Referat Mavzu: Mehnat psixologiyasining metodlari va ularning mohiyati Tuzuvchi: ps-401 guruh talabasi Mamatova Sarvinoz


Download 33.68 Kb.
bet7/9
Sana29.03.2023
Hajmi33.68 Kb.
#1308724
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamatova (Axmadova) Sarvinoz referat-1

Biografik metod
Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to'g'risida og'zaki va yozma ma'lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega.
Shu bilan birga o'zgalar tomonidan toʻplangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham oʻrganilayotgan shaxsni toʻlaroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi hujjati ham bolaning tugʻilganidan, ham to boshlang'ich ma'lumot olgunicha davr oralig'ida salo- matlik darajasi qanday bo'lgan- ligi toʻgʻrisidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi.
Turmush tarixiga qiziqish XIX asr oxirida paydo boʻlishiga qaramay, bu boradagi dastlabki jiddiy yutuqlari 1920-1930 yillarga tegishli boʻlib, u Tomas va Znanetskiy (Yevropa va Amerikada polyak dehqoni, 1918 yil) nomlari bilan bog'liqdir. Ular 1910-yillarda AQShda yuz bergan ommaviy migratsiyalar jarayoni sharoitida polyak jamoatchiligi turmush tarzini tahlil qilishga e'tiborlarini qaratadilar. Xatlarda ko'rsatilgan polyak migrantlarning turmush tarixini tahlil
qilarkanlar, ularga madaniyat borasidagi nizolar, jinelar munosabati, insoniy baxtiyorlikni tushunish kabi ijtimoiy fenomenlarni ko'ra olish imkoniyati tug'iladi.
Biografik bilishdagi singari ular tomonidan ishlab chiqilgan yondashuvning falsafiy asosi uchun ijtimoiy va individual, obyektiv va subyektiv, o'zini va boshqalarni anglash dualizmining o'zaro ta'sirini taxmin qiluvchi ramziy interaksionizm yo'nalishi yuzaga keladi. O'z tadqiqotlarining amaliyotida ushbu nazariy modellarni rivojlantira turib, ular ijtimoiy hodisalarning subyektiv tomoni to'g'risida ma'lumotlar bo'lmasa, bilish mumkin emas, deb ta'kidlaydilar.
Individ taqdirlami tadqiq etish usuli hozirgacha oʻzinig yakuniy ta'rifini topmagan boʻlib, u ba'zan gumanistik, ba'zan esa biografik usul, deb nomlanadi. Ayrim hollarda sifatli usul yoki subyektiv psixologiya deb ataladi.
Tahlil uchun dastlabki aniq ma'lumotlar rivojlanish bosqichlari boʻyicha ko'rib chiqilgan individual tarjimai hollar hisoblanadi. Dastavval, bu "yopiq" ijtimoiy guruhlar, emigrantlar, milliy jihatdan ozchilikka tegishli boʻlib, aynan shu sharoitlarni oʻrganish maqsadida 1920-yillarda biografik usul yuzaga keldi (T.Tomas, F.Znanetskiy, Chikago maktabi). 1970-yillardan boshlab XXI asming oxirgi o'n yilligida ushbu usulga nisbatan qiziqishning oshishi natijasida uni oʻrganish doirasi ancha kengaydi. Hozirgi paytda ham tadqiqotchini ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni boshdan kechirgan subyektiv tajriba (urush, inqilob, inqiroz va migratsiyalar) va kishilik hayotining ma'lum davri (bolalik, kasallik va oʻlim) qiziqtirsa, bu usuldan keng miqiyosda foydalanadi. shuningdek, kishilarning tarjimai holi ma'lum ijtimoiy institut va tashkilotlarning (masalan, fandagi yangi yoʻnalishlar, partiyalar va siyosiy harakatlar) tashkil topishi va rivojlanishi dinamikasini tiklashda ham qo'l keladi.
Shunday qilib, tarjimai hollar "turmush kontsepsiyasi", kishilarning aniq hayotiy tajribasi, hayotiy davr mobaynida ijtimoiy oʻzgarishlarni oʻrganish doirasidagi ijtimoiy qiziqishlar obyekti boʻlishi mumkin. Shu bilan birga ulaming ijtimoiy muammolarni o'rganishda ijtimoiy-psixologik tahlil quroli sifatida ham qo'llanilishi mumkin.
Fanda ushbu usulning koʻpgina yillar davomida qoʻllanilishiga qaramay hozirgacha uning tushunchaga oid mexanizmini ishlab chiqish tugallanmagan. Bu qirraning uslubiy jihatdan ishlab chiqilmaganligi, asosan uni qoʻllashning madaniyatlararo tavsifi va ma'lumotlarning o'xshashligi bilan asoslanadi.

Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling