Oziq-ovqat kimyosi


Fermentlarni faollik birligi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

Fermentlarni faollik birligi. Har bir ferment o‘z faolligiga ega. 
Xalqaro biokimyoviy ittifoqqa ko‘ra qo‘yidagi birliklar qabul qilingan: 
 standart ferment birligi —1 mikromol substratni 1 minutda 
katalizlaydigan ferment miqdoriga aytiladi. Standart birlik E harfi 
bilan belgilanadi. 
 nisbiy faollik—1 mg fermentga to‘g‘ri keladigan substrat E birlik 
miqdori tushiniladi. Oqsilni mikdori Louri va Keldal usuli bilan 
aniqlanishi mumkin. 
 Molekulyar faollik—1 molekula ferment mo’tadil sharoitda 
katalizlaydigan substratni molekulyar miqdoriga aytiladi. Bu 
tushuncha 1 minutda 1 mol ferment necha mol substratni 
katalizlashi tushiniladi. 


133 
 Katal—katalitik faollik, 1 sekundda 1 mol substratni 
katalizlaydigan fermentga aytiladi. 
Fermentativ 
reaksiya 
tezligiga 
substrat 
va 
ferment 
konsentratsiyasini ta’siri Substrat konsentratsiyasi oshishi bilan 
reaksiya tezligi osha boradi. Ma’lum konsentratsiyaga yetganda reaksiya 
tezligi o‘zgarmay qoladi. Ba’zi bir fermentlar uchun yuqori 
konsentratsiyada 
fermentlarni 
faolligi 
kamayadi. 
Ferment 
konsentratsiyasi oshgan sari reaksiya tezligi oshadi. 
 
Fermentlarni faolligiga haroratni, pH ko’rsatkichni, hamda 
aktivator va ingibitorlarni ta’siri. Fermentlarni maksimal faolligi 37-
50
o
C atrofida bo‘ladi, lekin ba’zi bir fermentlar yuqori haroratda ham 
faolligini 
namoyon 
etadi. 
Bu 
fermentlarni 
yuqori 
haroratga 
barqarorligiga bog‘liq. Yuqori haroratda 2 ta jarayon yuz beradi. 
Birinchi jarayonda harorat oshishi bilan reaksiya tezligi oshadi. 2 
jarayonda harorat oshishi bilan ferment denaturatsiyaga uchrashi tufayli 
faollik kamayadi. 
Har bir ferment ma’lum pH oralig‘ida o‘z faolligini namoyon 
qiladi.
 Muhit pH ko‘rsatkichi fermentlarni aktiv markazidagi funksional 
gruppalarni ionlanish holatiga ta’sir etadi. 
Aktivator deb fermentlarni faolligini oshiruvchi moddalarga 
aytiladiBa’zi bir fermentlar metall ionlari ta’sirida faolligini oshiradi.
Fermentlarni faolligini kamaytiruvchi moddalarga ingibitorlar 
deyiladi. 
Ingibitorlarning ta’sir mexanizmi turlicha: 
Ingibitor ferment bilan kompleks hosil qiladi; 
Ingibitor substrat bilan kompleks hosil qiladi; 
Ingibitor koferment bilan kompleks hosil qiladi; 
Ko‘pchilik holatlarda ingibitor ferment bilan kompleks hosil qiladi. 
Ta’sir etish mexanizmiga ko‘ra ingibitorlar raqobatli va raqobatsiz 
ingibitorlarga bo‘linadi. 
Raqobatli ingibitorlar fermentlarni aktiv markazi bilan kompleks 
hosil qiladi. 
Raqobatsiz ingibitorlar fermentlarni aktiv markazdan tashqari 
boshqa qismi bilan kompleks hosil qiladi. 


134 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling