klassifikasiya taqdim etish mumkin Og'irlik darajasi buyicha tireotoksikoz klassifikasyasi Sub klinik (yengil kechish) Gormonal tekshiruvga asoslanib noaniq klinik manzara belgilari kuzatiladi. TTG miqdori pasaygan, T4, Тз normada bo Tadi. Manifest (urta og'irlikda kechishi) Klinik manzara aniq aks etgan TTG miqdori past, T4, Тз miqdori oshgan bo Tadi. Asoratlangan (og'ir kechish) Asoratlar xilpillovchi aritmiya, yurak yetishmovchiligi, tireogen nisbiy buyrak usti bezi yetishmovchiligi, parenximatoz organlarda distrofik o'zgarishlar, psixoz, tana vazni keskin tanqisligi. 103 DAVOLASh Diffuz toksik bo'qoqni davolash asosiy usuli: antitireoid preparatlari, tireostatiklar yordamida xirurgik davoga tayyorlash, radioaktiv yodoterapiya. Turli mamlakatlarda bu usullardan turlicha foydalanadi. Diffuz toksik bo'qoqni Yevropada konservativ davolashga ko'p o'rin beriladi, chunki kamroq yod defisit mavjudligi tireostatiklarga sezuvchanlikni kuchaytiradi. AQShda yod qabul qilishga, radiokativ yod bilan davolashga, bizning mamlakatda esa tireostatiklar qo'llashga e'tibor beriladi. Tireostatiklar, merkazolil, propiltiourasil yod organifikasiyasini tormozlaydi va tireoid gormonlar sintezi blokadasiga olib keladi. Tionamidlar guruhidagi tireostatiklar Xarakteristika Tiamazol Propiltiourasil O'rta doza, mg 20-40 200-400 Yarim xaydalish, S 4-6 1-2 Та'sir davomiyligi,S 24 va undan ko'p 12-24 Plasenta orqali tashilishi Past Juda past va ko'krak sutidagi tarkibi Keying! yillarda tireostatik preparatlar tireoid gormonogenezni susaytiruvchi qobiliyatga egaligi bilan ma Turn, lekin immun ko'rsatkichlarga; xujayra immunitetiga ta'sir ko'rsatadi. Propiltiourasil T4 ni biologik faol bo'lmagan reversiv Тз ga o'zgartiradi va preferik konversiyaga uchratadi. Diffuz toksik bo'qoqni tereostatiklar bilan davolar turli mamlakatlarda bir xil emas. Ko'rsatma buyicha 6 oylik davo tireostatiklar bilan yuqori dozalardan 20-40 mg sut boshlab kichik5-15mg sut dozalarga o'tish rejimi qo'llaniladi. Tiamazol 30- 40 mg kuniga buyurilib, u qalqonsimon bezda to'planish xususiyatiga ega, P - adrenoblokatorlar guruhidagi (atenolol 50-100 mg/sut, anaprilin - 80-120mg /sut) preparatlarni birgalikda qo'llash maqsadga muvofiq. Fenobarbital va uning preparatlari korvalol, valokardin gipertiroksinemiyani kamaytiradi, tiroksin bog'lovchi globulinning sintezini kuchaytiradi. 2-4 haftadan boshlab p - adrenobloqatorlar asta - sekinlik bilan olib tashlanadi, ahvol stiabilizasiyalashadi. Eutireoz 3-4 haftada boshlanadi, avval T4 erkin holdagi miqdori normallashadi, TTG o'zoq vaqt pasaygan holda qoladi. Bu vaqtdan boshlab (5mgdan 7-10 kundan) tiamazolinning dozasini pasaytirib boriladi. Parallel ravishda L-tiroksin 50-75 mkg/sut buyuriladi bu bilan tiamazolning strumogen effektining oldi olinadi. Ushlab turuvchi doza tiamazol va L tiroksin orqali 1,5-2 yil davo davom ettiriladi. Keyinchalik residiv rivojlanishini hisobiga olib bemor nazorat ostida bo'ladi. Tiamazol agranulositoz keltirib chiqaradi. Leykositopeniyani erta aniqlash uchun birinchi 3 oy leykositlar, leykositar fonnulani nazorat etish kerak 7-10 kunda 1- marta, keyinchalik 3-4 haftada aniqlash zarur bo'ladi. 104 Diffuz toksik bo'qoqda glyokokortikokoidlar tireogen, buyrak usti bezi yetishmovchiligi rivojlanganda, tireostatiklarga leypopenik reaksiyalar kuzatilganda buyuriladi. Operativ aralashuv bo'qoq katta ulchamda bo'lganda, tireostatiklarga yuqori sezgirlik yuzaga kelganda, kasallik davodan keyin residiv berganda, bo'qoqning tush ortida joylashuvida, qalqonsimon bezda tugun bo'lganda o'tkaziladi. Operativ aralashuvga mutloq qarshi ko'rsatma: Keyingi 2 oy ichida miokard infarkti, insult boshdan kechirilganda, limfoproliferativ, onkologik kasalliklar hisobilanadi. Bir oy davomida virusli va yallig'lanish kasalliklari boshdan kechirilganda ham operasiya o'tkazilmaydi. O'tkaziladigan operasiya - qalqonsimon bez subtotal rezeksiyasi. Turli mamlakatlarda bezning qoldiriluvchi xajmi har xil, xirurglarning fikri va o'zaro tavsiyalari ham rol o'ynaydi. Kupgina mo'taxassislar 5g qalqonsimon bez to'qimasi qoldirishni maqsadga muvofiq deb hisobilashadi. Diffuz toksik bo'qoq operasiyasi bir necha variantlari taklif etilgan, bez subfassial emas subkortikal mobilizasiya qilinadi, bunda qalqonsimon bez oldi bezlari va qaytuvchi hiqildoq nervi manipulyasiyadan chetda qoladi. Ba'zan traxeyaning orqa yoki buylab bez tizimcha shaklida qoladi, bunday vazni 5-8 grammni tashkil etadi. Operasiya oldi tayyorgarlik uchun tireostatiklar (sezuvchanlik bo'lganda) p-adrenobloqatorlardan foydalaniladi. Eutireoid holatga erishish uchun plazmoforez o'tkaziladi, kaliy yodid (plammerung) qalqonsimon bezda qon ketislmi kamaytirish maqsadida qo'llash keyingi yillarda shubxa uyg'otmoqda, lekin ko'p mamlakatlar xirurglari bu usuldan xali voz kechmagan. Diffuz toksik bo'qoqni davolashning havfsiz usuli radioaktiv yod I bilan terapiya, o'tkazishdir. Radioaktiv I 1 3 1 summar dozada 10-15 mkyu buyuriladi, «nurlanish» bermaydi, onkologik kasalliklar rivojlanishini keltirib chiqarmaydi, deyarli barcha doza qalqonsimon bezga kelib tushadi, (3 -qismlar ajralishi bilan parchalanib ketadi. Yarim parchalanish davri 8 sutkadan iborat. Yagona qarshi ko'rsatma, homilador va emizikli ayollarda o'tkazilmaydi. Radioaktiv yod bilan davolash pasiyentlarning xoxishiga ko'ra tireotoksikoz residivi operasiyadan keyin yuz berganda o'tkaziladi. Operativ aralashuv iloji bo'lmagan hollarda; qariyalar, yo'ldosh kasalliklar bo'lganda ham radioaktiv yod bilan davolanadi. AQShda 25 yoshdan katta bemorlarga radioaktiv yod bilan davolash usuli eng optimal usul deb tan olingan. DTB va homiladorlikning birga kechishi katta muammo hisobilanadi. O'zoq vaqt gacha operativ aralashuv yoki homiladorlikni tuxtatish yo'li bilan DTB davolashga erishish mumkin deb sanalgan. Keyingi yillarda esa tiamazol yoki propisil kichik dozalarda qo'llash homilaga yomon ta'sir ko'rsatmasligi isbotlanadi. Hozirgi vaqtda propiltiourasil 100-150 mg dozada tavsiya etilmoqda, chunki tiamazolga nisbatan plasentadan kamroq o'tadi, tiamazol shu sababdan juda kichik 10-15 mg/sut dozada qo'llash mumkin. Homiladorlikda davodan maqsad erkin T4 miqdorini butun homiladorlik davrida normadan biroz yo'qori darajada ushlab turishdir, bunda homilada bo'qoq va gipotireoz rivojlanishning oldi olinadi. Homiladorlik vaqti DTB uchrashini o'tib 105 ketuvchi, tranzitor tireotoksikozdan farqlash kerak, bunda I trimestrda homlaning gonodatrapin miqdorining qalqonsimon bezga ta'siri tufayli tireotoksikoz rivojlanishini hisobiga olish kerak. Gormonal tekshiruvda XG ko'p,TTG kam ; T4 Ъ erkin holda biroz ko'paygan bo'ladi. Yana bir jihat TTG reseptoriga antitelalar titri yo'qori bo'lishi kuzatilmaydi, DTBda esa aksincha. DTB da operativ aralashuv I trimestrda homila tushishi havfi tufayli o'tkazilmaydi, II valll trimestrda esa, ko'rsatma buyicha mumkin, sababi estrogenlar konsentrasiyasi ning oshishi tiroksin bog'lovchi globuminga ta'sir ko'rsatadi, tireotoksikoz og'irligi kamayadi. GIPOTIREOZ Gipotireoz - klinik sindrom bo Tib, o'zoq va turg'un ravishda organizmda qalkonsimon bez gormonlari yetishmovchiligi yoki to'qima darajasida ularning biologik effekti pasayishi bilan yuzaga keladi. Manifestli birlamchi gipotireoz populyasiyada 0,2-1% hollarda , subklinik birlamchi gipotireoz 7-10 % ayollar ,2- 3% erkaklar orasida uchraydi. 1 yil davomida 5% subklinik gipotireoz manifestli gipotireozga o'tadi. PATOGENEZ BO'YICh A GIPOTIREOZ KLASSMKASIYaSI. Birlamchi (tireogen) Ikkilamchi (gipofizar) Uchlamchi (gipotalamik) To'qima (transportli, periferik) Birlamchi gipotireozning og'irlik darajasiga ko'ra KLAS SIFKASIYF ASI Latent (subklinik)- TTG miqdori yo'qori, T 4 miqdori normal. Manifest - TTG gipersekresiyasi T 4 miqdori past, klinik belgilar - kompensasiyalangan - dekompensasiyalangan Og'ir kechuvchi asoratlari - kretinizm, yurak yetishmovchiligi, seroz bushliqlarga suyuqlik to'planishi, ikkilamchi gipofiz adenomasi. ETIOLOGIYaSI Tug'ma gipotireoz 5000 yangi tug'ilgan chaqaloqqa bir holat uchraydi. Qalqonsimon bez aplaziya,gipoplaziyasi,endemik bo'qoq, TTG tug'ma defisiti, tireoid gormonlarga periferik rezistentlik sindromi (kaziustika). Gipotireoz juda ko'p hollarda birlamchi bo'ladi. Gipotireoz autoimmun tireodit natijasida rivojlanadi. Qalqonsimon bez rezeksiyasi, radioaktiv yod bilan davolash tufayli ham gipotireoz rivojlanadi. Kam hollarda o'tkir osti, fibrozli spesifik 106 tireoiditlardan keyin, diffuz toksik bo'qoqni tireostatiklar bilan davolashdan sung, ba'zan esa genezi noaniq bo'lib qolayotgan (idiopatik) gipotireoz ham rivojlanishi kuzatilgan. Tireoid gormonlar defisiti tufayli organlarda bir qator xujayra fermentlari ishlab chiqarish keskin kamayishi sababli o'zgarishlar kelib chiqadi. Glikozaminglikanlar almashinuvi buzilishi teri, teriosti yog' qavati, mushaklar, miokard, shilliq pardalar infiltrasiyasiga olib keladi. KLINTK MANZARASI Klinik belgilar xilma-xil. Shikoyatlarni aniqlab olish muhim, ko'pincha bemorlar axvoli va kasallik darajasiga mos kelmaydigan subyektiv holatlarni sanab o'tishadi. Gipotirozda barcha organlar zararlanishi kuzatilib tor profildagi mo'taxassisga murojaat etishadi. Bemorlarni tana vazni oshishi, teri quruqligi, teri dag'allashuvi, oyoq kiyimi ulchami kattalashuvi, yuz ko'rinishi qo'pollashuvi nutqi noaniqligi bezovta qiladi. Keyinchalik o'ng qobirga ostida og'riq ,ich qotish ,ko'krak kafasda og'riq, xansirash kabi belgilar paydo bo'ladi. Ayollarda xayz sikli buzilishi, polimenoreya va menometrorragiyadan to amenoreyagacha kuzatiladi. Bemorlar faxmi pasayganligi, vokealarni baholash qobiliyati xotira susayganligidan shikoyat bildiradi. Gipotireozda qo'yidagi sindromlarni shartli ravishda ajratish mumkin. Gipotermik - almashinuv sindromi: semizlik, tana temperaturasi pasayishi. Gipotireoid dermatopatiya: miksedematoz shish, periostal shish, yuzlari shishi, lab, til kattalashuvi, til chetida tish izlari bo'lishi, teri sarg'ishligi, oyoq-qo'llarda shish, nafas olish, gapirish qiyinligi, eshitish buzilishi, poliserozit. Markaziy va periferik nerv tizimi zararlanishi sindromi: uyquchanlik, tormozlanish, xotira pastligi bradikardiya, muskullarda og'riq, paresteziyalar, pay reflekslari pasayishi, polinevropatiya. Yurak-qon tomir tizimi zararlanishi. Miksedematoz yurak (bradikardiya, voltaj pastligi, EKGda T tishcha manfiyligi, qon aylanishi yetishmovchiligi) arterial gipotenziya, poliserozit, notipik variantlar (gipertenziya, bradikardiya yo'q, taxikardiya bilan qon aylanishi yetishmovchiligi) Ovqat hazm qilish tizimi sindromi: gepatomegaliya, o't yo'llari diskineziyasi, ich qotishi, ishtaha pastligi, yug'on ichak diskineziyasi, oshqozon shilliq pardasi atrofiyasi, kungil aynishi, ko'sish. Anemiya sindromi: normoxrom-, normositar-, gipoxrom-, temir tanqisligi, makrositar-, V 1 2 vitamini tanqisligi anemiyalari. Giperprolaktinemik gipogonadizm sindromi: tirotropin giperproduksiyasi, gipotiroksinemiya tufayli, faqat tirotropin emas balki prolaktin ham qonga tashlanishi kuzatiladi, lyo'liberin ajralishi siklni buzadi. Bu klinik sindrom birlamchi gipotireozda (Van-Vik-Xennes-Ross sindromi, Van-Vik-Grambax sindromi) oligoopsomenoreya yoki amenareya, galaktoreya, ikkilamchi tuxumdonlar polikistozi borligi bilan ifodalanadi. Ektodermal buzilishlar sindromi: sochlar rangsiz, to'kiluvchan, sinuvchan, qoshlar tushishi, tananing boshqa joydagi tuklar o'sishi sust. 107 «Bo'sh» turk egari sindromi: tireotrof, prolaktotroflar hisobiiga adenogipofiz kattalashuvi yoki «ikkilamchi» gipofiz adenomasi hosil bo'lib, xiazmal sindromini keltirib chiqaradi, (barcha yuzaga kelgan holatlar tireoid gormonlar past darajasiga bog'liq).Tireoid preparatlar adenogipofiz ulchamini kamaytiradi, bunda («bo'sh») turk egari sindromi rivojlanadi. Uyquda apnoe sindromi: nafas markazi sezgirligi buzilishi, shilliq parda infiltrasiyasi tufayli kelib chiqadi. Klinik manzara aniq bo'lishiga qaramasdan birlamchi gipotireoz diagnostikasi qiyinlashishi mumkin, qay bir aloxida sistema zararlanishi belgilari dominantlik qiladi. Ikkilamchi gipotireozda boshqa trop gormonlar yetishmovchiligi simptomlari bo'ladi. 1. almashinuv - gipotermik sindrom semizliksiz kechib ozg'inlik kuzatiladi. 1. Dermopatiya kam ifodalangan, qo'pol shishilar yo'q teri nozikroq, rangpar, ajinli. 2. Qon aylanish yetishmovchiligi, gipotireoid poliserozit, gepatomegaliya, V 12 defisit anemiya kuzatilmaydi. GIPOTIREOID (MIKSEDEMATOZ) КОМА Qariyalarda, uzoq vaqt diagnostika qilinmagan gipotireozda, sovuq regionlarda kuzatilishi mumkin. Sabablar: sovqotish, barbituratlar bilan davolanish, narkoz, neyroleptiklar qo'llashda, interkurrent kasalliklar. Patogenezi: to'qima nafas olishi susayishi va turg'un gipotireoz tufayli buyrak usti bezi po'stloq qismi faoliyatining pasayishi yotadi. Buyraklarda gipoperfuziya va vazopressin produksiyasi noadekvatligini ham keltirib chiqaradi (tireoid gormonlar va vazopressin antogonistlardir). Koma gipotermiya, gipoventillyasiya, giperkapniya bilan, gipervolemiya, giponatremiya, bradikardiya, arterial gipotenziya, siydik o'tkir tutilishi, ich qotish, yurak yetishmovchiligi, markaziy asab sistemasi progressivlanuvchi tormozlanishi (stupor, koma) bilan kechadi. 80% hollarda o'lim bilan tugaydi. Diagnostikasi Subklinik birlamchi gipotireoz TTG yuqori, T 4 normal, manifest birlamchi gipotireozda TTG gipersekresiyasi, T 4 past bo'ladi. Birlamchi gipotireozda tireoglobulinga antitelolarni aniqlash mumkin. Ikkilamchi gipotireozda TTG qancha past bo'lsa, T 4 ham past bo'ladi. Tug'ma gipotireozda TTG plazma darajasida tekshiriladi, tug'ilgandan keyin 4-5 kunda. 108 Differinsial diagnostikasi Mustaqil kasallik sifatida ayrim simptomlar gipotireoz belgilari deb hisobilanib, xatoliklarga olib keladi. (Temir tanqislik bilan kam qonlik, o't yoTlari diskineziyasi, semizlik) Birlamchi va ikkilamchi gipotireozni ni aniqlash uchun (TTG normada yoki past bo'lsa) tiroliberin bilan sinama o'tkaziladi. Qonda TTG aniqlanib, venaga tirotropin rilizing gormon 200 mg yuborilib, 30 minutdan keyin TTG 25mmol/l gacha va undan yuqori bo'lsa birlamchi gipotireoz, o'zgarmasa ikkilamchi gipotireoz hisobilanadi. T 3 ni aniqlash ortiqcha, chunki T 4 ko'rsatkichi bir xilda o'zgaradi. Ba'zan T 3 normal qolgan holda, T 4 kamayadi. Bu fenomen 5- deyodinaza fermenti to'qima faolligini kompensator ravishda oshishi bilan bog'liq. «T 3 past miqdori» sindromi bo Tib, bunda buyrak, yurak, jigar yetishmovchiligi, miokard infarkti, giperkortisizm, ruhiy anoreksiya kabi og'ir holatlar kuzatiladi. 5-deyodinaza periferik faolligi buzilgan, umumiy, erkin T 3 miqdori pasaygan T 4 normal yoki oshgan, TTG esa normal bo'ladi. Buyrak usti bezi po'stloq qismi yetishmovchiligi autoimmun tireoidit bilan kechganda (Shmidt sindromi), qandli diabet 1 tipi autoimmun tireoidit bilan kechganda (Karpenter sindromi) ikkilamchi gipotireozdan farqlash kerak, periferik, markaziy endokrin bezlar yetishmovchiligi bo'lganda gipofiz trop gormonlarini aniqlash zarur. Davolash: Gipotireozning barcha shakillarida L -tiroksin o'rinbosar terapiya sifatida qoTlaniladi AQSh mediklari tomonidan bu preparat eng maqul deb tan olingan. Davolash kichik dozalardan boshlanadi: qarilarga 12,5 mkg/sut, yurak patologiyasi bo'lsa, 6 ,25 mkg/ sut buyuriladi. Preparat ertalab ovqatdan 30 minut oldin qabul qlinadi. Preparat dozasi oshib boruvchi dozada yoshlarda 3-4 xafta, qariyalarda 2-3 oy, yurak kasalliklarida 4-6 oy davomida ushlab turuvchi doza qoldiriladi. 1kg vaznga 1,6 mkg hisobda qo'llash (ayollarda o'rtacha 100 mkg/ sut, erkaklarda 150 mkg/sut) og'ir patologiyada 0,9 mkg/kg maqsadga muvofiq. Semizlikda 1 kg, «tana ideal og'irligiga» hisobilanadi. Chaqaloqlar (10-15mkg/kg) bolalar 2 mkg/kg, tiroksinga bo'lgan ehtiyoji aniqlangan. TTG miqdori nazorati ostida o'rinbosar terapiya olib borilib, 4 oydan so'ng TTG miqdori normallashmasa, dozani 25 mkg oshiriladi. TTG normallashgach nazorat qilish 6 oyda bir, keyin 1 yilda bir marta TTG aniqlanadi. Yosh o'tishi bilan tireoid gormonlarga nisbatan ehtiyoj kamayadi. Ikkilamchi gipotireoz davolash usuli birlamchi gipotireozni davolashga analogik, lekin o'rinbosar terapiya T 4 miqdorini aniqlashga asoslangan L-tiroksin 1 mkg/kg sutkasiga (75-100 mkg ) subklinik va manifest gipotireozda bir xil buyurilib TTG miqdori normalizasiyasiga erishiladi. Gipotireozda tireotom, tireokomb, hozirda qo'llashdan, liotironinning 2-4 soatdan keyin medikamentoz tiretoksikoz chaqirishi kuzatilganligi sabab ulaPH qo'llashdan voz kechilgan. 109 TUG'MA GIPOTIREOZ Tug'ma gipotireoz qalqonsimon bez kasalliklari ichida bolalarda uchrovchi kasallikdir. Etiologiyasi: Tireoid gormonlarning to'liq yoki qisman tanqisligi tufayli kelib chiqadi. O'rinbosar terapiya tufayligina tug'ilgandan keyingi birinchi 30 kunda aqliy rivojlanishga erishish mumkin. 85-90% hollarda tug'ma gipotireoz birlamchi va yod defisiti yoki qalqonsimon bez disgeneziyasi, ya'ni aplaziya, gipoplaziya, qalqonsimon bez distopiyasi bilan bog'liq bo'ladi. Tug'ma gipotireoz 5-10% hollarda disgormonogenez: TTG reseptorlari defekti, yod transporti defekti, peroksidaza sistemasi, tireoglobulin sintezida tanqislik bo'lganda yuz beradi. 3-4% hollarda ikkilamchi uchlamchi hisobilanadi . Tranzitor chaqaloqlar gipotireozi sifatida qaraladigan tug'ma gipotireoz- homilador tomonidan tireostatiklar qabul qilish, yod defisiti bo'lgan regionlarda yashovchi onalarning chaqaloqlarida . Tug'ma gipotireozning asosiy shakllari va etiologiyasi Tug'ma gipotireoz Sabablari uchrashi Holatlar %da I birlamchi Qalqonsimon bez disgeneziyasi -ageniziya (atireoz) - -gipogeniziya (gipoplaziya) Distopiya Qalqonsimon bez disgormonogenezi : - TTG reseptorlari defekti - yodidlar transporti o'zgarishi - peroksidaza sistemasi defekti - tireoglobulin sintezi defekti 1:4000 1:30 000, 50 000 85-95 5-10 II ikkilamchi va uchlamchi Pangipopituitarizm TTG sintezining izolyasiyalangan Defisiti ыооооо 3-4. III periferik Tireoid gormonlarga rezistentlik IV tranzitor Mtdikamentoz gipotireoz Qalqonsimon bezga ona anfitelolarining induiirlashi tufayli kelib chiquvchi gipotireoz Idiopatik gipotireoz KLINIK MANZARASI к и 2 а ^ ^ ё , т а ё ' Р ° П Г е 0 2 к И п 1 к Ь е 1 ё И а г 1 hollarda erta postnatal davrda -Homiladorlik vaqtidan o'tsa (40 xaftadan ko'p ) 110 - tug'Uganda katta tana vazni - yuzda shishlar, lab, qovoqda, yarim ochilgan og'izda til chiqib turishi. ' - umrov usti chuqurchasida, oyoq-qo'l panja usti yuzasida «yostiqchasimon» zich shishlar borligi - Homiladorlik muddati to'liq bo'lishiga qaramay bolada chala tug'ilish belgilari bo'lishi - yig'lash vaqtida ovoz past dag'al bo'lishi - mekoniyning kech ketishi - kindik tizimchasi kech ketishi, kindik yarasining yomon epitelizasiyasi Bola hayotining 3-4 oylarida birlamchi gipotireoz klinik simptomatikasi - past ishtaha, tana vazniga vazn qo'shilishi yomonligi - teri quruqligi, qipiqlanishi, rangparlik - gipotermiya ( oyoq- qo'llari sovuqligi) - sinuvchan, quruq, rangsiz sochlar - mushaklar gipotoniyasi 5-6 oylikdan so'ng bolaning psixomotor, jismoniy rivojlanishidan orqada qolish belgilari kuchayib boradi. Diagnostika: TTG va T4 miqdorini chaqaloq hayotining 4-5 kunida teri orqali punksiya - tovonidan qon olinib aniqlash mumkin, undan erta olish yolg'on ijobiy natija beradi. Chala tug'ilgan bolalarda 7-14 kunlari TTG aniqlanadi. Filtrlovchi qog'ozga qon tomchilarini kam so'rdirish ham noto'g'ri natija beradi (zarur qon xajmi 6-8 tomchi) TTG miqdori 20mME/l- norma, TTG 50mME/l dan yuqori bo'lsa, tug'ma gipotireozga shubxa, lOOmME/1 bo'lsa tug'ma gipotireoz tasdiqlanadi. Tug'ma gipotireoz diagnozi qo'yilgan bir yoshli bolalarda qabul qilinayotgan L - tiroksin preparati to'xtatilishi va qondagi TTG va T 4 miqdorini tekshirish orqali diagnoz qayta aniqlashtiriladi. Normal ko'rsatkichlar olinsa davo olib borilmaydi. UTT barcha bemor bolalarga, zarur bo'lsa radioizotop tekshiruv ham o'tkaziladi. DAVOLASh 25-30 mkg/sut (yoki 8-12 mkg/kg/sut) L-tiroksin o'rinbosar terapiya sifatida buyuriladi. Tana yuzasi maydoniga hisobilanganda chaqaloqlarga 150-200mkg/m , bir yoshdan keyin 100-150 mkg/m2 L-tiroksin buyuriladi. Hozirgi vaqtda tug'ma gipotireozni prenatal diagnostika qilish usullarini faol ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda. 6. ma'ruzani jixozlash: ko'rgazmali qurollar: 1. tireoid gormonlar ta'sir mexanizmi 2. diffuz toksik bo'qoq patogenezi 3. diffuz toksik bo'qoq klinik manzarasi 4. gipotireoz. 5. tug'ma gipotireoz 6. mavzu bo'yicha slaydlar 7. mavzuga oid bemorlar namoyishi 111 7. nazorat test savollari 1. diffuz toksik bo'qoq deganda nimani tushunasiz? 2. diffuz toksik bo'qoqning asosiy sabablari. 3. diffuz toksik bo'qoq rivojlanishiga turtki bo'ladigan omillar. 4. oftalmopatiya deganda nimani tushunasiz? 5. tireotoksikoz og'irlik darajasini qanday baholash mumkin? 6. diffuz toksik bo'qoqda jarrohlik aralashuvi o'tkazishga ko'rsatmalar. 7. birlamchi va ikkilamchi gipotireozlarning bir - biridan farqlari. 8. gipotireoz bilan kasallangan bemorlarning tashqi ko'rinishi 9. gipotireoz diagnostikasi uchun zarur bo'lgan tadbirlar. 10. gipotireozni davolashda qo'llaniladigan preparatlar. 11. Diffuz-toksik bo'qoq qo'yidagilarning qaysisi bilan qiyosiy diagnostika qilinmaydi? a) neyro-sirkulyator distoniya bilan b) tireotoksik adenoma bilan v) revmatizm (revmokardit) bilan g) upka sili bilan d) ezofagit bilan 12. Gipotireozga xos bo'lgan belgilardan tashqarisini ko'rsating: a) uyquchanlik b) tana vaznining kamayishi v) qabziyat g) terining quruqlashishi d) bradikardiya 13. Diffuz toksik bo'qoqning bitta asoratini ko'rsating: a) gipotireoid koma; b) gipertonik kriz; v) tireotoksik kriz; g) ensefalopatiya; d) yurak ishemik kasalligi; 14. Miksedemani davolashda qo'llanilmaydi: a) merkazolil b) tireoidin v) tireokomb g) L - tirkosin d) tireotom 15. Diffuz toksik bo'qoqqa olib keladigan uchta etiologik omilni ko'rsating: a) irsiy; b) semizlik; v) strumektomiya; g) surunkali infeksiya uchoqlarining mavjudligi; d) boshqa autoimmun kasalliklarning mavjudligi; 16. Diffuz toksik bo'qoq kimlarda ko'proq uchraydi? a)erkaklarda; b)bolalarda; 112 v)keksalarda; g)xotin-qizlarda; d)gudaklarda; 17. Gipotireozga qo'yidaga belgilardan qaysi biri xos? a)teri giperemiyasi; g) gipertoniya; b) teri namligining oshishi; d) qaltirash; v) teri quruqligi; Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling