Referat Bajardi: Allayorova Hulkaroy Personal boshqarish fanining mazmuni va mohiyati Reja


Download 157.12 Kb.
bet7/8
Sana29.12.2022
Hajmi157.12 Kb.
#1071735
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
personal1

2.Taktik daraja. Bu personal bilan ishlash personal umumiy menejmentiga
taalluqli ekanligini anglatadi.
3.Strategik daraja. U personalni boshqarishni ishlab chiqarish menejmenti bilan
uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. Strategik daraja raqobat kurashiga tayyorlikni oshirish,korxona ishlab chiqarish strategiyasini qo’llab-quvvatlash, ishchi kuchi tashqi bozorini prognoz qilish maqsadlariga yo’naltirilgan bo’ladi.
Personalni boshqarish asosiy tushunchalari va ularning mohiyati quyidagilardan
iboratdir:
Kadrlar siyosati - personal bilan ishlash tamoyillari, maq-sadlari va
strategiyasi. Korxonada xodimlar bilan ishlash bo’yicha barcha tadbirlar shu maqsadga yo’naltiriladi.
Personal - korxona xodimlari: rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar, xizmat
ko’rsatuvchi kichik personal.
Personalga ega bo’lish - korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog’liq
barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o’z vazifalarini bajarishga
kirishishlariga tayyorlash.
Personalni rejalashtirish - personal bilan ish olib borish barcha yo’nalishlarini
belgilab olish.
Personalni rivojlantirish - personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash
va bu ehtiyojlarni qondirib borish, bosh-qaruv uslublarini muttasil takomillashtirib
borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish. Personalni bo’shatish - shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan
bo’shatish bilan bog’liq barcha tadbirlar.
Personalni baholash - korxona yoki uning bo’linmasi ishlab chiqarish
pirovard yoki oraliq natijalariga alohida xodimlarning hissalarini aniqlash.
Personal ish sifatini baholash - xodimlarning egallab turgan xizmat vazifalariga
loyiqlik darajasini aniklash.
Personalga rahbarlik - personalni bevosita rahbarlar - bo’lim rahbarlari
tomonidan boshqarish.

Download 157.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling