Referat Mavzu: Mehnat psixologiyasining metodlari va ularning mohiyati Tuzuvchi: ps-401 guruh talabasi Mamatova Sarvinoz


Download 33.68 Kb.
bet6/9
Sana29.03.2023
Hajmi33.68 Kb.
#1308724
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamatova (Axmadova) Sarvinoz referat-1

Og'zaki so'roqni yoki ba'zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, oʻtkazadigan shaxs unga ma'lum darajada tayyorgarlik ko'rgach so'roq oʻtkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo'lmasa, so'rov oʻz natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so'rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador boʻlgan noyob ma'lumotlarni to'plash imkoniga ega boʻladi.
Yozma so'roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning oʻzida koʻpgina odamlar fikrini oʻrganish mumkin boʻladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o'z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so'rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan boʻlsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to'planadi.
So'roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud boʻlib, birinchisida oldindan nimalar soʻralishi qat'iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hattoki, kompyuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so'roq o'tkazilishi nazarda tutiladi. So'rovlar o'tkazilishida hal qilinishi lozim bo'lgan eng muhim masalalardan biri so'raluvchilarni tanlashdir. Chunki agar saylovoldi kompaniyalarida yoki talaba-yoshlarning o'z ijtimoiy harakatini tuzish borasidagi fikrlari oʻrganilganda, tabiiy bir muammo paydo boʻladi: necha kishini va qayerlardan so'rash lozim, degan. Tanlov obyektini tanlashda uning tarkibiga kiruvchilarning u yoki bu ijtimoiy qatlamga mansubligi muhim rol o'ynaydi. Masalan, talaba yoshlarning fikrini oʻrganish uchun barcha talabalar fikrini mutloq o'rganish shart emas. Tanlov agar 10 foiz deb belgilansa, Oʻzbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan barcha talabalar sonidan kelib chiqib, o'shaning 10 foizi o'rtasida, bir necha oliygohlarda so'roq o'tkazilishi kifoya qiladi. Barcha pensionerlarning ijtimoiy himoya borasidagi fikrlarini o'rganish kerak bo'lganda ham shu tamoyil nazarda tutiladi. Demak, tarkiban monand guruhlar ajratib olingach, tadqiqotchi o'sha guruhning tushunish darajasi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, so'roq o'tkazadi yoki intervyular uyushtiriladi.
Savolnomalarda savol berish tartibi va mazmuni ham katta ahamiyatga ega. Yoshlarga "Siz vatanparvarmisiz’" yoki jamoatchilikka "Siz tinchlik tarafdorimisiz’" kabi savollar oldindan javobi aniq bo'lgani uchun ham odatda respondentlarga havola etilmaydi. Psixologik nuqtayi nazardan o'sha vatanparvarlik belgilarining namoyon boʻlishini savollarda mujassam etish yoki dunyoda tinchlik boʻlishi uchun har bir insondan nimalar talab qilinishini oʻrganish birinchidan, turli xil fikrlarni to'plashga yordam beradi, ikkinchidan, ijtimoiy hulqning turli qirralarini aniqlashga imkon beradi. Yanada sodda qilib aytilsa, odamga "Siz aqllimisiz’" degan savolni intellektual darajani aniqlashga imkon beruvchi savollar, topshiriqlar yoki testlar bilan almashtirishni nazarda tutadi.
Ko'pincha psixologik so'rovlarda odam o'z fikrini ochiq va erkin bayon etishi uchun ismi-sharifini aytmasligi tavsiya etiladi, bu anonim so'rov deyiladi. Ba'zi bir so'rovnomalarda esa "Ismingiz" deyish oʻrniga "O'zingiz oʻylab topgan ism-sharifingiz’" deb ham qator ajratiladi. Bu ham anonim so'rov o'tkazish usuli sifatida oxirgi yillarda qoʻllanib kelinmoqda. Xulosa qilinadigan bo'lsa, shuni aytish kerakki, so'rov metodlari inson psixologiyasini oʻrganish, uning dunyoqarashi, saviyasini aniqlashning qimmatli usulidir. Lekin uni professional tarzda toʻgʻri ishlatish va natijalarni toʻgʻri tahlil qilish juda katta amaliy ahamiyatga egadir.
Inson shaxsini oʻrganishda, turli anketalar, turli xil ko'ri- nishdagi so'rovnomalar, siyosiy qadriyatlar va yo'naltirilganlikni aniqlash uchun tuzilgan alohida testlardan foydalanish mumkin. Albatta, buning uchun maxsus tayyorgarlikka ega boʻlish, aniq tadqiqot dasturi asosida izlanish olib borish talab etiladi. Bunda Rokich, Olport-Vernon va boshqalarning testlarini misol tariqasida ko'rsatib o'tishimiz mumkin. Siyosiy shaxslar va hodisalarni o'rganish uchun tuzilgan maxsus testlar ham yaratilganki, bunga Rozensveygning "Rangli frustratsiya testi" misol bo'la oladi. A.Xvostov tomonidan ishlab chiqilgan "Tafakkur mantiqiyligining siyosiy maqsadga yo'naltirilganligini" aniqlash testi mantiqiy xatolarning sifati va miqdorini aniqlab, matndan iborat bo'lgan siyosiy ma'lumotni qabul qilishning adekvatlik darajasini baholash imkonini beradi. Shu bilan birga ta'kidlash mumkinki, shaxsning siyosiy maqsadlarga yo'naltirilganda o'zini tutishi va uning psixikasini bir butun holda baholash imkonini beradigan psixodiagnostik usullar ham mavjud. Bunga T.Adornoning fikrlashning rigidlik darajasini baholash "F-shkalasi" misol bo'la oladi.

Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling