Referat Mavzu: Mehnat psixologiyasining metodlari va ularning mohiyati Tuzuvchi: ps-401 guruh talabasi Mamatova Sarvinoz


So'rov (anketa, suhbat) metodlari


Download 33.68 Kb.
bet4/9
Sana29.03.2023
Hajmi33.68 Kb.
#1308724
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamatova (Axmadova) Sarvinoz referat-1

So'rov (anketa, suhbat) metodlari
So'rov metodi. Odamlami so'roq qilish, u yoki bu bilmagan yoki qiziqtirgan narsalarni so'rab oʻrganish insonga xos xislat. Ko'cha-kuyda ketayotganimizda ham vaqtni yoki ko'chalar nomini so'rovchilar boʻladi. Masalan, ommaviy sport musobaqalari ara- fasida, ya'ni Futbol bo'yicha jahon chempionatining guruh (saralash) bosqichi va bevosita chempionat arafasida terma jamoalar imkoniyatlarini bilish uchun ham oddiy odatiy so'roqlar o'tkazilishi rasm boʻlgan. Lekin bu hayotiy usul psixologiyada ham fikr- o'ylarni o'rganish orqali qimmatli ilmiy ma'lumotlar to'plash vositasi sifatida qadrlanadi. Shuning uchun so'roq metodlari psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma'lumotlar to'plashning an'anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qoʻyilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo'ladi.
So'rov metodlari mehnat psixologiyasida juda keng tarqalgan usullardan. Bu bevosita yoki bavosita yo'l bilan og'zaki yoki yozma tarzda ma'lumotlar olish usulidir. Uning natijasida odamlarning u yoki bu ijtimoiy hodisa, qonuniyat yoki shaxs toʻgʻrisidagi fikrlari, baholari, ustanovkalari, ongga o'rnashib qolgan fikrlari - stereotiplari aniqlanadi. So'rovning ikkita asosiy turi mavjud:

  1. intervyu

  2. anketa.

Biz, odatda, jurnalistlar tomonidan so'roqqa tutilgan odamlar savol-javoblarini ko'rishga o'rganib qolganmiz. Bu oddiy intervyu boʻlib, ijtimoiy hayotning u yoki bu (siyosiy) hodisasiga nisbatan ijtimoiy fikr oʻrganilgandagina ishlatiladi. Lekin psixologik intervyu biroz murakkabroq jarayon. Chunki bunda bevosita muloqot jarayonida insonlarning yuraklaridagi yashirin fikrlari, hodisalarga subyektiv munosabatlari, o'tmish xotiralar va ularning talqini orqali juda muhim hayotiy faktlar aniqlanadi. Jurnalistdan farqli, psixolog intervyu jarayonini erkinroq olib borishga, maksimal tarzda shaxsiy fikrni ajratib olishga intiladi. Shu bois, oldindan aynan qanday javoblar olishini bilmaydi. Psixolog ana shunday intervyuni guruh sharoitida ham o'tkazishi mumkin. Bunda muloqot munozara diskussiya shaklida oʻtkazilib, diagnost fikrlarni umumlashtirib, oxirida oʻziga zarur maʼlumotni toʻplab oladi. Lekin bu jarayon oson emas. Misol uchun O'zbekiston(24)TVdagi "Xalqaro Press Klub", "Munosabat" kabi ko'rsatuvlar guruh sharoitidagi so'rovga misol bo'la oladi.
Bundan tashqari, ommaviy intervyu tushunchasi ham bor. Bu ijtimoiy fikrni, kayfiyat, tanglik kabi hodisalarni oʻrganishda ishlatiladi. Bunda omma fikrini oʻrganish uchun ma'lum "chizma" boʻyicha oldindan javob variantlari nazarda tutilib anonim so'rov o'tkaziladi. Ommaviy intervyu maksimal tarzda formallashtirilgan va standartlashtirilgan jarayondir. Bunday intervyuni telefon orqali ham amalga oshirish mumkin.
Yozma so'rov usuli ma'lumki, anketa deyiladi. Anketa metodi hammaga tanish bo'lgan usullardan biri. Lekin koʻpincha anketani o'tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingach ma'lumotlarni qayta ishlash, ularni toʻgʻri sharhlash naqadar qiyin ekanligini tasavvur qilmaydi. Kiritilgan savollar mazmuniga ko'ra
anketa ochiq va yopiq turlarga boʻlinadi. Ochiq anketa respondentdan o'z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan boʻlib, tekshiriluvchi o'ziga ma'qul boʻlgan, o'zining qarashlari, fikrlari bilan mos kelgan javobni belgilab beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo'yilgan vazifaga yetarli darajada - mas'uliyat bilan qaramasliklari hamda berilgan javoblarni statistik jihatdan ishlov berishdagi qiyinchiliklar boʻlsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan o'z fikriga ergashtirishga o'xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo'lmaslikdir.
Shuning uchun oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketalar tuzilmoqdaki, ularda javob varinatlaridan tashqari, yana fikr bildirish uchun qoʻshimcha qatorlar qoldiriladi.
Odatda anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo'linadi:

Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling