O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH. T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand 2009 yil
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid nazorat testlari
- Maruza: Qandli diabet. 2 soat 2. maqsad
- kutilayotgan natijalar
- Maruza tinglagandan sung talaba bilishi zarur
- 4. maruza mazmuni Tarif
- Tarixi haqida qisqacha malumot.
- Qandli diabetning (insulinga bogliq) I tipi etiologiyasi.
- Qandli diabetning (insulinga boglik bolmagan) II tipi etiologiyasi.
- Qandli diabet klassifikasiyasi (Butun dunyo Soglikni Saqlash
- Qandli diabetning etiologik tasnifi (Butundunyo SogTikni Saqlash Tashkiloti, 1999 y.). I.Qandli diabet I tip ф
- .Qandli diabet II tip
DIAGNOSTIKASI. Taqqoslash tashxisi o'tkazilganda, semizlik mavjud kishilarda (1000:1) organiq sabablar kuzatiladi. Bunday hollarda semizlik sababi Kushing sindromi bo'lishi ham mumkin. Strategik jihatdan 10 nafar semiz kishida kichik deksametozonli sinov (test) o'tkazish , hech bo'lmaganda bir bemorda giperkortisizmni o'z vaqtida aniqlashga imkon beradi. Instrumental tekshiruvda miokard gipertrofiyasi, upkaning tiriklik, rezerv sig'imi pasayishi, kraniogrammada qattiq miya pardasi peshona qismida ohaklanishi, kalla ichi gipertenziyasi belgilari aniqlanadi. Kompyuter va magnit - rezonans tomografiya kabi tekshiruv usullari bor, semizlikda teriosti va visseral yog' to'planishning aniqlash imkonini beradi. Bu tekshiruv yordamida intraabdominal yog' to'planish uinumiy maydonini kvadrat santimetrda aniqlanadi. DAVOLASh. Kasallikning surunkali xususiyatga ega ekanligini hisobiga olgan holda davolashga zamonaviy yondoshish zarur. Davolashning eng havfsiz usulini tanlab, profilaktik maqsadda, hayot uchun havf tug'diruvchi asoratlarning paydo bo'lishiga yo'l qo'ymasdan, vitaminlar, almashtirib bo'lmaydigan yog' va aminokislotalar zarur miqdorda organizmga kirishini ta'minlash kabi muhim jihatlarni e'tiborga olish kerak. Birinchi galda jismoniy harakat va ovqatlanish odatlarini korreksiya qilish kerak. Bu tavsiya osongina, lekin bemor uchun bajarish qiyin. Tavsiyani bajarilishini yengillashtirish uchun semizligi bor bemorlar klubi yoki maktabini tashkil etish maqsadga muvofiq.Vrach tomonidan mo'tanosibllikka ega,energetik kimmati 1200 kkal ni tashkil etuvchi,yoglarni imkon qadar cheklashga qaratilgan parhezni buyurish (yogsizlantirilgan sut, yog'siz pishlok,shakar urnini bosuvchi vositalar) davoning debochasi bo'la oladi. Jismoniy harakatni kuchaytirish tana vaznini kamaytirishda, aynan yog' to'qima kamayishi, mushak to'qimaning esa o'sib borishiga olib keladi.Shu tufayli bemorlar bu davo chorasi natijasiz deb hisobilaydilar. Medikamentlar buyurish tana vazni indeksi 30kg/m2dan yo'qori bo'lganda, parhez yordam bermaganda, qandli diabet,arterial gipertenziya,dislipidemiya kabi asoratlar bo'lganda maqsadga muvofiq. Siydik haydovchi preparatlar, tireoid gormonlar qo'llash eski usul bo'lib, lipolizni kuchaytirish, yog' surilishini bloklash, ochlik va to'yish markazlari faoliyati regulyasiyasiga ta'sir ko'rsatish medikamentoz davoning yangi usuldir. Izolipan (deksfenflyuramin) bosh miya serotonin tuzilmalariga ta'sir etish orqali ovqatlanish xulqini o'zgartiradi. Bu preparat og'ir kardial patologiya, mitral va uch tavaqali klapan yetishmovchiligi bo'lganda qo'llanilmaydi. Preparatni 3 oy davomida qo'llash mumkin. Ksenikal (orlistat) yog' surilishini bloklovchi sifatida qo'llaniladi. yog'li mahsulotlarni chegaralash zarur, chunki ksenikal qabul kilganda diareya rivojlanishi extimoldan holi emas. Liposaksiya (lokal yog' surib olish) kosmetologlar tomonidan keng tashviqot qilinmoqda. Lekin bu usul orqali yuqotilgan vazn keyinchalik yana 45 qayta tiklanadi. Shu tufayli sezilarli darajadagi semizlikda bu muolaja ahamiyatsizdir. Tana vazni indeksi 40kg/m2dan yo'qori bo'lsa, to'satdan yuz beruvchi o'lim 15-30 martagacha oshadi. Kichik oshqozon shakllantirish operasiyasi(gastroplastika), yoki ingichka ichak bir qismi rezeksiyasi yo'qoridagi havfni kamaytiradi. Tana vazni kamaytirilishiga qaratilgan choralar arterial gipertenziya,giperlipidemiya, uglevodlarga tolerantlik buzilishi kabi asoratlar oldini oladi yoki kamaytiradi. Tana vazni stabilizasiyasi uchun vaznni asta - sekinlik bilan kamaytirib borish zarur,keskin vazn kamaytirishga o'rinish o'lim holatlariga olib kelishi mumkin . Mavzuga oid nazorat testlari 1. qaysi jinsda semizlik ko'p uchraydi? a) erkaklarda; v) ikkala jinsda ham bir xil; b) ayollarda; g) sanab o'tilganlar orasida to'g'ri javob yo'q; 2. Semizlik kasalligiga harakterli simptomni ко' rsating: a) giperholesterinemiya, gipoinsulinizm; b) gipoholesterinemiya, gipolipidemiya; v) giperlipidemiya, giperinsulinizm; g) gipolipidemiya, giperinsulinizm; d) sanalganlarningbarchasi t gri; 3. Semizlikning uchta shakli tafovut qilinadi: a)alimentar-konstitusional; b)o'rta og'irlikdagi; v)yengil; g)og'ir; d)miya po'stlogiga bog'lik (serebral); ye) endokrin; 4. Semizlikning qaysi darajasi parhez bilan oson davolanadi? a) I; b) II; v) III; g) IV; 5. Semizlikning uchinchi darajasida tana og'irligi necha foizga oshishi kuzatiladi? a) 10-29%; b) 50 -99%; v) 3 0 - 4 9 % ; g) 100% va undan ko'p; 6. Semizlikning asosiy davolash prinsipi - bu a) glyukokortikoidoterapiya; b) nur terapiyasi; v) tireoidin bilan davolash; 46 g) diyetoterapiya; d) fitoterapiya; 7. Semizlikda qo'llaniladigan davo stolini ko'rsating: a) 1; b ) 2 ; v) 4; g) 9; d ) 8 ; 8. Ortiqcha vaznli erkak kishining qarindoshlarida turli darajadagi semizlik qayd qilinadi. Birinchi navbatda bemorda semizlik mavjudligi haqida uylash kerak: a) konstitusional-ekzogen; b) diensefal; v) gipotireoid; g) kushingoid; d) sanab utilganlarningbarchasi; 9. Displastik semizlik, arterial gipertenziya va qandli diabet simptomokomplekslari aniqlangan bemorda ko'shimcha tekshiruv unda rentgenologik gipofiz adenomasi borligini ko'rsatdi. Bemorda qanday endokrinologik kasallik mavjudligi haqida gumonsirash mumkin? a) qandli diabet II tip semizlik bilan; b) Isenko-Kushing sindromi; v) Isenko-Kushing kasalligi; g) gipotalamik sindrom neyro-endokrin shakli; d) sanab utilganlarningorasida to'g'ri javob yo'q; 10. Semizlikka xos belgilami toping: a) giperlipidemiya; b) giperholesterinemiya; v) giperinsulinizm; g) yo'qorida ko'rsatilgan barcha javoblar t o ' g ' r i ; d) ko'rsatilganlar orasida to'g'ri javob yo'q; Ma'ruza: Qandli diabet. 2 soat 2. maqsad: - qandli diabetga ta'rif berish - qandli diabet etiologiyasi va patogenezi - qandli diabet klassifikasiyasi - qandli diabet tiplarining klinik manzaralari bayoni - qandli diabet laborator tashxislash usullari bayoni - diyetoterapiya bayoni - qonda qand tushiruvchi preparatlar - insulinoterapiyaga ko'rsatmalar bayoni - qandli diabet, uning kechki va o'tkir asoratlari, profilaktikasi. - qandli diabet tiplarining asosiy etiopatogenetik aspektlari bayoni - qandli diabet diagnostikasining zamonaviy usullari bayoni - qandli diabet kompensasiyasi uchun davo choralarining bayoni 3. kutilayotgan natijalar: (bilim, kunikma, o'quv) talabalar uchun mazkur dars o'tkazilishi quyidagi imkoniyatlaPH berishi: - qandli diabet muammosining aktualligini bilish; - amaliy mashgulotlarda olingan bilimlaPH tadbik eta bilishi; - amaliy mashgulotlarda qandli diabet tiplarining differensial diagnostikasini tahlil qila bilish; Ma'ruza tinglagandan sung talaba bilishi zarur: - qandli diabet I va II tipining kechishi xususiyatlarini bilishi - parhez va qonda qand miqdorini tushiruvchi preparatlar haqida tushunchaga ega bo'lishi; - insulinoterapiya haqida tushunchaga ega bo'lish; 4. ma'ruza mazmuni Ta'rif: Qandli diabet -insulinning mutloq va nisbiy yetishmovchiligi bilan bog'lik, barcha moddalar almashinuvi buzilishi, surunkali giperglikemiya va glyokozuriya, oqibatda qon tomirlar zararlanishi bilan kechuvchi endokrin patologiya. Tarixi haqida qisqacha ma'lumot. Qandli diabet kasallik sifatida juda qadim zamonlardanoq ma'lum bo'lgan. Kasallikning klinik belgilari dastlab eramizdan oldingi 30-50 yillarda Sels tomonidan ko'rsatilgan. Eramizning 1000 yillariga kelib Abu Ali Ibn Sino, keyinchalik esa Galen tomonidan kasallikning klinik belgilari to'laroq o'rganilgan. 1674 yili Tomas Uillis bunday kasallikka chalingan bemorlarningsiydigi tarkibida qand borligini payqagan va siydik ta'miga qarab qandli yoki qandsiz diabetni farq qilishni taklif qilgan. 1773 yilda Dopson kasallikka chalingan bemorlarningsiydigi shirinligi undagi glyukoza miqdorining ko'payishi bilan 48 bog'liqligini ilmiy asoslab berdi. 1855 yilda Klod Bemar hayvonlarda miyaning IV qorinchasiga ukol qilish yo'li bilan glyokozuriya kelib chiqishini va uglevod modda almashinuvida nerv sistemasining ahamiyatini ilmiy eksperimental usulda asoslab bergan. 1869 yilda Langergans oshqozon osti bezida alohida xujayralar to'plami borligini qayd qilgan va keyinchalik ularga Langergans orolchalari deb nom berilgan. Mana shu Langergans orolchalarining endokrin ahamiyatini birinchi bo Tib 1881 yilda Ulezko-Stroganova qayd qilgan. 1900 yilda rus olimi L.V.Sobolev qandli diabet kasalligining kelib chiqishida Langergans orolchalarining ahamiyatini birinchi bo Tib ilmiy eksperimental usulda isbotlab berdi. U oshqozon osti bezidan chiqadigan yo'lni bog Tab, kasallikni keltirib chiqaradigan modda Langergans orolchalarida ekanligiga ishonch hosil qildi. Lekin bu qanday modda ekanligini aniqlash 1921 yilda kanadalik olimlar Banting va Bestga nasib qildi. Ular birinchi bo Tib yangi tug'ilgan buzoqchaning oshqozon osti bezidan insulinni ajratib olishga (insula -orolcha, lot.) muvaffaq boTishgan. Qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlarningtaqdiri mana shu paytgacha achinarli bo'lgan, chunki ular qisqa vaqt ichida nobud boTishgan (bir necha хдйа yoki bir necha oylar davomida). Insulin ajratib olinganidan keyin esa bunday bemorlar uzoq yashash imkoniga ega boTishgan. Shu sababdan ham Banting va Bestga Nobel mukofoti taqdim etilgan. Qandli diabetning (insulinga bog'liq) I tipi etiologiyasi. 1. Genetik moyillik - bir necha genlar, jumladan HLA soxasiga ya'ni 6 chi xromosoma kalta yelkasiga mansub genlar bilan bogTik. 2. Virusli infeksiyalar roli. Patogenezning asosiy bug'ini insulin ya'ni p-xujayra asta - sekinlik va bosqichma - bosqich yemirilib borishi, lekin uglevod almashinuvi buzilishi yuz bermaydi (klinikagacha, latent faza) (3-xujayraning 80-95 % destruksiyaga uchragach insulinning mutloq tanqisligi rivojlanib klinik davr boshlanadi. Ko'p hollarda yemirilish autoimmun tabiatga ega ya'ni tug'ma tankislik P-xujayralarda yoki autoantigenlarga tolerantlik yuqolganligi bilan bog'lik bo'ladi. Qandli diabetda oshqozon osti bezi (3-xujayralariga nisbatan antitelolar hosil bo'lishi, bundan tashqari, interferon miqdorining oshib ketishi kuzatiladi. Patologoanatomik tekshiruv natijalari insulitlar mavjudligini ko'rsatadi. Bu kasallikning autoimmun harakterga ega ekanligini tasdiqlaydi. Ba'zi autoantitelo tiplari klinik belgilar pay do bo'lishdan 10-15 yil oldin paydo bo'ladi. Insulinga bog'liq bo'lgan qandli diabet I tipiga genetik moyil kishilarda virusli infeksiyalar -p-xujayraga qarshi autoimmun reaksiyalaPH keltirib chiqaradi. Bunday |3 - sitotrop viruslarga: Koksaki V (ko'pincha -V) turlari, epidemik porotit, qizilcha, qizamiq, sitomegalovirus, enterovirus infeksiyalar, suvchechak, ensefalomiokardit virusi mansubdir. 3. Toksik moddalar. - nitrozomochevina birikmalari, nitro- va aminogruppa saqlovchi moddalar. - dori preparatlari (streptozosin-, o'smaga qarshi preparatlar, gipotenziv vosita - diazoksid) - azobuyoq, alloksan. 49 - deratizasiya vositasi (vakar). Qandli diabetning (insulinga bog'lik bo'lmagan) II tipi etiologiyasi. 1. Genetik moyillik - ikki xil genetik tankislik | farqjlanadi. - birinchi, insulinga rezistentlik keltirib chiqaruvchi semizlikda uchrovchi insulinga rezistentlik. - ikkinchi, (3 - xujayra sekretor faoliyatining susayishi yoki giperglikemiyaga nisbatan sezgirlikning yo'qligi. 2. Genetik bo'lmagan omillar: - qari yosh - semizlik - ko'p ovqat yeyish, ayniksa uglevodlaPH, yog'laPH suiste'mol qilish -kam harakatlik - Homiladorlik - xomila ichi rivojlanishdan orqada qolish. - ko'krak va kichik yoshdagi bolalarning surunkali ochligi - kontr insulyar gormonlar ko'payishi bilan bog'liq - hayot tarzini o'zgartirish (emigrasiya) - organizmda oqsil yetishmovchiligi Patogenezi. Qandli diabet kasalligining kelib chiqishi mexanizmida asosida insulin yetishmovchiligi yotadi. Dastlab gormon miqdori qonda mo'tadil yoki biroz oshgan, keyinchalik esa kasallik rivojlanishi bilan (3-xujayralarda insulin sekresiyasi susayishi kuzatiladi. Insulin yetishmovchiligi nisbiy (oshqozon osti beziga bog'liq bo'lmagan) yoki mutloq (oshqozon osti beziga bog'liq) bo'Hshi mumkin. Nisbiy insulin yetishmovchiligi - to'qimalarninginsulinga nisbatan rezistentligining pasayishi, to'qimalarda insulinga qarshi antigenlar pay do bo'Hshi, hamda insulinning gormonal va nogormonal antogonistik reaksiyasining buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Insulinning gormonal antogonistlariga o'sish gormoni, AKTG, gipofiz, buyrak usti bezi gormonlari, qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, triyodtironin) kiradi. Bu gormonlar miqdori qonda haddan tashqari oshib ketganda insulinga nisbatan kontrinsulyarlik holati yuzaga kelib, organizmda giperglikemiyani chaqiradi va to'qimalarda glyukoza parchalanishini tormozlab, insulin sarf bo'lishini kuchaytiradi. Insulinning nogormonal antogonistlariga sinalbumin, qondagi efirlanmagan (esterifikasiyalanmagan) yog' kislotalari, insulinga qarshi antitelolar, lipoprotein ingibitorlari, Fild faktori kiradi. Mutloq insulin yetishmovchiligi oshqozon osti bezining o'zida bo'ladigan patologik jarayonlar bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Bunday insulin yetishmovchiligining har birida ham organizmda chuqur metabolik o'zgarishlar uglevod, yog', oqsil, suv-tuz almashinuvi buzilishi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Insulin yetishmovchiligi dastlab glyokoza almashinuvining hamma etaplarini buzadi: yog' va mushak to'qimalariga kirishini susaytirib, glikolizni to'xtatib qo'yadi. ATF sintezi susayib, Krebs siklida oksidlovchi fermentlar faoliyati buziladi. Bir vaqtda aminokislotalar transporti izdan chiqib, kompensator mexanizmi, ya'ni uglevod bo'lmagan moddalardan 50 glyukoza hosil bo'lish jarayoni kuchayadi. Bu jarayonlar oqibatida giperglikemiya yuzaga chiqib, kompensator glikogenoliz, glyukoneogenez , lipoliz kuchayib, bemor vazn yo'qotadi, mushaklar tonusi pasayadi, immunitet susayadi, terida trofik o'zgarishlar paydo bo'ladi. Qondagi giperosmolyar holat tufayli rivojlanadigan degidratasion sindrom poliuriya va polidipsiya ko'rinishida yuzaga chiqadi. Qondagi aminokislotalar miqdorining ortishi disproteinemiyaga olib keladi, natijada markaziy nerv sistemasi, buyrak, ko'z, yurak, qon aylanish tizimida o'zgarishlar keltirib chiqarib, diabetik angiopatiyalarga olib keladi. To'qimalar gipoksiyasi va degidratasiyasi, elektrolitlar (kaliy, natriy) miqdorining kamayishi diabetik koma rivojlanishiga sabab bo'ladi. Klassifikasiyasi. Butun jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (BSST) qandli diabet kasalligini 4 ta bosqichga bo'lib o'rganishni tavsiya qiladi: 1. potensial diabet, 2. latent diabet, 3. asimptomatik yoki subklinik diabet, 4. manifest yoki klinik diabet. Sobiq SSSR Akademiyasining Eksperimental endokrinologiya va ximiya instituti olimlari esa kasallikning quyidagi 3 bosqichini ajratib o'rganishni taklif qilishadi: potensial, latent, manifest (yaqqol).O'tgan asPHng 1980 yilida Butun jahon sog'likni saqlash tashkiloti qongressida yangi klassifikasiya taklif qilingan: A. Klinik sinflar bo'yicha 1. insulinga bog'liq qandli diabet - 1 tip 2. insulinga bog'liq bo'lmagan qandli diabet -II tip: ajsemizligi bo'lgan bemorlarda b) semizligi bo'lmagan bemorlarda 3. Boshqa tipdagi qandli diabet kasalligi: a) oshqozon osti bezi kasalliklarida b) endokrin kasalliklarida v) insulin reseptorlarining o'zgarishida g) genetik sindromlarda d) aralash holatlar bilan bog'liq bo'lgan 4. Glyukozaga tolerantlikning buzilishi 5. Homilador ayollarda qandli diabet kasalligi. B. Havfi aniq bo'lgan sinf bo'yicha: glyukozaga tolerantlik normal yoki biroz oshgan bo'lishi mumkin. Bu klassifikasiyaning kamchiligi shundan iboratki, bunda kasallikning klinik kechishi va kelib chiqish xususiyatlari to'la- to'kis yoritilmaganligi sababli amaliyotda foydalanish noqulayliklar tug'diradi. Shu sababdan kasallikning klassifikasiyasi 1983 yilda butun jahon sog'likni saqlash tashkiloti tomonidan qayta ko'rib chiqilgan va muallifiar quyidagicha guruhlarga ajratib oTganishni tavsiya qilishgan: A.Diabetning klinik formalari: 1. insulinga bog'liq qandli diabet -1 tip 2. insulinga bog'liq bo'lmagan qandli diabet -2 tip 3.boshqa tiplari: a) endokrin genezli b) oshqozon osti bezi kasalliklariga bog'liq v) kam uchraydigan diabet (har xil dori-darmonlar qabul qilish bilan bog'liq). 4.Homiladorlik davridagi qandli diabet. B. Diabetning og'irlik darajasi bo'yicha: 1-yengil, 2- o'rtacha og'irlik 3-og'ir darajalari. V. Kompensasiya holatiga qarab: kompensasiya, subkompensasiya, dekompensasiya. G. Diabetning o'tkir asoratlari bo'yicha: 1. ketoasidotik koma, 2. giperosmolyar koma, 3. laktatasidotik koma, 4. gipoglikemik koma. 5. birlamchi serebral koma. D. Kechki asoratlar bo'yicha: 1 .mikroangiopatiya (retinopatiya, nefropatiya). 2.makroangiopatiya 3.neyropatiya Ye. Boshqa organ va sistemalarningzararlanishi (enteropatiya, gepatopatiya, osteoartropatiya, dermopatiya va xok.). J. AsoratlaPH davolash bo'yicha 1 .insulinoterapiya (mahalliy allergik reaksiya, anafilaktik shok, lipodistrofiya). 2.peroral qandni tushiruvchi preparatlar (allergik reaksiya, oshqozon-ichak trakti funksiyasining buzilishi. Bundan tashqari pediatriyada «Havfli guruh»ga mansub bo'lgan bolalar, ya'ni qandli diabet kasalligiga chalinish extimoli ko'proq bo'lgan qo'yidagi guruh mavjud: - 4,5 kg vazndan ortiq tug'ilgan bolalar - ota-onasi yoki qarindosh urug'larida qandli diabet bo'lsa - katta vaznli bola yoki o'lik tuqqan ayollar - semizlik yoki endokrin kasalligiga chalingan bolalar. Qandli diabet klassifikasiyasi (Butun dunyo Sog'likni Saqlash Tashkiloti 1985) A. klinik sinflar I. Qandli diabet 52 1. insulinga bog'lik qandli diabet (I tip) 2. insulinga bog'lik bo'lmagan qandli diabet (II tip) a) qandli diabet Ha (semizliksiz) b) qandli diabet lib (semizlik bilan) 3. ovqatlanish yetishmovchiligi bilan bog'lik qandli diabet: a) fibrokalqoTyoz pankreatik qandli diabet b) oqsil defisitli pankreatik qandli diabet 4.maTum holat va sindromlar bilan bog'lik qandli diabet boshqa tiplari: a) oshqozon osti bezi kasalliklari bilan bog'lik qandli diabet (pankreatit, gemoxromatoz, oshqozon osti bezi rezeksiyasi) b) endokrin kasalliklar bilan bog'lik qandli diabet (Kushing sindromi, akromegaliya, tireotoksikoz, giperaldosteronizm, feoxromasitoma, glyo'qagonoma.) v) dorilar va toksik vositalar qabul qilish bilan chaqirilgan qandli diabet (glyukokortikoidlar, tiazid diuretiklar, kateholaminlar, fenotiazin, alloksan, streptozotosin) g) Insulin va uning reseptorlari anomaliyasi bilan bog'lik qandli diabet d) genetik sindromlar bilan bog'lik qandli diabet (Alstrem, Verner, DIDMOAD, Kokkeyn, Lorens-Mun-Bidl, Prader-Vill, Klaynfelter, lipoatrofik qandli diabet, glikogenozlar, mukovissidoz, Fridreyx ataksiyasi, Gentington xoreyasi.) II. Glyukozaga tolerantlik buzilishi 1. normal vaznli shaxslarda glyukozaga tolerantlik buzilishi 2. semizligi bor shaxslarda glyukozaga tolerantlik buzilishi 3. ma'lum bir kasallik va sindromlar bilan bog'lik holda rivojlanadigan ikkilamchi glyukozaga tolerantlik buzilishi III. Gestasion qandli diabet B.Statistik havfli sinflar (normal glyukozaga tolerantligi bo'lgan, lekin qandli diabet rivojlanishi havfi yuqori bo'lgan kishilar) 1. Anamnezida glyukozaga tolerantlik buzilishi kuzatilgan shaxslar 2. Glyukozaga tolerantlik buzilishiga moyil bo'lgan shaxslar Oxirgi o'n yilliklarda endokrinologiya fanida pay do bo'lgan yangiliklaPH hisobga olgan holda 1999 yilda Butun dunyo SogTikni Saqlash Tashkiloti tomonidan quyidagi etiologik tasnif taklif etildi. Qandli diabetning etiologik tasnifi (Butundunyo SogTikni Saqlash Tashkiloti, 1999 y.). I.Qandli diabet I tip ф - xujayralar destruksiyasi oqibatida kelib chiqadigan mutloq insulin yetishmovchiligiga asoslangan) A. autoimmun B. idiopatik II.Qandli diabet II tip (insulin antagonistlari ta'siri va unga rezistentlik tufayli kelib chiqadigan nisbiy insulin yetishmovchiligiga asoslangan) 53 III. Boshqa tiplari A. /3 - xujayralar funksiyasidagi genetiknuqsonlar 1. MODY- 3 (12 xromosoma, HNF-la geni) 2. MODY -2 ( 7 xromosoma) 3. MODY - 1 (20 xromosoma, HNF-4a geni) 4. DNK mitoxondrial mo'tasiyasi 5. Boshqalar V. Insulin ta'siridagigenetiknuksonlar 1. A tipidagi insulinga rezistentlik 2. Leprachaunizm 3. Rabson - Mendenhol sindromi 4. Lipoatrofik diabet 5. Boshqalar S. Oshqozon osti bezining endokrin qismi kasalliklari 1. Pankreatit 2. Jarohatlar (pankreaetktomiya) 3. Neoplaziya 4. Kistozli fibroz 5. Gemoxromatoz 6. Pankreatopatiyali fibrokalqo'lyoz D. Endokrinopatiyalar 1. Akromegaliya 2. Kushing sindromi 3. Glyo'qagonoma 4. Feoxromositoma 5. Tireotoksikoz 6. Somatostatinoma 7. Aldosteroma 8. Boshqalar Ye. Don va ximikatlar bilan bog'lik bo 'Igan qandli diabet 1. Vakor 2. Pentamilin 3. Nikotin kislota 4. Glyukokortikoidlar 5. Tireoid gormonlar 6. Diazoksid 7. a- adrenoreseptorlar antogonistlari 8. tiazidlar 9. dilantin 10. a- interferon 11. Boshqalar F. Infeksiyalar. 1. tug'ma qizilcha 2. sitomegalovirus 3. boshqalar G. Immunolik jarayonlarga bog 4iq bo 'Igan diabetning boshqa formalari 1. «Stiff-man» sindromi (harakatsizlik sindromi) 2. Insulin reseptorlariga antitelolar 3. Boshqalar H. Ba'zan diabet bilan kechadigan genetik sindromlar 1. Daun sindromi 2. Klaynfelter sindromi 3. Terner sindromi 4 Volfram sindromi 5 Fridreyx ataksiyasi 6. Gentington xoreyasi 7. Lorens-Mun Bidl sindromi 8. Miotonik distrofiya 9. Porfiriya 10. Prader-Villi sindromi 11. Boshqalar. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling