Menejmentning umumiy funktsiyalari deyilganda korxona ko’lamida maxsus
funktsiyalardan birini bajaruvchi alohida bo’linma faoliyati tushuniladi. Boshqaruv
xodimlari menejmentining barcha funktsiyalarini, shuningdek, korxonalarni
boshqarishning maxsus funktsiyalarini amalga oshirish uchun zarurdir. Xuddi mana
shu menejmentning maxsus funktsiyasi hisoblangan personalni boshqarish alohida
o’ziga xos xususiyatga ega.
Personalni boshqarish - alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini
ta’minlash maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy,ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir. Personalniboshqarishning asosiy funktsiyalarini o’zida aks ettiruvchi to’rt tarkibiy qismmavjuddir:
1.Personalni tanlash
2.Personalni rivojlantirish.
3.Personalni baholash.
4.Personalni rag’batlantirish.
“Personal” hozirgi vaqtda iqtisodiyot fanida umum e’tirof etilgan atama
hisoblanib, mehnat jamoasi tarkibiy qismlarini qamrab oladi. U mohiyatbo’yicha
“O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida qayd etilgan “xodim” atamasidan kelibchiqqan holda xodimlar tarkibi ma’nosini beradi”.1 Avvallari bu tushuncha “kadrlar” atamasi sifatida qo’llanib kelingan.
Personal, ishlab chiqarish personali hamda boshqaruv personali (1.1- rasm)dan
iboratdir.
Personal
Ishlab chiqarish
personali (ishchilar)
|
Boshqaruv personali
(xizmatchilar)
|
|
|
Asosiy
|
Yordamchi
|
Asosiy
|
Yordamchi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |