Referat Bajardi: Allayorova Hulkaroy Personal boshqarish fanining mazmuni va mohiyati Reja
Download 157.12 Kb.
|
personal1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv personali
1.1-rasm. Personal turlari
Ishlab chiqarish personali (ishchilar) - odatda moddiy ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlardan iboratdir. Ular mahsulot ishlab chiqarishni, uni sotishni, unga servis xizmati ko’rsatishni amalga oshiradilar. Ishlab chiqarish personali, o’z navbatida, ikki toifaga bo’linadi:asosiy personal - asosan ishlab chiqarish, mahsulotni yig’ish bilan bandishchilar;yordamchi personal - asosan korxonaning xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalarida band ishchilar. Ishlab chiqarish personalining mehnat mahsuli tovar (binolar, mashinalar, kiyimkechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolar) sifatida namoyon bo’ladi. Boshqaruv personali (xizmatchilar) - odatda ko’proq aqliy mehnat bilan band bo’lib, ishlab chiqarishda boshqaruvni amalga oshiradilar. Ular mehnat faoliyatining asosiy mahsuli boshqaruv qarorlarini tayyorlash maqsadida tegishli hujjatlar, ma’lumotlar to’plash, ularni umumlashtirish, tahlil etish, qarorlar loyihalarini tayyorlash hamda rahbar tomonidan bu qaror qabul qilingandan so’ng uning ijrosini amalga oshirish va nazorat qilishdir.Boshqaruv personali ham ikki asosiy toifaga bo’linadi: rahbarlar vamutaxassislar. Rahbarlarning mutaxassislardan asosiy farqi shundan iboratki, rahbarlarqaror qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar va ular o’zlariga bo’ysunuvchi xodimlarga ega. Boshqaruv ko’lamiga muvofiq boshqaruv barcha funktsiyalari uchun mas’ul liniya rahbarlari (ular mazkur korxona uchun asosiy hisoblangan faoliyat bilan shug’ullanuvchi bo’linma rahbari hisoblanadilar) hamda boshqaruv muayyan funktsiyalarini amalga oshiradigan funktsiyali rahbarlar bir-biridan farqlanadi. Bundan tashqari, korxona boshqaruvi yuqori bo’g’in rahbarlari (direktorlar va ularning o’rinbosarlari), o’rta bo’g’in rahbarlari (sex va bo’linmalar rahbarlari) va quyi bo’g’in rahbarlari (uchastka va brigada boshliqlari, ustalar) mavjuddir. Korxona mutaxassislarini ular mehnati natijalariga muvofiq uch asosiy guruhga ajratish mumkin: Download 157.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling