Reja: Fonetika


Download 0.68 Mb.
bet15/16
Sana20.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1216493
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
tilshunoslik yo\'nalishlari va ularning tadbiq usullari

Antonimlar

O’zaro qarama-qarshi(zid) ma’noli so’zlar antonimlar deyiladi. So’zlarning


bunday munosabati antonimiya deyiladi. Antonimlar 3 xil belgiga ega: 1) shakli(
fonetik strukturasi) jihatidan har xillik; 2) ma’no jihatdan har xillik: 3) ma’nodagi
o’zaro zidlik. Uchinchi belgi antonimlarni o’zaro birlashtiradi, zid ma’nolilikni
yuzaga keltiruvchi asosiy belgi hisoblanadi.
Ko’p ma’noli so’z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so’zlarga antonim
bo’lishi mumkin. Masalan, qattiq so’zi bir ma’nosida yumshoq so’ziga, boshqa bir
ma’nosida saxiy so’ziga antonim bo’ladi. Boy o’lgudek qattiq edi.
Bir so’z o’zaro sinonim so’zlar bilan yoki o’zaro sinonim so’zlar boshqa
sinonimlar bilan antonimik munosabat hosil qiladi: xursand-
xushvaqt-shod-xurram-xushnud-xafa.
Sinonimiyada so’zlarning bir xil ma’nosi asosidagi birligi sinonimlik
qatorini hosil qilsa, so’zlarning o’zaro zid ma’nosi asosidagi birligi antonimik
juftlikni yuzaga keltiradi.
Antonimlik faqat bir turkumdagi so’zlar orasida sodir bo’ladi: do’st-
dushman.
Qarama-qarshi ma’noli affikslar ham antonim bo’ladi: odobli-beodob,
kuchli-kuchsiz.
Keldi-kelmadi kabi so’zlar antonim bo’lmaydi, ular fe’lning bo’lishli va
bo’lishsiz shaklidir.
Paronimlar
Aytilishi (talaffuzi) bir-biriga o’xshash, ammo yozilishi va ma’nosi har xil
bo’lgan so’zlar paronimlar deyiladi; yuvindi-yuvundi, fakt-pakt, abzal-afzal, yoriq-
yorug’, quyulmoq-quyilmoq, arch-art, otalik-otaliq.

Tarixiylik jihatdan o’zbek tili leksikasi
Tarixiylik jihatdan o’zbek tili leksikasi 3 xil:
1) zamonaviy qatlam.
2) eski qatlam.
3) yangi qatlam.
Zamonaviy qatlam. Yangilik va eskilik buyog’iga ega bo’lmagan so’zlar
zamonaviy qatlam so’zlarini tashkil etadi. Tilda faol qo’llanuvchi so’zlar
zamonaviy qatlam so’zlaridir. Zamonaviy qatlam so’zlari lug’at boyligining
asosini tashkil etadi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling