Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan


Download 346.64 Kb.
bet1/12
Sana22.02.2023
Hajmi346.64 Kb.
#1220740
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi otabek


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INISTITUTI “SERVIS” FAKULTETI

“SERVIS” KAFEDRASI

“OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TOVARSHUNOSLIGI VA EKSPERTIZASI” FANIDAN




KURS ISHI

Mavzu: “YOG’LARNI SAQLASH VA BU JARAYONLARDA BO’LADIGAN O’ZGARISHLAR

56101105 – “ Xizmatlar sohasi: Tovar ekspertizasi xizmatlarini tashkil etish ’’




Bajardi: 4 – kurs XSE-319 Rustamov Otabek
Ilmiy rahbari: _______________
Topshirgan sanasi: _______________
Himoya qilgan sanasi: _______________
Baho: _______________


SAMARQAND----- 2023
MUNDARIJA

Kirish.
1. Yog’larning umumiy tasniflanishi.
2. O’simlik moylari va ularni olish usullari.
3. Hayvon yog’lari va ularni olish.
4. Yog’larning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari.
5. Yog’larni saqlash va bu jarayonlarda bo’ladigan o’zgarishlar.
6. Xulosa va takliflar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar.
8. Ilovalar.





Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi. 
Qarorda Sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish va keng turdagi yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarilishini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mazkur tarmoqdagi mavjud tizimli muammolarga barham berish bozorni sifatli, xavfsiz, arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish va butun mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning eng muhim sharti hisoblanishi qayd etilgan.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, xom ashyo bazasining cheklangani, jumladan muqobil yog‘ olinadigan ekinlardan yetarlicha foydalanmaslik yog‘-moy korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq ishga solishni ta'minlash va bozorning sifatli yog‘-moy mahsulotlariga bo‘lgan talabini qanoatlantirish imkonini bermaydi. 
Yog‘-moy korxonalarida zamonaviy texnologiyalarning past darajada joriy etilganligi ishlab chiqarish faoliyatini lozim darajada nazorat qilish va hisobini yuritishga to‘sqinlik qilmoqda, xom ashyo va tayyor mahsulotlarni talon-toroj qilish holatlariga, shuningdek, boshqa suiiste'molchiliklarga olib kelmoqda. 
Xom ashyo resurslari va tayyor yog‘-moy mahsulotlarini taqsimlashning samarasiz va zamonaviy bozor prinsiplariga javob bermaydigan mexanizmi ko‘p sonli chayqovchilik bo‘g‘inlari va bozorda sun'iy taqchillik yuzaga kelishiga hamda oqibatda yog‘-moy mahsulotlari narxining asossiz o‘sishiga olib kelmoqda.
Yog‘-moy tarmog‘ini zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish asosida jadal rivojlantirishni ta'minlash va yog‘-moy sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi vazifalariga muvofiq choralar belgilangan.
Qaror orqali ma'lum qilinishicha, «O‘zpaxtasanoateksport» XKga tegishli bo‘lgan bo‘lgan «O‘zpaxtayog‘» AJ ustav kapitalidagi ulush O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi «Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3408-son qaroriga muvofiq davlat mulkiga nominal qiymat bo‘yicha o‘tkazilgan.
Yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishning resurs bazasini kengaytirish, yog‘-moy korxonalaridagi asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish, ularni ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish va hisobini yuritishning zamonaviy tizimlari bilan jihozlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining shrot va sheluxani sotish bo‘yicha «Ozuqa yem ta'minoti» MChJ korxonalari tugatiladi.
Keyinchalik sanoatda qayta ishlash uchun mo‘ljallangan ekstraktli paxta yog‘i birja savdolari orqali faqat «O‘zpaxtayog‘» AJ korxonalariga sotilishi haqidagi tartibni belgilash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga o‘simlik yog‘ini ishlab chiqaruvchilar import yog‘-moy xom ashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.


Download 346.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling