Referat Mavzu: Mehnat psixologiyasining metodlari va ularning mohiyati Tuzuvchi: ps-401 guruh talabasi Mamatova Sarvinoz


Download 33.68 Kb.
bet1/9
Sana29.03.2023
Hajmi33.68 Kb.
#1308724
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamatova (Axmadova) Sarvinoz referat-1


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limi Pedagogika va psixologiya fakulteti Amaliy psixologiya yo’nalishi
Mehnat va muhandislik psixologiyasi fanidan
Referat
Mavzu: Mehnat psixologiyasining metodlari va ularning mohiyati

Tuzuvchi: PS-401 guruh talabasi Mamatova Sarvinoz
Referat
Mavzu: Mehnat psixologiyasining metodlari va ularning mohiyati
Mehnat psixologiyasi fani quyidagi metodlarni o’z ichiga oladi

  1. Ish hujjatlarini tahlil etish metodlari

Hujjatli manbalar tahlili ijtimoiy- psixologik tadqiqot
metodlarining asosiy ko'rinishlaridan biri bo'lib, qo'lyozma, bosma matnlardagi, shuningdek magnitofon va kinolentalardagi informatsiyalarni oʻrganadi, bu albatta sotsial hayotning muhim xususiyatlarini tadqiq etishga xizmat qiladi. Hujjatlar analizining kompleks (to'laqonli qamrab olingan) xususiyati tadqiqot obyekti haqidagi jami axborotni oʻrganishni ifoda etadi. Ijtimoiy-psixologik tadqiqotni boshlash oldidan foydalanish mumkin boʻlgan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligiga iqror boʻlish lozim. Jumladan, matn mazmuniga, maqsadi, yo'nalganligiga, uni keltirib chiqaruvchi sabablari va oqibatlari, muallifini aniqlashga harakat qilinadi. Bu jarayon davomida hujjatda yoritilmagan qirralarni aks ettiruvchi qoʻshimcha hujjatlar (ikkilamchi hujjat) izlanadi. Hujjatlar analizining bir qator turlari mavjud boʻlib, ular asosan amaliy ehtiyojlarga, tadqiqotning xususiyati va maqsadi, hujjatning o'ziga xosligiga bog'liq holda turlanadi, bular:

  1. An'anaviy metodlar.

  2. Mumtoz (sifat) me- todlar.

  3. Miqdoriy metodlar.

Bular oʻziga xos maxsus xususiyatlarga ega bo'lsada, bir-birini rad etmaydi, balki to'ldirib boradi va ishonarli, asosiy axborot olishdek umumiy maqsad sari harakatlanadi.
Hujjatda aks etgan axborot an'anaviy metod yordamida oʻrganiladi, uning yordamida hujjatda ifodalangan eng chuqur mazmunni ham anglash imkoni tug'iladi, shuning uchun bu analiz turi intensiv deb baholanadi. An'anaviy analiz tashqi va ichki boʻlishi mumkin. Tashqi analiz hujjatning tarixiy tomonlarini aks ettirsa, ichki analiz hujjat mazmunini tadqiq etib, muallifning shaxsiy munosabatlar dinamikasini anglatadi. Tadqiqot o'tkazish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi
Tashqi analiz – bunda hujjatning shakli (rasmiy, norasmiy va hokazo), uning ishlab chiqilish vaqti va joyi, muallifi, maqsadi, yo'l qo'yilgan xatolar, hujjatning yoʻnaltirilganligi aniqlanadi.
Ichki analiz – bunda hujjatni ishlab chiqishga turtki boʻlgan ijtimoiy faktorlar, oʻrganilayotgan hujjatning ijtimoiy foydalilik darajasi, uni ko'rib chiqish uchun moʻljallangan amaliy tadbirlar aniqlanadi.
Miqdoriy analiz - an'anaviy analizning subyektivlik xususiyatini oldini olishga qaratilgan boʻlib, u hujjatning konkret jihatlarini tadqiq etishga yordam beradi. Bunda miqdoriy mazmun o'lchanadi va analiz natijalarini obyektivligi oshadi. Bu metodni ekstensiv deb baholaydilar. Bu metodning konkret-analiz turidan tez-tez foydalaniladi.

Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling