Pedagogik diagnostika


Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar(6–10 yoshlilar)ni pedagogik tashxislashda e’tibor berilishi lozim bo`lgan tavsifiy belgilar


Download 1.85 Mb.
bet38/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar(6–10 yoshlilar)ni pedagogik tashxislashda e’tibor berilishi lozim bo`lgan tavsifiy belgilar
1–Jadval

Yosh chegarasi

Rivojlanish–ning ijtimoiy vaziyatlari

Yosh uchun xarakterli bo`lgan Shaxsiy jihatlar

Pedagogik tashxislash metodlari va mashhur metodikalar

O`quvchilar xulqida korreksiya talab etuvchi nuqsonlar

Kichik maktab yoshi davri:
6–10 yoshlilar
1–4 sinflarning o`quvchilari.

6–7 yosh


8–9 yosh

9–10yosh


9–10 yosh
4–sinf
9–10yosh


1–sinf.
Ongli xatti–harakat ehtiyoj–larining mavjudligi;

Yaratilgan obrazlarni, tabiat va jamiyatning ob’ektiv qonunlariga suyangan holda baholash ko`nikmasi takomillashadi;


O`qituvchi Shaxsiga ishonch hissi va yuksak ehtirom. Bola o`kituvchini aql–idrok sohibi,mehribon va donishmand inson deb biladi.


2–sinf.
Idrokning xilma–xil yorqin bo`yoqlar, yaqqol tasvir va his–to`yg`uga boyligi;
O`qituvchi shaxsiga ishonch va hurmat hissi; O`qituvchi siymosida o`zining ezgu niyati, orzu–istagi, ajoyib his–to`yg`ularini ro`yobga chiqaruvchi mu’tabar Shaxsni ko`radi;
Katta vaqt o`lchovi miqdorini kichik vaqt miqdoriga, o`tgan zamonni hozirgi zamonga almashtirib yuborish hollari tez–tez uchrab turadi;
Ishonuvcha, tashqi taassurotlarga beriluvchan va boshqalar;


3–sinf.
Tafakkurning faolligi;
O`quv fanlariga ijobiy munosabat;

Jamoatchilik oldida mas’uliyatni his qila bilish;


Bilim olishning ijtimoiy ahamiyatini anglash to`yg`ularining tarkib topishi;


Bola psixik jihatdan o`sishi munosabati bilan o`kituvchi mavqeiga munosabati o`zgaradi. Ongli xatti–harakat ehtiyojining tug`ilishi;
Tarixiy ma’lumotlar, xabarlar, axborotlarni o`qish va eShitish tufayli «yil», «asr», «o` ming yillik avval», «eramizdan oldingi asr» kabi tushunchalar Shakllana boshlaydi;

Qat’iy hukmlardan taxminiy hukmlarga kucha boshlaydilar va boshqalar.


4–sinf
Jamoada faol ishtirok etishga harakat qilish;
Ijtimoiy hayotni kognitiv to`yg`ular orqali idrok etish;
Gipotetik–deduktiv tafakkurning rivojlanishi;
Murakkab axloqiy kategoriyalarni tushuna borish;
Alternativ mulohazalarni tahlil qila olish ko`nikmalari–ning paydo bo`lishi;
O`quvchilarda tushuncha va hukmlar rivojlanishi bilan birga turli narsa va hodisalar haqida yuritilgan muhokamalar asosida xulosa chiqarish va boshqalar.

1–sinf.
Kattalarning xatti–harakatini taqlid qilish;
Xatti–harakatida o`yin va mehnat faoliyati bilan bevosita bog`liqlik.
Narsa va hodisalarning tashqi sifat va xususiyati belgilarini guruhlarga ajratish va tasniflashga, narsa va hodisalarning xossalari, qonuniyatlarini umumlashtirishga harakat qiladi.
Har qanday ob’ekt, sub’ekt va voqelikdagi yangilikni yaqqol idrok qilishga intilish;
Atrof–muhitning sirli tomonlari, jozibalariga qiziqish;
Bilimlar ko`lamining kengayishi;
Turli savollarga shaxsan o`zi javob topishga harakat qilish hissining paydo bo`lishi;
1–sinf o`quvchilariga nisbatan mantiqli va mazmunli fikr yuritadilar; «Yaxshi» va «yomon» kategoriyalari–ni tushunadilar;
Mustaqil harakat qilishga intilish hissi paydo bo`ladi va boshqalar.
O`z o`quv faoliyatining ta’siri, talabi, imkoniyat va shart–sharoitlari orqali ijodiy xayolning tarkib topishi;

Xatti–harakatlarida, fikr–mulohazalaridamustaqillikka intilish;


Hodisalarni tanqidiy baholash ko`nikmasining paydo bo`lishi;


Uyushqoqlik bilan ishlash hissining paydo bo`lishi, o`z diqqatini boshqarish ko`nikmalarining vujudga kelishi;


O`z tenqurlari yoki kattalar oldida o`zini uddaburon qilib ko`rsatish istagining paydo bo`lishi va boshqalar.


Intellektning rivojlanishi;


Umumlashtirishda moddiy dunyodagi voqelikning eng muhim munosabat va bog`lanishlarini aks ettiruvchi ichki belgilarga tayanish; Xarakter kuchini ko`rsatishga bo`lgan intilishlar;


Murakkab axloqiy kategoriyalarni tushunish;


Diqqat, xotiraning intensivla–Shuvi;


Tenqurlari va katta yoshlilar oldida o`zini mustaqqil ko`rsatishga intilish; O`z idealiga taqlid qilish;
Yumorning paydo bo`lishi;

Kuzatish
So`rovnoma
Qiyoslash
Tajriba
J. Piaje. »Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning axloqiy sifatlarini o`rganish»
L. V. Venger, V.V. Xolmovskaya.
«6–7 yoshli maktab o`quvchilarining aqliy rivojlanish darajasini aniqlash»
O. Hasanboyeva, M. Turopova, J. Hasanboyevlar–ning «Ma’naviy–ma’rifiy tarbiya ishlarini tashkillashti–rish» metodikasi

Kuzatish
So`rov


Qiyoslash
Tajriba
O. Hasanboyeva–ning «Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning
axloqiy fazilatlarini shakllantirish» metodikasi
E.F. Zambitsyavichene.
«Kichik maktab yoshidagilarning intellektual darajasini aniqlash»

Kuzatish
QiyoslaSh


So`rovnoma
Tajriba

A.Karsten,


V. I. Kalinin,
Ya.Z. Neverovich–larning «O`quvchilarning irodaviy hislatlarini baholash metodikasi»
D.B. Elkonin–ning «Harakatli o`yinlarda kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning faolligi» metodikasi

Kuzatish
So`rovnoma QiyoslaSh


Tajriba

SH.N. CHxartShvi–li,


D.B. Elko–ninlarning «Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning irodaviy faolligi metodikasi»

Axloqiy kategoriyalarni to`liq anglay olmasligi;
Idrokning salbiy xususiyati–ob’ektlarni bir–biridan farqlashdagi zaiflik; tartibli, maqsadga muvofiq tahlil qilish faoliyati zaifligi, injiqlik, hayotiy voqelik bilan fantaziyaning aralashib ketishi, natijada maqtanchoqlik, yolg`onchilik, chaqimchilik, toqatsizlik, o`jarlikning paydo bo`lishi;
Muhim belgilar miqdorini to`liq anglay olmasliklari;

Tevarak–atrofdagi salbiy xatti–harakatlarga taqlid qilish;


Axloqiy kategoriyalarni aniq anglay olmasligi;


O`rganiladigan o`quv materialini noaniq tasavvur etishlari;
Yolg`onchilik, tartib–intizomga bo`ysunmaslik, fantaziyaga berilish hislatlarining paydo bo`lishi;

Axloqiylik saviyasining barqarormas–ligi va boshqalar.


Axloqiy kategoriyalarni to`liq anglay olmasligi;


Xayolparastlik–ka berilish;
O`z tenqurlari oldida kibru–havoi qiliqlar qilish;
JanjalkaSh–lik, surbetlik, manmanlik, yolg`onchilik, o`g`rilik, deviant va deikvent xulqning paydo bo`lishi ;

Salbiy siymolarga taqlid qilish;


YOlg`onchilik, subutsizlik, o`z so`zida tura olmaslik, tartibsizlik, passivlik, ijtimoiy ustanovkalarni mensimaslik kabi hislatlarning paydo bo`lishi.
Irodasizlik
Intizomsizlik, odobsizlik, manmanlik, subutsizlik, o`z so`zida tura olmaslik, yolg`onchilik , chaqimchilik, toqatsizlik kabi hislatlar;

Betga choparlik, salbiy xislatlarga taqlid qilish;


Deikvent va deviant xulqning paydo bo`lishi;


Mayda bezorilik, o`g`irlik, jamoat joylarida tartibni buzish va boshqalar.





Jadvaldan ko`rinib turibdiki, boshlang`ich sinf o`quvchilari ishonuvchan, tashqi taassurotlarga beriluvchan bo`ladilar. Mazkur yoshdagi bolalar o`z idroklarining sofligi, o`tkirligi bilan boshqa yosh davridagi insonlardan farqlanadilar, ammo ularda tartibli, maqsadga muvofiq serqirra tahlil qilish faoliyati zaifligi uchun ta’limiy–tarbiyaviy jarayonda ko`pincha xatolarga yo`l qo`yadilar.


Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o`qituvchi shaxsiga ishonch hissi va yuksak ehtiromdir. O`qituvchining gapi ular uchun qonun sifatida qabul qilinadi. Ular o`qituvchi siymosida o`zining ezgu niyati, orzu–istagi, ajoyib his–tuyg`ularini ro`yobga chiqaruvchi mo’tabar shaxsni ko`radi. Shu sababli korreksiyalash ishlarini to`g`ri tashkillashtirishni rejalshtirgan o`qituvchi o`zining obro`sidan oqilona, odilona va omilkorona foydalanib, o`quvchilarda uyushqoqlik, mehnatsevarlik, o`qishga ijobiy munosabat, o`quvchi diqqatini boshqarish, xulqini idora etish, o`zini tuta bilish, qiyinchiliklklarga sabr–toqat qilish va ularni yengish kabi xislatlarni shakllantirishi lozim. Buning uchun mumtoz metodlar bilan bir qatorda zamonaviy metodikalardan ham foydalanish zarur.
Ma’lumki, o`smirlik inson shaxsining kamol topishida alohida o`rin egallaydi. U (11–14– yoshlilar) inson kamolotining muhim bosqichi hisoblanadi. O`smirlik davrida g`oyat katta ahamiyatga ega bo`lgan psixologik o`zgarishlar sodir bo`ladi, bolaning muayyan ijtimoiy turmush sharoitida keyingi kamol topishi uchun zarur ta’lim–tarbiya ta’sirida barqaror, mustahkam iz qoldiruvchi ijobiy hislatlar namoyon bo`ladi. Tadrijiy ravishda izchil vujudga kelayotgan psixik o`zgarishlar, Shakllanayotgan fazilatlar va shaxsning o`sishi, avvvalo, mazkur yoshdagi o`g`il–qizlar faoliyatlarining (o`qish, mehnat, o`yin va boshqalar) xususiyatiga bevosita bog`liqdir. O`smirning boshqa yosh davrlaridan farqlanadigan o`ziga xos xususiyatlari mavjud bo`lib, ular his–to`yg`u va irodaviy sifatlarda o`z ifodasini topadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling