Referat Mavzu: Mehnat psixologiyasining metodlari va ularning mohiyati Tuzuvchi: ps-401 guruh talabasi Mamatova Sarvinoz


Download 33.68 Kb.
bet9/9
Sana29.03.2023
Hajmi33.68 Kb.
#1308724
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamatova (Axmadova) Sarvinoz referat-1

Ye.A.Klimov qarashlariga binoan professiogramma bu:

  • sensor kanallarni yuklamalash, ustuvor signallaming turlari faoliyat jarayonidagi axborotlar koʻlami va umumiy xususiyati (koʻrish, eshitish va boshqalar);

  • axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bogʻliq aqliy faoliyatning xususiyati;

  • xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi ayrim harakatlarning tavsifi;

  • ishda, mehnat faoliyatida asab - psixologik zo'riqish, tanglikning mavjudligi;

  • diqqatni boshqarish zarurati;

  • ishda muvaffaqiyatga elituvchi shaxs sifatlari, fazilatlari;

  • mehnat faoliyati tuzilishini tavsiflovchi integral psixofiziologik ko'rsatkichlar.

Bizningcha, yuqoridagi mulohazalardan tashqari profes- siogramma oldiga quyidagi talablarni qoʻyish maqsadga muvofiq.
Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi, mutaxassislik, kasb-hunar, lavozim, ishchi o'rni imkoniyati, mehnatning turdosh xususiyatlari va uning muhim tavsiflarining bayoni).

  • Ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma'lumotlar.

  • Mehnat quroli sifatida nimalar qoʻllanilishi.

  • Mehnat predmetining tarkiblari va ularning oʻziga xos jabhalari

  • Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi.

  • Nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat amalga oshirilishi.).

  • Mehnat mahsullarini baholash mezonlari.

  • Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari.

  • Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning motivirovkasi.

  • Ishni bajarilishining sharti va sharoitlari.

  • Mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari.

  • Mehnatning kooperatsiyasi (Kim’, Nima’, Kim bilan hamkorlikda’).

  • Mehnatning jadalligi (intensivligi) to'g'risida

  • Mehnat faoliyatida mas'uliyatning va xavf-xatamning qaysi daqiqalari (holatlari) uchrashi.

Mehnat uning subyektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot, ma'naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov, jamoatchilik bahosi va boshqalar).

  • Ish yoki faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga ko'ra qanday talablarga va cheklanishlarga ega ekanligi.


Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling