Referat Bajardi: Allayorova Hulkaroy Personal boshqarish fanining mazmuni va mohiyati Reja


Personalni boshqarish fanining predmeti


Download 157.12 Kb.
bet6/8
Sana29.12.2022
Hajmi157.12 Kb.
#1071735
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
personal1

Personalni boshqarish fanining predmeti - korxona va tashkilotlarning
samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash va ishlovchilarning ehtiyojlarini qondirish
maqsadida xodimlarga kerakli ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan bilimlar
tizimidir.
Ushbu kursni o’rgatishdan maqsad talabalarga xodimlarni boshqarish ilminiamaliyotga qo’llay biladigan darajada ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. U
talabalarda ishlab chiqarishdan ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi
xodimlarni boshqarish bo’yicha nazariy va amaliy professional bilimlarni
shakllantirishga yo’naltirilgan. Personalni boshqarish fanining mazmuni korxona
xodimlarini boshqarish usullari va tamoyillarini; bu borada nazariy va amaliy
masalalar tizimini; tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonlaridan
iborat.
Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda ham alohida
menejerlar, ham umuman boshqaruv butun apparatining faoliyat turlari, eng avvalo
boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi.
Korxona mehnat bozorida ishchi kuchi qidiradi, ammo ishlab chiqarishda aniq
insonlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Shu sababli personalni boshqaruv
funkdiyasining ikki sohasi mavjuddir:
1.Insonlarga rahbarlik qilish (etakchilik).
2.Tahliliy ish. Bu hisob-kitob va tahliliy ishlar (personalga bo’lgan ehtiyojni
hisoblash, uning qiymatini aniqlash va tahlil etish, shtatlar jadvalini tuzish),
shuningdek, personalga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Personalni boshqarish vazifalar ko’lami va ular ijrosi muddatiga muvofiq
quyidagi uch darajada amalga oshiriladi:
1.Tezkor daraja. U bevosita personal mehnat faoliyati va personalni
boshqarishning tegishli ta’sir ko’rsatuvchi sohasiniqa,mrab oladi. Ya’ni bu darajada
personalni boshqarishning barcha funktsiyalari - xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni
tahlil etishdan ular uchun sarf-xarajatlar qiymatini aniqlashgacha bo’lgan funktsiyalar
hamda personalga rahbarlik amalga oshiriladi.

Download 157.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling