Referat Mavzu: Mehnat psixologiyasining metodlari va ularning mohiyati Tuzuvchi: ps-401 guruh talabasi Mamatova Sarvinoz


Hujjatli ma'lumotlarda aniqlik muammosi


Download 33.68 Kb.
bet3/9
Sana29.03.2023
Hajmi33.68 Kb.
#1308724
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamatova (Axmadova) Sarvinoz referat-1

Hujjatli ma'lumotlarda aniqlik muammosi. Hujjatning haqiqiy ekanligini, undagi ma'lumotlarning ishonchliligi bilan qo'shmaslik kerak bo'ladi. Ma'lumotning ishonchliligi birinchi navbatda hujjatning manbaiga bog’liq bo’ladi. Turli manbalar berilayotgan ma'lumotlar ishonchliligida o’ziga xos tobelik darajasiga ega bo’ladi. Hamma hollarda ham birlamchi ma'lumotlar ikkinchisiga nisbatan ishonchliroqdir. Shuning uchun rasmiy, shaxsiy hujjat, shaxsning o'z qo'lidan olinganligi uchun, boshqa hujjatlar asosida tayyorlangan norasmiy, noshaxsiy hujjatga ko'ra ishonarli va asoslidir.
Hujjat bilan ishlashning birinchi "Oltin qoidasi" bu "voqea", hodisani aniq, ravshan farqlay olish va to’g’ri baholashdir. Fikr va baholar daliliy ma'lumotga nisbatan qiyoslaganda, kam ishonchli va nomustahkamdir. Fikr va baho bildirilgan hujjatlarning ko’pchili- gida vaziyatning biror bir xususiyati yozilmaydi. Biroq konkret vaziyat, berilgan fikr va bahoning ma'nosini ochishda kalit bo'lib xizmat qiladi.
Kuzatish metodi
Psixologiya fanining empirik (amaliy metodlari turkumidan muhim o'rin egallagan diagnostik xususiyatli) metodlaridan biri - kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo’lib hisoblanib, uzoq o'tmish zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo’lib, keng ko'lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning obyekti, ko'lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlari o’rganish imkoniyati tug’ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o’zgarishlar yuzaga keldi.
Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari, usullari paydo bo’ldi, xolisonalik (obyektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, o'lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning barcha sohalarida qo’llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiy imkoniyatining yuksakligi, statistik hisoblashga beriluvchanlik xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz.
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:

  • voqelik (atrof-muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga, yo'nalishlarga ajratish (nemischa-lotincha "kvantifikatsiyalash", ya'ni zarur, birincha darajali jihatlarini saralash); kuzatishning ko'lami (hajmi), xususiyati va oʻziga xosligini aniqlash, ya'ni uning nimalarga qaratilganini belgilab olish;

  • kuzatishning ko'lami (hajmi), xususiyati va oʻziga xosligini aniqlash (ularni yozma nutqda ifodalash, ya'ni fransuzcha- lotincha "fiksatsiyalash");

  • kuzatish davomida aniqlangan omillar, to'plangan maʼlumotlar, natijalarni matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari boʻyicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish.

Psixologik kuzatish olib borishdan koʻzlangan maqsad mana bulardan iborat:

  1. kuzatiluvchi vaziyat, holat va obyektni maqsadga muvofiq tanlash, uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;


  2. kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, sxematik ifodalanishni yaratish, yigʻilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish.

Kuzatishning obyekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega:

  1. kuzatishning obyekti - inson, guruh, jamoa shaxslararo munosabatlar, emotsional-hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shaxsning faoliyati ijodiyoti, muomalasi kabilarni oʻrganishdan iboratdir.

  2. kuzatishning predmeti insonning xilma-xil holati, jarayoni, harakatining kuchi, jadalligi uzluksizligi, dinamikasi, oʻziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala kabilami eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir.

  3. amaliy va gnostik holatlar, nutq aktlari: ma'nosi, mazmuni, mohiyati, yoʻnalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va boshqalar;

  4. noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomima va vokal mimikasi (musiqa ma'nosini tana a'zolari orqali ifodalash);

  5. vegetativ reaksiyalarning ko'rinishi: rangni qizarishi, oqarishi, terlash, nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi.

Kuzatishning bosqichma-bosqichliligi, tadrijiyligi (iyerar- xiyasi) tarkiblari quyidagilardan tashkil topadi:

  • kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy talablarga rioya qilish, yaxlit qayd qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalarning tahlili, talqini va g'oyalarni ilgari surish.

Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda to'plangan maʼlumotlarni alomat, belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anagramma) va turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish.
Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:

  • izchil;

  • epizodli;

  • dala sharoitli;

  • laboratoriyaviy-sun'iy;

  • tabiiy;

  • xronologiyali;

  • davriy;

  • bir martali kabilar.

Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo'llash maqsadga muvofiq:

  • F.Gilbertning "Ish kuni fotografiyasi” metodikasi (rasmlarda ifodalangan ishchining harakatini kuzatish, ko'zdan kechirish orqali ularni tahlil qilish (sa'y-harakatlar boʻyicha tizim vujudga keltirish, ulardagi oʻzgarishlarga binoan muayyan ketma- ketlikda joylashtirish);

  • A.K.Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan smenada va smenadan keyin tekshiruv o'tkazish);

  • talabalarda dars boshida, oʻrtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda: yordamchi yumush bilan shugʻullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar.

Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo'lib, vazifalariga qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: aralashib yashirin kuzatish, kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish (o'smirlarda yuqori natijalar beradi), hulq-atvor portretini tahlil qilish va hokazo.
Kuzatilgan obyektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir: kundaliklar, foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir tomonidan asosli ifodalanishi, ta'kidlovchi, ta'birlovchi, umumlashtiruvchi xususiyatlari majmuasi.
Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma'lumotlar miqdor va sifat jihatidan tahlil qilinadi, tajriba yakunlari boʻyicha g'oyalar, umumlashmalar, xossalar, qonuniyatlar, mexanizmlar, holatlarning ilmiy psixologik talqini amalga oshiriladi.
Kuzatish yakunida to'plangan ma'lumotlar ilmiy hisobot sifatida muayyan qoidalarga asoslangan holda quyidagi tartibda joylashtiriladi: kirish, metodikalarning tasnifi, natijalarning bosqichma-bosqich tahlili, ularning muhokamasi, izlanishlarning xotimasi va xulosalari, amaliy xususiyatga ega boʻlgan tavsiyalar, koʻrsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxati va nihoyat ilovalar (har bir qism oʻziga xos yakunlangan, tugallangan ma'no anglatishi lozim).
Kuzatish metodi yordami bilan hatto nizoli (konfliktli) vaziyatlarni kuzatish ham mumkin. Nizoli vaziyatlar turli-tuman boʻlishidan qat'i nazar kuzatish jarayonida ushbu holatlarga e'tibor berish zarur: nizoning mohiyatiga kirish, nizoning kuchayishi va uning tashqi va ichki omillari, nizoni pasaytirishga qaratilgan ta'sir o'tkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo yechimining topilishi, nizoli vaziyat bartaraf qilingandan keyingi psixologik holatning tasnifi.
Kuzatish jarayonida R.Beylzaning interaksiya metodikasini (bahs, munozara jarayonida o'zaro ta'sir o'tkazish imkoniyatini aniqlash uchun) qo'llash ijobiy natijalar beradi:

  • umumiy muammo mohiyatiga guruh a'zolarini yo'naltirish;

  • guruh a'zolari tomonidan muammoni yechish yo'llarini baholash;

  • bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish;

  • umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish;

  • muammo yechimiga erishishdagi guruh a'zolarining birdamligi va hamjihatligi.

Kuzatish yakunlari bo'yicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy, etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat'iy ravishda sharhlash, yosh davrlari, jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish-psixologik bilimlarning boyishiga olib keladi. Tajribalarda, kuzatishlarda toʻplangan materiallar qiymatini oshirish uchun vujudga kelgan barcha omillarni psixologik tahlil qilish, statistik metodlardan unumli foydalanish zarur, toki bu mezonlar ma'lumotlarning ilmiylik darajasini yuksaltirishga xizmat qilsin.
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi tartibda qo'llash lozim:

  • olingan natijalarni foizlar boʻyicha hisoblab chiqish;

  • to'plangan ma'lumotlarning o'rtacha arifmetik qiymatini son qatoridagi oʻrtacha kvadrat ogʻishni hisoblash (sigma);

  • son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya);

  • omillar oʻrtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyatsion) tahlil qilish;

  • maʼlumotlar, metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash uchun Styudent mezonidan foydalanish lozim.


Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling