Referat Bajardi: Allayorova Hulkaroy Personal boshqarish fanining mazmuni va mohiyati Reja


- boshqaruvning funktsiyali mutaxassislari


Download 157.12 Kb.
bet4/8
Sana29.12.2022
Hajmi157.12 Kb.
#1071735
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
personal1

- boshqaruvning funktsiyali mutaxassislari. Ularning mehnat mahsuli
boshqaruv axborotlari hisoblanadi. Bu toifa mutaxassislar guruhiga referentlar,
iqtisodchilar va hokazolar kiradi;
- mutaxassis-muhandislar. Ular mehnati mahsuli texnika va ishlab chiqarish
texnologiyasiga oid konstruktorlik-texnologik yoki loyiha axborotlaridir. Bular -
muhandislar, texnologlar, konstruktorlar, loyihachilar va hokazolardir;
- xizmatchi-texnik mutaxassislar (komp’yuter operatorlari, omborchilar,
maishiy sohalar xizmatchilari va hokazolar) asosan xizmat ko’rsatish bilan
banddirlar.
Ayni paytda shuni ta’kidlash kerakki, personalni boshqaruvga zamonaviy
qarashlar boshqarishga inson munosabatlari nazariyasi bilan bog’liqdir. Ushbu nuqtai
nazarga muvofiq personalni boshqarish quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
1. Inson - korporativ madaniyat asosi. Yuqori samara bilanfaoliyat
ko’rsatayotgan korxonalarda asosiy e’tibor personalga qaratiladi. Insonlar
o’zgarishlar markaziga qo’yilsa, ular ushbu o’zgarishlarni harakatga keltiruvchi
kuchga aylanadilar.
2. Menejment - hamma uchun. Boshqaruv uch: oliy, o’rta (“komanda”) va
quyi (“xodimlar”) bo’g’inlarning hammasida amalga oshirilishi kerak.
3.Samaradorlik - korxona muvaffaqiyatining mezoni sifatida. Bu korxona
maqsadiga resurslardan oqilona foydalanish hisobiga erishish va iloji boricha ko’proq
foyda olishni anglatadi. 4. O’zaro munosabatlar - korxona muvaffaqiyatining mezoni sifatida.
Hissiyotlar dunyosi” (psixologik munosabatlar, o’zaro aloqalar, qadriyatlar,
qiziqishlar)dan yuzaga chiqayotgan muammolar “faktlar dunyosi” (texnika,
texnologiya, korxona)dan paydo bo’layotgan muammolarga nisbatan ustuvor bo’lishi
kerak. Bu tamoyilga ko’ra, shuningdek “Eng asosiysi – mijoz”, “eng asosiysi -
mansab darajasi (ierarxiya)”dan ustunrokdir.

Download 157.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling