Referat Mavzu: Mehnat psixologiyasining metodlari va ularning mohiyati Tuzuvchi: ps-401 guruh talabasi Mamatova Sarvinoz


Kirish qismi yoki "respondentga murojaat"


Download 33.68 Kb.
bet5/9
Sana29.03.2023
Hajmi33.68 Kb.
#1308724
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamatova (Axmadova) Sarvinoz referat-1

Kirish qismi yoki "respondentga murojaat". Bu qismda odatda tadqiqot maqsadlari va ularning qanday foydasi borligi, tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan maʼlumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi (anonimlik), anketaning to'ldirish yoʻllari va boshqalar yoziladi. Yoʻriqnoma murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi bevosita tek- shiriluvchining ishga boʻlgan munosabatiga bog'liqdir.
Asosiy qism. Bunga savollar kiritiladi.
Yakuniy qism yoki "pasportichka". Bu qism respondentning shaxsiy sifatidagi obyektiv ma'lumotlarni olishga qaratilgan bo'lib, unda tekshiriluvchining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasb-kori va boshqalar so'raladi.
Bu usul ham koʻpchilik fikrini qisqa muddatlarda aniqlash zarurati tug'ilganda ishlatiladi. Anketaning pochta, pressa orqali va bevosita tarqatish turlari mavjud boʻlib, bizda oxirgi yillarda asosan bevosita tekshiruvchi bilan respondent uchrashuvini nazarda tutuvchi anketa so'rovi qoʻllaniladi. Anketaga kiritilgan savollar ochiq yoki yopiq turli boʻlishi mumkin. Ochiq anketadagi savolga javob variantlari berilmaydi, respondent nimani yozishni xohlasa, shuni yozadi. Masalan, "Sizningcha, mamlakatning 5 yildan keyingi istiqboli qanday bo'ladi’", "Siz uchun hokimiyat nima’" kabilar ochiq savollarga kiradi. Bu subyektiv fikrlarni o'rganish uchun yaxshi, lekin har doim ham odamlar o'z fikrlarini aniq va muxtasar bayon etavermaydi. Qolaversa, ochiq savollarga berilgan javoblarni tahlil qilish ham ma'lum professional tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun oxirgi yillarda ijtimoiy hayotni oʻrganishda anketaning yopiq savollardan iborat turi koʻproq ishlatilmoqda.
Yopiq anketa savollariga berilishi mumkin boʻlgan javoblar oldindan ko'rsatiladi. Masalan: "Mamlakatning istiqboli nimalarga ko'proq bog'liq’
a) mehnat resurslarining oshishiga;
b) malakali kadrlar soniga;
d) rahbarlik uslubining takomillashuviga;
e) tashqi investitsiyalarning dadil jalb etilishiga;
f) ish sharoitlarining yaxshilanishiga;
g) yangi texnologiyalar va asbob-uskunalarga;
h) yana (yozing)
Anketalarga qo'yiladigan asosiy talablardan biri - unga kiritilgan savollarning barcha uchun tushunarli bo'lishidir. Shuningdek, savollarning va ularga berilgan javoblarning maksimal tarzda qisqa boʻlishi va anketaning hajm jihatdan juda katta bo'lmasligi respondent vaqtini ko'p olmasligini kafolatlaydi. Bundan tashqari, siyosiy-psixologik fenomenlar oʻrganilayotganda, har bir savol o'z o'rnida kiritilishi, u mazmunan kishida shubha
uyg'otmasligi, samimiy javobga chorlashi lozimdir. Ba'zan anketalardagi savollar saviyasini pastligi tekshiruvchining yengiltakligini baholab, jiddiy javob ololmaslik holatlarini ham keltirib chiqaradi. Masalan, ba'zan umuman odobsiz savollar beriladi: "Musiqani yoqtirasizmi’", "Ota-onangizni sevasizmi’" kabi. Yoki ba'zida uzundan-uzun savollarning berilishi respondent oʻzidan nimani xohlashayotganliklarini his qilish darajasini pasayishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham psixologik tekshiruvlarda oʻrinli, ma'-
noli, jo'yali savollar tuzish, ularning birin-ketinligi va tartibi masalasiga katta aha- miyat berishlishi zarur.
Sotsiometrik so'rov ham anketaning bir turi hisoblanadi. U aynan guruhdagi shaxslararo munosabatlarnigina aniqlagani bois, uni ba'zan mualliflar psixologik testlar qatoriga ham kiritishadi. Nima bo'lganda ham bu usul yordamida guruhiy hodisalar, unda har bir a'zoning tutgan oʻrni, yetakchilikning taqsimoti va jamoadagi ma'naviy muhit o'rganiladi. Hozirda sotsiometrik so'rovning yuzlab
modifikatsiyalari mavjud boʻlib, dastlabki ma'lumotlar olishning samarali vositasi sifatida undan koʻplab tadqiqotchilar foydala- nadilar. Qoʻlga kiritilgan ma'lumotlarga odatda, statistik qayta ish- lov beriladi yoki ular kompyuter dasturlari yordamida tahlil qilinadi.

Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling