O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH. T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand 2009 yil
Birlamchi buyrak usti bezi po'stloq qismi yetishmovchiligi o'rinbosar
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urta tasir qiluvchi preparatlar kullash.
- Glyukokortikoidlar turli kombinasiyalarini 9a ftorkortizol bilan birga kullash.
- Urinbosar terapiyada glyukokortikoid komponentining adekvatlik kriteriylari
- Urinbosar terapiyada mineralokortikoid komponent adekvatlik kriteriylari
- Profilaktikasi va oqibati
- Ikkilamchi va uchlamchi gipokortisizm.
- Mavzuga nazorat savollar va testlar
- M A V Z U : Alimentar semizlik Mavzu : Alimentar semizlik
- 2.Simptomatik (ikkilamchi) semizlik
Birlamchi buyrak usti bezi po'stloq qismi yetishmovchiligi o'rinbosar terapiyasida bir necha sxemalardan foydalaniladi. 5. kiska ta'sir qiluvchi preparatlar kullash. Gidrokortizon tabletkada-20 mg ertalab (iloji boricha ertarok) va tushlikdan keyin 10 mg (yoki kortizon 25 mg va 12,5 mg) 0,05-02 mg kortinef ertalabki doza bllan birga. 6. Urta ta'sir qiluvchi preparatlar kullash. Prednizolon- 5-7,5mg +0,05-02 mg kortinef ertalab, tushlikdan sung 2,5 mg predinzolon. 7. O'zok ta'sir qiluvchi preparatlar qo'llash. Deksametazon 0,5 mg kechasiga, 0,05-02 mg kortinef ertalabga 8. Glyukokortikoidlar turli kombinasiyalarini 9a ftorkortizol bilan birga kullash. Keltirilgan dozalar buyrak usti bezi yetishmovchiligining urta ogir darajasida kullaniladi, xar bir aniq holat uchun sxema individual tanlanadi. Kiska ta'sir qiluvchi glyukokortikoidlar: gidrokortizon va kortizon; ularning kamchilik tomoni kiska ta'sir kilishidir. Ta'sir davomiyligi tugagach, bemorlar o'zini yomon xis kilishi va kuchsizlikka shikoyat bildiradilar. Preparatlarni standart ravishda buyurish (2/3 qismi ertalab, 1/3 qismi kun yarmida) maqsadga muvofiq. Shikoyatlar kechkurun va erta tongda preparatlar kabul kilishgacha bo'lgan vaktda yuzaga keladi. Sintetik Glyukokortikoidlar: prednizolon ko'proq ta'sir davomiyligiga ega. Bolalar va o'smirlarga sintetik preparatlar kullashdan o'zokrok bo'lishi kerak. Deksametazon kumulyativ xossasi, tor terapevtik doiraga egaligi, nofiziologik ta'sir davomiyligi mavjudligi xamda Glyukokortikoidlar bilan birga kullashda ularning dozasi oshib ketish holatiga olib kelish kabi, xususiyatlarga ko'ra uni kullashni chegaralash zarur. o'rinbosar terapiyada eng ko'p uchrovchi xato Glyukokortikoidlarni monoterapiya sifatida kullanilish holatidir.Bemorlarga 9a ftorkortizol kullash eng makuldir.Urinbosar terapiyaning adekvatligini baholash uchun kortikosteroidlarning glyuko- mineralokortikoid effekti tahlil etiladi. Urinbosar terapiyada glyukokortikoid komponentining adekvatlik kriteriylari: - normal tana massasini ushlab to'rish - giperpigmentasiya keskinliginning yuqligi va uning asta- sekin regressiyasi - ish qobuliyati saqlanishi, kuchsizlik shikoyatining yuqligi - gipoglikemiyaning yuqligi - Glyukokortikoid dozasining oshib ketish holati yuqligi - AKTG giper sekresiyasi keskinlashuvining yuqligi Urinbosar terapiyada mineralokortikoid komponent adekvatlik kriteriylari: - kaliy va natriyning qon plazmasidagi normal darajasi - plazmada rening aktivligining normal darajasi - sutka davomida qon bosimining normal bo'lishi. Yuqoridagi ma'lumotlarga ko'ra, o'rinbosar terapiya adekvatligini baholashda klinik manzara ma'lumotlari muhimdir. Barcha laborator tahlil natijalari normallashish va klinik manzara belgilarini yuqotishga o'rinish 36 kortikosteroidlarning yuqori dozalarini buyurish va doza oshish holatiga olib kelish bilan ifodalanadi. Kortikosteroidlarning sutkalik dozasi ko'p hollarda buyrak usti bezi yetishmovchiligining kompensasiya holatiga olib keladi. Buning iloji bo'lmasa, dekompensasiyaga olib kelgan kasallik yoki holatlar (tuberkulyoz, tireotoksikoz, xomiladorlik,infeksion kasalliklar) istisno qilinishi lozim. Shuni hisobga olish kerakki, kortikosteroidlar sekresiyasi darajasi organizmning funksional holatiga bog'liq. Yallig'li kasalliklar va og'ir streslarda Glyukokortikoid dozasini 1,5- 2 marta oshirish zarur. Gastroskopiya, tish ekstraksiyasi oldidan mushak ichiga 25-50 mg gidrokortizon yuborish kerak. Og'ir somatik (pnevmoniya) kasalliklarda bemor gidrokortizon bilan davolashga o'tkaziladi. jarrohlik choralari oldidan, tug'ruq payti 75 mg gidrokortizon mushak ichiga va tug'ruqni operativ aralashuv bilan amalga oshirish zarurati bo'lganda 75-100 mg gidrokortizon gemisuksinat 5-10% glyukoza eritmasida venaga tomchilanadi. Operasiyalardan keyingi davr tinch o'tsa , birinchi 3 kunda bemorga 100-150mg /sutkasiga dozada gidrokortizon mushak ichiga inyeksiya o'tkaziladi. 3-5 kundan boshlab 75-100 mg/sutkasiga , undan keyin odatdagi tartibda tabletkalashtirilgan preparatlarga o'tkaziladi. Profilaktikasi va oqibati: kasallik oldini olish maqsadida tuberkulyoz kasalligi mavjud bo'lgan bemorlarga zaruriy choralar ko'rish maqsadga muvofiq. O'z-o'zini nazorat etish va maxsus endokrinologik bo'limda vrach nazorati ostida davo o'tkazilishi ham kasallik oqibatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Urinbosar terapiyaning natijasi aniq fiziologik sharoitlar adekvatligiga bog'liq. O'lim -davolash o'tkazilmaganda o'tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligi belgilaridan yuz beradi Ikkilamchi va uchlamchi gipokortisizm. Ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi- gipofiz tomonidan AKTG sekresiyasining yetishmovchiligi natijasidir. Uchlamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi -gipotalamus tomonidan Kortikorilizing Gormon (KRG) sekresiyasining yetishmovchiligi bilan bog'liq . KRG miqdorini aniqlash, KRG bilan sinama o'tkazish hozirgi kunlarda o'zini oqlamaydi, shuning uchun ikkilamchi va uchlamchi buyrak usti bezi gipokortisizm klinik amaliyotda «Виугак usti bezi yetishmovchiligining markaziy shakllari»degan termin bilan umumlashtirilgan. Markaziy buyrak usti bezi yetishmovchiligi (MBUBE) -gipotalamo-gipofizar yetishmovchilikka olib keluvchi har qanday sabab natijasida rivqjlanishi mumkin. Izolyasiyalangan AKTG yetishmovchiligi sindromi - eng kam uchrovchi patologiya. Buyrak usti bezi markaziy shakli uchrash holatlari noaniq, ammo Gipotalamo-Gipofizar- Buyrak Usti Bezi sistemasi susayishi surunkali glyukokortikoidlar bilan davolash foni sabab bo'lishi kuzatilgan. Patogenetik va klinik jihatidan ikki xususiyati buyrak usti bezi yetishmovchiligi markaziy shaklini birlamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligidan ajratib turadi: 37 1. AKTG va POMK ning boshqa derivatlari gipersekresiyasining gipofiz tomonidan kuzatilmasligi, natijada giperpigmentasiya mavjud emasligi aniqlanadi. 2. BUB koptokcha zonasi faoliyatining renin-angiotenzin-aldosteron avtonom tizim ko'rinishida saqlanishi aniqlanadi. Klinik jihatdan buyrak usti bezi markaziy shakllari uchun degidratasiya va gastrointestinal buzilishlar juda kam kuzatiladi. Birinchi o'rinda gipoglikemiya (1/3 qism bemorlarda AKTG izoliyasiyalangan yetishmovchiligi kuzatilganda) turadi. Shundan kelib chiqib, buyrak usti bezi yetishmovchiligi markaziy shakllarida o'rinbosar terapiya: mineralokortikoid preparatlari qo'llashga zarurati yo'q. Buyrak usti bezi koptokcha zonasi avtonom faoliyatiga qaramasdan, AKTG buyrak usti bezi po'stloq qavati barcha zonalariga trofik ta'sirot o'tkazadi, shuning uchun ko'p hollarda buyrak usti bezi koptokcha zonasi atrofiyaga uchraydi. Bunga mos ravishda bemorda arterial gipotenziya yuzaga chiqadi, laborator tekshiruvida giperkalemiya va plazmada renin faolligi o'sib borishi kuzatiladi. Koptokcha zonasi intaktligi tufayli giponatremiya ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligida kuzatiladi. Giponatremiya Suyuqlik ushlanib qolishi (o'z navbatida kortizol defisiti orqali chaqiriladi.) va vazopressin gipersekresiyasi natijasida rivojlanadi. Davolash birlamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi uchun ko'rsatilgan choralar bilan o'xshash. Ikkilamchi gipokortisizm diagnostikasi uchun metirapon va insulin bilan gipoglikemiya sinamasi, zarur axborot beradi. Ikkilamchi gipokortisizmda organik patologiyani aniqlash yoki istisno qilish maqsadida bosh miyada MRT tekshiruv ko'rsatma bo'lib xizmat kiladi. Markaziy (gipotalamo- gipofizar) buyrak usti bezi yetishmovchiligi tashxisi kriteriylari: • Klinik manzara addison kasalligi simptomlariga uxshash, lekin melanodermiya, shur ovkatlarga ruju kuyish kuzatilmaydi. Gipofizar yetishmovchilik fonida ikkilamchi gipotireoz, gipogonadizm, QANDSIZ diabet uchrashi, anamnezda gipofizar patologiya borligi, shunga mos holda laborator, gormonal tekshiruvlar adekvatligi aniqlanadi. • Sezilarli elektrolit o'zgarishlar (giperkalemiya va giponatremiya) klinik belgilar bo'lishiga qaramasdan, kuzatilmaydi. • Siydik bilan erkin kortizolning sutkalik ekskresiyasi kamaygan, plazmadagi kortizol miqdori, AKTG pasaygan. Aldosteron miqdori va plazmada renin aktivligi normal boTadi. • O'tkir va subklinik ikkilamchi gipokortisizmda qisqa sinaktenli sinama ko'pincha- manfiy. Metirapon va insulinli gipoglikemiya sinamalari- ijobiy natija beradi. • Gipotalamo- Gipofizar Tizim patologik o'zgarishlari MRT, KT usullari yordamida aniqlanadi. 38 Mavzuga nazorat savollar va testlar 1. buyrak usti bezi to'zilishi 2. Mineralo-glokokortikoidlar, androgenlar, kateholaminlar va ularning biosentezi, sekresiyasi ta'siri. 3. Addisonik kasalligi etiologik omillari. 4. Uglevod, oqsil, suv-elektrolit almashinuvi buzilishi patogenezi, klinik ko'rinishi. 5. Qon siydikda garmonal o'zgarishlar; Buyrak usti bezi po'stloq moddasining mavjud va potensial rezervlarini baholashdagi funksional sinamalar. 6. Addison kasalligi klassifikasiyasi va differinsial diagnostikasi 7. Buyrak usti bezi kriz diagnostikasi klinik shakillari. 8. Feoxromasitoma, klinik shakillari . 9. Konn sindromi, etiologiya, patogenez klinika. lO.Isenko- Kushing sindromi, etiologiya, patogenez, klinika. 11. Buyrak usti bezi mag'iz qavatida qaysi ikki gormon ishlab chiqariladi? a) aldosteron, kortizol b) kortizol, gidrokortizon v) estradiol, progesteron g) adrenalin, noradrenalin d) triyodtironin, tiroksin 12. Buyrak usti bezi qaysi qavatida kateholaminlar ishlab chikariladi? a) koptoksimon b) po'stloq v) magiz g) to'tamsimon d) tursimon 13. Addison kasalligini davolashda ishlatilmaydi: a) askorbin kislotasi b) parhezda osh to'zini ko'paytirish v) adrenokortikotropin (AKTG) g) gidrokortizon d) DOKSA 14. Isenko-Kushing sindromida semirishning qaysi tipi kuzatiladi? a) bir me'yorda semirish b) displastik semirish v) segmentar semirish g) ginoid semirish d) android semirish 15. Buyrak usti bezi po'stloq qavatidagi glyukokortikoidlar sekresiyasining asosiy stimulyatorini ko'rsating: a) aldosteron 39 b) renin v) K+ ioni g) adrenokortikotropin (AKTG) d) Na+ ioni 16. Buyrak usti bezida ishlab chiqarilmaydigan gormonni ko'rsating: a) kateholaminlar b) aldosteron v) adrenokortikotropin (AKTG) g) jinsiy gormonlar d) kortizol 17. Buyrak usti bezi shikastlanishi va birlamchi gipokortisizmga olib keladigan to' rtta omilni ko'rsating: a)autoimun prosesslar; b)pnevmoniya; v)gipotalamus-gipofiz sistemasida joylashgan o'smalar; g)sil prosessi; d)birlamchi va/yoki ikkilamchi amiloidoz; ye)infeksion va zamburugli kasalliklar; 18. Buyrak usti bezi qaysi ikki qavatdan iborat? a) periteliy, magiz; b) po'stloq, periteliy; v) magiz, po'stloq; g) intima, periteliy; d) po'stloq osti, intima; 19. Surunkali gipokortisizmga xos beshta klinik belgini ayting(5ta tugri javob): a) teri pigmentasiyasining o'zgarishi; b) semirish; v) ortostatik arterial gipotoniya; g) mushaklar quvvatsizligi; d) arterial gipertenziya; ye) gipoglikemiya; j) tana vaznini yuqotish; z) patologik reflekslar; 20. Addison kasalligida giperpigmentasiyaning rivojlanishi + + gipersekresiyasi bilan bog'liq: a) amilaza; b) TTG; v) STG; g) prolaktin; d) AKTG; 40 M A V Z U : Alimentar semizlik Mavzu : Alimentar semizlik (A.S) Tarkalishi, etiologiyasi, endokrin, yurak- kon tomi rva boshqa tizimlar holati. Alimentar semizlikni davolash zamonaviy usullari -1 soat. MAQSAD: 1 .Semizlikka ta'rif berish 2. aholi o'rtasida semizlik tarkalishini ko'rsatish 3. alimentar semizlik sabablarini ko'rsatish 4. alimentar semizlikni davo usullarini aytib o'tish. Kutilayotgan natijalar . Ma'ruzadan keyin talaba bilishi zarur: 1. «semizlik» haqida tushuncha ; 2. alimentar semizlik klassifikasiyasi. 3. Alimentar semizlik epidemiologiyasini bilish. 4. Alimentar semizlik Davolash, zamonaviy uslublarni qo'llashni bilish. Mavzuning savollari. Alimentar semizlik ta'rifi . Epidemiologiyasi Alimentar semizlik klassifikasiyasi Yog' to'planish xarakteri Tana vazni indeksi Semizlik bilan kasallangan bemorlar somatik holatini baholash . Semizlikni bosqichli davolash. Parhez, jismoniy yuklamalar medikamentoz terapiya. Mazmun : Semizlik - organizmda ortiqcha Yog' to'planishidir. Surunkali kechishi. Yer yuzida semizlikning tarqalganligi. Arterial gipertenziya, kandli diabet, ateroskleroz rivojlanishida semizlikning o'rni. Tana vazni indeksi, normal raqamli semizlik darajalari . «Metobolik sindrom» qismlarini tuzish yurak ishemik kasalliklari, gipertoniya kasalligi, ateroskleroz qandli diabet, upka, yurak, o't-tosh kasalligi, asteoartroz podagra va boshqa kasalliklarni semizlik yo'ldoshi sifatida faol aniqlash. Diyetoterapiya, bemor yashash tarzini o'zgartirish, semizlikni davolashda zamonaviy davo preparatlari. SEMIZLIK Semizlik- organizmda Yog'ning ortiqcha to'planib qolishi bilan boruvchi boshqa kasalliklar va patologik holatlar oqibatida yuzaga keluvchi mustaqil kasallik yoki sindrom. Asosiy kasallik kompensasiya kilingandan sung semizlikni yuqotish mumkin. Semizlik -organizmda ortiqcha Yog' to'planishi bilan salomatlikka havf tug'diradi. Semizlik surunkali kechib, umr bo'yi davolash olib borilishi zarur, aks holda progressivlashib boradi. Semizlik yer yuzida keng tarqalgan kasalliklardan 41 hisoblanadi. Planetamiz aholisining 30% ortiqcha vaznga ega. Semizlik qandli diabet, ateroskleroz, gipertoniya kabi kasalliklar patogenezida muhim o'rin to'tishi hisobga olinsa, kasallik emas, dolzarb muammo deb qaralishi kerak. Yigirmanchi asr 30-chi yillariga kelib, normal tana vazni haqidagi tasavvurlar shakllandi. To bu vaqtgacha medisina infeksion kasalliklar bilan ko'rashish bilan ovora edi. Semizlik klassifikasiyasi 1. Birlamchi semizlik 1.1 Alimentar- konstitutsional ( ekzogen-konstitutsional) 1.1.1. Ginoid( dumba-son, pastki tip) 1.1.2. Android (abdominal,visseral, yukori tip) 1.1.2.1. Metobolik sindromning alohida komponentlari bilan 1.1.2.2. Metobolik sindromning barcha komponentlari bilan 1.1.3. Ovqatga bo'lgan xulkning keskin buzilishi bilan 1.1.3.1. Tungi ovkat sindromi 1.1.3.2. Fasliy effektiv o'zgarishlar 1.1.3.3. Stressga nisbatan giperfagik reaksiya 1.1.4. Pikvik sindromi bilan 1.1.5. Tuxumdonlar ikkilamchi polikistozi bilan 1.1.6. Uyqudagi apnoe sindromi bilan 1.1.7. Pubertat-o'smirlar dispituitarizmi 1.1.8. Aralash 2.Simptomatik (ikkilamchi) semizlik 2.1. Genetik defekt aniqlanishi bilan 2.1.1. Ma'lum genetik sindromlarda ko'p organlar zararlanishi bilan 2.1.2. Yog' almashinuvi regulyasiyasida genetik defektning birga uchrashi 2.2. Serebral (adipozogenital distrofiya,Babinskiy-Pexkrans-Frelix sindromi) 2.2.1. Bosh miya va boshqa serebral strukturalar o'smalari 2.2.2. Infeksion kasalliklar va sistemali zararlanishlar disseminasiyasi 2.2.3. Gipofiz gormonal-nofaol o'smalar,«bo'sh» turk egari sindromi, «psevdousma» sindromi 2.2.4. Ruhiy kasalliklar fonida 2.3. Endokrin semizlik 2.3.1. Gipotireoid 2.3.2. Gipoovarial 2.3.3. Gipotalamo-gipofizar tizim (GGT) kasalliklarida 2.3.4. Buyrak usti bezi (BUB) kasalliklarida Semizlik - tana vazni keskin kamayishidan keyingi qoldiq belgi sifatida, stabil(turg'un),progressiv(usib boruvchi),rezidual bo'lishi mumkin. Semizlik umumiy va mahalliy( lokal lipogipertrofiya) ko'rinishda bo'ladi.Asab anoreksiyasi va bulemiya ovqat bilan bog'liq buzilishiga bog'liq holatdir.Semiz bemorning 42 ozishini semizlik remissiyasi deb qarash lozim va ular «ozgin semizlar» hisoblanadilar. Vizual ko'rik va umumiy tana vaznini o'lchash, semizlik darajasini belgilamaydi. Buning uchun tana vazni indeksi (TVI) mavjud. Ideal oraliq tana vazni indeksi(TVI) uchun 18-25 kg/m2 ni tashkil etadi.Tana vazni indeksi(TVI) qancha yuqori bo'lsa, kasallanish va o'lim darajasi shunchalik yuqori bo'ladi. Tana vazni indeksi (TVI) da noaniqliklar yuzaga kelishi muskullar o'ta rivojlanganligi(yosh yigitlarda),yoki atrofiyalanganligi(kari ayollarda) bilan bog'liq,shuning uchun tana vazni indeksi (TVI) semizlik darajasini aniq aks ettirmaydi. Yog' to'qimasi erkaklarda tana vaznining 15-20%, ayollarda tana vaznining 25-30% ni tashkil etadi.Semizlikning borligi emas,balki Yog'ning to'planish xususiyati ham muhim. Ginoid (nok shaklidagi ayol tip), va android (olma shaklidagi erkak tip) semizlik farqlanadi.Ginoid tipda Yog' to'planishi teri ostiga, android tipda Yog' to'planishi visseral organlarga to'planib, metobolik sindrom, ateroskleroz,qandli diabet rivojlanishi kuzatiladi. ETIOLOGIYaSI. Eng ko'p sabab bo'luvchi holat,kechki ovqat kaloriyasi yuqoriligidir.Ikkinchi sabab, jismoniy xarakat kamligi hisoblanadi. Yana muhim jihatlardan hisoblanuvchi, yog' to'qima gormoni- leptin energetik balans regulyasiyasida qatnashib,gipotalamik neyropeptidlar bilan integrasiyaga kirishadi.Undan tashqari,insulin, holesistokinin,noradrenalin, serotonin ham ochlik va to'yish markazlari regulyatorlari hisoblanadi.Ovqat termogenezi mexanizmi regulyasiyasida tireoid gormonlar ham qatnashadi.AKTG, Beta-lipotropin, endorfinlar ham yog' mobilizasiyalovchi faollikka ega. O'sish gormoni visseral semizlikka to'sqinlik qiladi, lekin ekzogen-konstitusional semizlik mavjud kishilarda aks ta'sir ko'rsatadi. PATOGENEZI. Leptin kashf etilgandan keyin, semizlik patogenezida leptinning mutloq tanqisligi, uning hosil bo'lishida buzilish borligi, yoki leptin reseptorlarida nuqsonlar bor degan eng sodda gipotezaga e'tibor berilar, o'tkazilgan tajribalar shuni isbot etar edi. Yana boshqa gipotezaga muvofiq, genlar mo'tasiyasiga o'rin beriladi. Semizlik va qandli diabetdan ozor chekayotgan bemorlarda lipoprotein lipaza genida mo'tasiya topilgan. Hozirda PPAR (peroksis proliferator aktivlashtiruvchi reseptor) roli o'rganilmoqda. Oilaviy ovqatlanish stereotipiga ham ahamiyat beriladi.Notug'ri ovqatlanish, shirinliklarga ruju qo'yish kabi ovqatlanish ruhiy faollik bilan bog'liq, bunda serotonin almashinuvi va endorfinlar resepsiyasi buzilishi orqali aks etadi.Aynan shu paytda uglevodli mahsulotlar o'ziga xos doping vazifasini bajaradi.Semizlik bu holatda alkogol va narkomaniya kabi kasalliklar bilan o'xshashlikka ega bo'lib qoladi. Ba'zi kishilar turmushda uchraydigan qiyin damlarda, ovqat qabul qilishdek yoqimli holatdan panoh topadilar (stressga nisbatan giperfagik reaksiya) 43 KLINIK MANZARASI. Semizlik ijtimoiy va shaxslararo ziddiyatlar, xavotir, depressiv buzilishlar bilan birga kechadi.Semizligi bor shaxslar u yoki bu diskriminasiya darajasini boshdan kechiradi, ayniqsa o'smirlar bu holatga nisbatan o'ta ta'sirchan bo'ladi.Surunkali kasallik va semizlik bilan kasallangan bolalar hayoti taqqoslanganda,ikkinchi guruhdagi qizlar oila qurmaganlar, sobiq semiz o'smirlar yillik daromadi juda kam bo'lganligi aniqlangan.Shunday qilib, semizlik semizligi bor kishilarga to'laqonli hayot kechirishga xalaqit beradi Bemorni so'rab-surishtirish, anamnez yig'ish,shikoyatlar:tana vazni ortiqcha ligidan tortib, semizlik b-n birga kechuvchi kasalliklar( YuIK, qandli diabet, qon aylanishi yetishmovchiligi) belgilarigacha va unchalik xos bo'lmagan ko'rinishlar(apatiya,uyquchanlik, tez charchash, qabziyat,bo'g'imda og'riqlar) bo'lishini hisobiga olish zarur. Bemorlar hech qachon ishtaha kuchayganligi haqida shikoyat qilmaydilar.Bunday paytda ovqatlanish maromini,xususiyatini,ovqat qabul qilish sonini bilib olish muhimdir. Jismoniy faoliyatni baholash ham zarur. Bemorlar ovqat kaloriyasini hisobiga olmagan holda o'z jismoniy faoliyatiga ko'proq urgu berishadi. Ko'zdan kechirishda semizlikning xususiyati, yog' to'planish tipi,klinik belgilar(gipotireoz, giperkortisizm) simptom sifatida semizlikni ifoda etuvchi holatlarga e'tibor qaratiladi. Sianotik striyalar, kora akantoz,teri notozaligi kabi ko'rinishlar «gipotalamik sindrom» terminini qo'llashga izn bergani bilan GGS faoliyati buzilishi belgilari emas, semizlikning oqibati ekanligini tan olish lozimligini bildiradi. Insulinga rezistentlik, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi, ateroskleroz,qandli diabet 2 tipi, upka-yurak, qon aylanish yetishmovchiligi, o't- tosh kasalligi, osteoartroz, purin almashinuvi buzilishi, venoz yetishmovchilik, oyoqlarda trofik yaralar kabi semizlik bilan yonma-yon keluvchi kasalliklarni o'z vaqt ida aniqlash hayot uchun muhim organlar zararlanmasligining garovidir. Semizlik metabolik sindrom yoki -X - sindromning bir qismi bo'lib, «o'lim to'rtligi» (semizlikning yo'qori tip yog' to'planishi,uglevodlarga tolerantlikning buzilishi, giperlipidemiya, arterial gipertenziya) degan nom olgan. Metobolik sindromning boshqa komponentlari giperurekemiya, ateroskleroz, yurak ishemik kasalligi, qandli diabet hisobilanadi. Bemorda tekshiruv jarayonida gastroptoz, gepatomegaliya, pankreatitning og'riqli shakllari aniqlanadi. Ayollar yog' to'qimasida estrogenlar va androgenlarning aromatizasiyasi kuchayib ketishi bilan birga semizlik bachadon va sut bezi o'smasi,tuxumdonlar polikistozi, bepushtlikka sabab bo'ladi. Bu holat erkaklarda Lyuteinlashtiruvchi gormon ishlab chiqarilishiga to'sqinlik qilish bilan birga gipogonadizm rivojlanishiga olib keladi. yog' to'qimasining ortiqcha ligi spermatogenezning buzilishiga,yani moyaklar uchun noqulay sharoit(termostat effekti)yuzaga kelishi bilan asoslanadi. Laborator tekshiruvlar semizlik sabablarini istisno qilishga, o'zoq davomli kechgan semizlik asoratlarini aniqlashga qaratilgan. Tana vazni ortiqcha kishilarda 44 holestirin, aterogen lipoproteidlar, siydikchil kislotasi miqdori yuqori bo'ladi. Giperkoaugulyasiyaga moyillik kuzatiladi. Odatda semiz kishilarda endokrin kasalliklarga shubxa tufayli gormonlar miqdori tekshiruvi o'tkaziladi. Ikkilamchi giperaldosteronizm kuzatiladi, Lyuteinlashtiruvchi gormon va Follikula stimullovchi gormon mo'tanosibligi buziladi, estradiol miqdori oshadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling