O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
PEDAGOGNING INDIVIDUAL KASBIY RIVOJLANISH TRAYEKTORIYASI TUZILMASI A.Ibragimov – Samarqand viloyati XTXQTMOHM direktori. Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Annotatsiya: Mazkur maqolada pedagogning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasining oʻziga xos xususiyatlari, tuzilmaviy jihatdan tarkibiy komponentlarining mazmuni bayon etilgan. Pedagoglar malakasini oshirish tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri ularni sust obyektdan faol, mustaqil, maqsadga intiluvchan, raqobatbardosh, ya’ni pedagogik faoliyatidan koʻzlagan maqsad va vazifalarini tushunadigan, qanday va qay darajada kasbiy mahoratga ega boʻlishi lozimligi, oʻzining imkoniyatlari va qobiliyatlarini biladigan subyektga aylantirishdir. Demak, pedagogni faol hayotiy va kasbiy pozitsiyasini shakllantirish, dunyoqarashini oʻzgartirish va kasbiy rivojlanishining individual trayektoriyasini tuzish orqali kasbiy mahoratini oshirishga yoʻnaltirish zarur boʻladi. Individual ta’lim trayektoriyasi koʻplab olimlarning 1; 2; 3; 4; 5; 6 diqqat markazida boʻlib turlicha talqinlarga ega. Jumladan, A.V.Xutorskoy individual ta’lim trayektoriyasini oʻqitish jarayonida har bir oʻquvchini shaxsiy salohiyatini roʻyobga chiqarishning alohida oʻziga xos yoʻli sifatida talqin qiladi hamda “...oʻz ta’limining: mazmuni, maqsadi, vazifalari, sur’ati, oʻqish shakli, metodlari, natijalarni baholash, nazorat tizimi kabi asosiy komponentlarini pedagog bilan oʻzaro kelishilgan va anglangan holda tanlash” imkoniyatiga ega boʻlishi lozimligini ta’kidlaydi [5; 99- 155-b.]. Pedagogning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzish undan kasbiy ehtiyojlari darajasini anglash va baholay olish, loyihalash va rivojlanish nuqtalarini oldindan koʻra olish kabi koʻnikmalarga ega boʻlishini talab qiladi. Malaka oshirish kurslari tinglovchilari bilan oʻtkazilgan soʻrovnomalar natijalari pedagoglar individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzish va amalga oshirishga ijobiy qarashlari va unga ehtiyojlari borligini, biroq bu jarayonni loyihalashda qiyinchiliklarga duch kelishlarini koʻrsatdi. Bu esa pedagoglarning malaka oshirish - 60 - shakli, usullari va vositalari haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasliklari hamda individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzish va amalga oshirish jarayoniga ilmiy-metodik kuzatuvni uyushtirish, shuningdek, malaka oshirish ta’lim muassasasi va pedagogning yaqin oʻzaro ta’sirda boʻlishi lozimligini tasdiqlaydi Pedagogning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzilmaviy jihatdan mazmunga doir, korreksion-tahliliy va tashkiliy komponentlarga ajratish mumkin. Individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasining mazmunga doir komponenti malaka oshirish ta’limi mazmunini belgilaydi. Uning tayanch qismi Davlat talablarida belgilangan va ta’lim-tarbiya sifati hamda oʻqituvchi kompetentligini koʻtarishga qaratilgan modullarni oʻzlashtirishni, variativ qismi esa pedagogning kasbiy ehtiyojlari tashxisi natijalari va shaxsiy qiziqishlariga koʻra tanlovi asosida belgilanadigan modullarni oʻzlashtirishni nazarda tutadi. Bu modullar pedagogning individual kasbiy rivojlanish oʻz ifodasini topadi. Korreksion-tahliliy komponent pedagogning kasbiy qiyinchiliklari va ehtiyojlari tashxisi, faoliyat davomida doimiy tahlil, oʻz-oʻzini tahlil hamda natijalarga koʻra individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga oʻzgartirishlar kiritishni belgilaydi, shuningdek tashkiliy komponentni moslashtirishga yoʻnaltiriladi. Shu oʻrinda pedagogga individual kasbiy rivojlanish dasturini tuzish va yoʻnalishini belgilashda ilmiy-metodik kuzatuv amalga oshiriladi. Chunki individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini loyihalash va amalga oshirish jarayonida malaka oshirish ta’limi muassasasi oʻqituvchisi va metodistlarining funksional vazifalari oʻzgarib, oʻzaro ta’sir funksiyasi maslahatchi, tahlilchi, tashkilotchi, muvofiqlashtiruvchiga oʻzgaradi. Tashkiliy komponent belgilangan oʻquv mazmunini oʻzlashtirishning metodik va texnologik usullari yigʻindisini, pedagogning ta’lim faoliyati shakli, metodlari, vositalari va qoʻllab-quvvatlovchi instrumentlari kabi metodik tizimni ifodalaydi. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi pedagogga kasbiy kompetentliligini takomillashtirishga faol intilish, tezkor refleksiv rostlash, ilmiy-metodik kuzatuv asosida kasbiy va shaxsiy individualligini koʻrsatish yoki isbotlash, qadriyatli-anglangan dunyoqarashi va e’tiqodini yuksaltirish, ilgʻor tajribalarini namoyon qilish va ommalashtirish, alohida oʻziga xos boʻlgan kasbiy mahoratini oʻstirishga sharoit yaratadi. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling