Referat Mavzu: Mehnat psixologiyasining metodlari va ularning mohiyati Tuzuvchi: ps-401 guruh talabasi Mamatova Sarvinoz


Download 33.68 Kb.
bet8/9
Sana29.03.2023
Hajmi33.68 Kb.
#1308724
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamatova (Axmadova) Sarvinoz referat-1

Professiografiya metodi
Mehnat faoliyati psi- xologik xususiyatlarini tah- lili olingan sifat va miqdor koʻrsatkichlarining har tomonlama o'rganish hamda tizimlash- tirishga asoslanadi. Professiografiya deb, mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, tashkilot) bilan o'zaro munosabati va bog'liqligini oʻrganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metodga aytiladi. Faoliyatni oʻrganish nati- jasida professiogramma, ya'ni kasbning turli obyektiv tavsifno- malarining tasnifi va psixogramma, ya'ni faoliyatning psixologik tavsifnomalarining tasnifi tuziladi.
Professiogramma ushbu tamoyillarga ko'ra tuziladi:

  • ma'lum faoliyatning aniq, oʻziga xos tasnifi;

  • kompleks oʻrganilganlik;

  • oʻrganish dinamikasi (rivojlanish sharti bilan, faoliyat

  • sistemalilik (faoliyatning alohida tavsifnomalarini o'zaro bog'liqligi va o'zaro ta'siri);

  • qabulning o'xshashligi (kasblarni aniq taqqoslash miqdoriy va sifatiy metodlarni qoʻllash.

Professiogramma ushbu tavsifnomalardan tashkil topadi:

  • kasbga oid umumiy ma'lumotlar (tarkib, tayinlash, xodimlarning majburiyatlari, mehnat samaradorligi ko'rsatkichlari);

  • faoliyat mazmuni (asosiy vazifalar tahlili, ma'lumotlar oqimining oʻziga xosligi, xatolar tahlili);

  • faoliyat vositalari (ma'lumotlarni ko'rsatish. Ularni joylashtirish, obzor);

  • mehnat sharoitlari (sanitar-gigiyenik, ijtimoiy-psixologik,

estetik);

  • faoliyatni tashkillashtirish (ish yuklamasining ko'rinishi va hajmi, ish va dam olish rejimi);

  • faoliyat subyekti (funksional holatlar, kommunikativ sifatlar, vazifalarga taalluqlilik).

Faoliyat psixogrammasi mehnat egasining kognitiv, emotsional-irodaviy, motivatsion, individual-psixologik va boshqa kasbiy muhim bo'lgan sifatlarga qo'yiladigan talablar hamda tavsifnomalaridan iborat boʻlishi kerak.
Demak, professiografiya deganda kasblar va ularning bir- biridan farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo'yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi.
Kasb-kor (hunar) oldiga qo'yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, umumiy hamda xususiy jabhalarni oʻzida aks ettiradi.

  1. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi.

  2. Kasb-korning (hunaming) mamlakat iqtisodiyoti uchun

  3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi.

  4. Kasbning ijti- moiy-psixologik ahamiyati va tavsifi: yoshlarda uning ijtimoiy mavqe (nufuzi), jamoaning oʻziga xos xususiyatlari, vertikal va go- rizontal bo'yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari.

  5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko'nikmalar koʻlamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi).

  6. Pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, chora-tadbirlarning umumiy tavsifi.

  7. Mehnat sharoitining gigiyenik tavsifnomasi.

  8. Kasb boʻyicha mehnat qilishga tibbiy jihatdan ta'qiqlanuvchi omillar izchilligi.

  9. Kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlik

  10. O'zini o'zi faollashtirish va identifikatsiyalash.

Kasbning inson oldiga qo'yadigan talablari majmuasi psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy va pedagogik jabhalarni qamrab oladi. Kasb va ixtisos asoslarini egallovchi yoshlar shu fanlarning barcha talablariga moslashishi orqali mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradi.
Kasb tanlashga yo'naltirish davlatning chora-tadbirlari tizimidan iborat bo'lib inson tomonidan tanlanadi, o'z hayot yoʻlining ilmiy asoslanganligini ta'minlashga xizmat qiladi, u turmushda o'z o'mini aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi;

  • maktabda kasbiy ma'lumotlar berish;

  • kasb-hunar ta'limi bilan shug'ullanish: radio, televideniya, kino, matbuotda tashviqot qilish;

  • kasb yuzasidan maslahatlar;

  • kasbga saralash (qobiliyatiga binoan);

  • kasbga moslashish (adaptatsiyalash).

Mazkur sohada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan sxema ishlab chiqqan boʻlib, u "Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagi" deb nomlanib o'zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yoʻllashda, reorientatsiyalashda undan unumli foydalanish mumkin.
Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagining muhim bir tomoni - bu har xil kasb-hunar egasiga nisbatan qoʻyiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyat (viloyat, shahar, tuman)ning mehnat imkoniyatiga ehtiyoji boʻyicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir o'ziga xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo'naltiruvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari bo'yicha bilimlar umumlashtirilgan boʻlib kasbga tanlashga oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagi shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi, o'zini o'zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni oʻzida mujassamlashtiradi.

Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling