Referat Mavzu: Mehnat psixologiyasining metodlari va ularning mohiyati Tuzuvchi: ps-401 guruh talabasi Mamatova Sarvinoz


Download 33.68 Kb.
bet2/9
Sana29.03.2023
Hajmi33.68 Kb.
#1308724
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamatova (Axmadova) Sarvinoz referat-1

Hujjatlar analizi – ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning barcha bosqichlarida ijtimoiy-psixologik muammolarning barcha turlarini tadqiq qilishda qoʻllaniladi. Uning yordamida axborot nisbatan qisqa vaqt ichida to'planadi. Shuningdek, kuzatish va so'rovlarga qaraganda, hujjatlar oʻzining yuqori asoslanganligi, ishonarliligi, aniqligi, umumiyligi bilan farqlanadi, nihoyatda kerakli ma'lumotlar ham ko'pincha hujjatlar analizi orqali olinadi. Masalan, davlat organlari hujjatlari, aholi sonini qayd qilish va h.k.
Verbal hujjatlar analizi – yozma shakldagi hujjatlardan ma'lumot to'plashga xizmat qiladigan metod, uning koʻpgina usullari an'anaviylik, mumtoz, miqdoriylik bilan uyg'unlashib ketadi. Verbal hujjatlar analizining an'anaviy metodiga quyidagilar kiradi;
Tarixiy metod - bunda hujjatning ishonarlilik va asoslanganlik muammosi tekshiriladi. Jumladan, hujjat muallifi ismi-sharifi, vaqti, joyi, uni keltirib chiqargan sabablari, xatoliklari aniqlanadi. Hujjatning ishonarligini aniqlashda uning muallifini topish muhim ahamiyat kasb etadi. Hujjatning asoslanganligi hujjat mazmunini mushohada etish, uning sinfiy va siyosiy yo'nalishlarini topishga borib taqaladi.
Adabiy metod- muallifning oʻziga xos matn yozishdagi mantiqiylik, orfografik bilimdonlik va u foydalanadigan so'zlar lug'ati tekshiriladi.
Psixologik metod - hujjatdagi voqelikni yoritishdagi mualliflik mahoratini va uning ijtimoiy jabha bilan uzviyligi aniqlanadi.
Ijtimoiy-psixologik metod- hujjatni ijtimoiy sohadagi ahamiyatini o'rganadi.
Lingvistik metod - matnning tarkibini o’rganadi.
Maqsadiga ko'ra hujjatlar shaxsiy va noshaxsiy yo’nalishlarga bo’linishi qayd qilinadi. Shaxsiy hujjatlarga alohida yuritiluvchi hisobda turgan kartochkalar (masalan; imzolangan anketa va blankalar), xat, kundalik kirim, noshaxsiy hajjatlarga statistik yoki voqeaviy arxiv ma'lumotlari kiradi.
Mavqega qarab hujjat manbalarini rasmiy va norasmiy hujjatlarga bo’lamiz. Rasmiy hujjat manbalariga davlat materiallari, qonunlari, rasmiy majlislar, devoriy gazetalar, arxivlar, turli kor- xona va muassasalarning joriy hujjatlari, sud organlarining qarorlari, moliya ma'lumotlari va boshqa shunga o'xshash hujjatlar kiradi.
Norasmiy hujjatlarga esa yuqorida aytib o'tilgan ko’pgina shaxsiy materiallar, shuningdek, alohida fuqarolar tomonidan tuzilgan noshaxsiy hujjatlar (masalan, statistik ma'lumotlar) kiradi.
Hujjatlarning asosiy guruhiga esa ommaviy axborot vositalarining materiallari; gazeta, jurnal, radio, televideniya, kino videolavhalari kiradi. Shuningdek, ma'lumotlarning kelib chiqishiga qarab hujjatlar birlamchi va ikkilamchi guruhlarga ajratiladi.
Birlamchi hujjatlar to'g'ridan-to'g'ri kuzatish yoki so'rov, bevosita hodisani ko'rib belgilab qo'yish asosida tuziladi. Ikkilamchi hujjatlar esa qayta tahlil, birlamchi manbalarni qaytadan o’rganish asosida tuziladi. Shu bilan bir qatorda, hujjatlarning asl mohiyatiga qarab guruhlanadi. Masalan, adabiy ma’lumotlar, tarixiy va ilmiy arxivlar, ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar arxivlariga bo'linadi.

Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling