Pedagogik diagnostika
Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash testlari
Download 1.85 Mb.
|
ДИАГ
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`lchovning metodik sifat talablari Pedagogik diagnostikada «o`lchov» tushunchasi.
Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash testlari. Shuni alohida qayd etish lozimki, bugungi kunda pedagogik diagnostikada tashxislash metodlari to`laqonli o`rganilib chiqilmagan.
Bugungi kunda tarbiyalanganlik darajasini aniqlaydigan quyidagi testlar mavjud: Umuminsoniy sifatlarni shakllantirish testlari; Axloqiy tushunchalarni shakllantirish testlari; Ijtimoiy va boshqa sifatlarning shakllanganligini aniqlash testlari; Shaxsning alohida sifatlari (temperament, idrok, xarakter)ni aniqlash testlari. O`lchovning metodik sifat talablari Pedagogik diagnostikada «o`lchov» tushunchasi. Pedagogik diagnostikada o`lchovning natijalari aniqlik va ishonchililik talablariga javob berishi lozim. O`lchovning sifatiga quyidagi talablar qo`yiladi: Ob’ektivlik. Ishonchlilik. Validlik (ingliz tilida: valid–ahamiyatga ega, qadrli; rus tilida: показательность, действительность, достоверность). Ob’ektivlik deganda o`lchov natijalari tadqiqotchiga bog`liq bo`lmagan tarzda baholanishi yoki bir necha voqea–hodisani tadqiqotchilarning shu masala yuzasidan deyarli bir xil xulosa chiqarishi tushuniladi. O`lchovni o`tkazish ob’ektivligi ta’lim jarayoni qatnashchilarining aynan bir xil sharoitda bo`lishini taqozo etadi. Ma’lumotlarni tahlil qilishning ob’ektivligi alohida qiziqish uyg`otadi. An’anaviy baholash tizimida ma’lumotlarni tahlil etishda ob’ektivlik past bo`ladi. Masalan, bitta yozma ishni turli o`qituvchi turlicha baholaydi, ya’ni baho ob’ektiv bo`lmaydi. Ishonchlilik deganda o`rganilgan u yoki bu aniq belgining ishonchlilik va aniqlik darajasi tushuniladi. «Agar biror belgi yuqori darajadagi aniqlik bilan o`lchansa, uning aks etish darajasi shkalada bitta yagona nuqtaga tushadi»1. demak, aniq va uncha aniq bo`lmagan o`lchov haqida gapirilganda quyidagicha misolni keltirish mumkin: masofa 4188 millimetrni tashkil qiladi, yoki masofa 4 metrga yaqinni tashkil qiladi. O`lchovning ishonchlilik darajasi ishonchlilik koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Validlik. O`lchov sifatining muhim metodik talablaridan biri validlikdir. Validlik haqiqatda ham o`lchash talab etilayotgan narsa o`lchandimi yoki boshqa narsa o`lchanganligini aniqlaydi. Test metodikasida validlikning to`rtta turi uchraydi: –Mazmunning validligi; –Natijaning validligi; –Prognozning validligi; –Kostruktiv validlik. O`lchov sifatining yuqoridagi muhim uchta talabi bilan birga adabiyotlarda boshqa mezonlar (kriteriyalar) ham uchraydi. Linert quyidagi mezonlarni keltiradi6: a) testning o`lchamli bo`lishi (normalangan testlar); b) testning solishtirma bo`lishi (test o`zining egizagi, alternativi bilan taqqoslanadi); v) testning tejamli bo`lishi; g) testning foydali bo`lishi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling