Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan


Download 346.64 Kb.
bet9/12
Sana22.02.2023
Hajmi346.64 Kb.
#1220740
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi otabek

Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Normaxmatov R. va boshqalar. Tovarshunoslik. – T.: << Mehnat>>, 2004.

  2. Normaxmatov R. Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi.Toshkent, “Tafakkur” nashriyoti, 2013 y.

  3. Normaxmatov R. Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi fanidan laboratoriya va amaliy darslar o’tish uchun uslubiy ko’rsatma. Samarqand, SamISI bosmaxonasi, 2015.

  4. Normaxmatov R. Pardayev G’. Ismoilov Sh. Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi obyektlari. Toshkent, “Tafakkur” nashriyoti, 2019 y.

  5. Normaxmatov R. Ismoilov Sh. Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi obyektlari. Ma’ruzalar kursi, I va II qism. Samarqand, SamISI bosmaxonasi, 2017

  6. O’zbekiston Respublikasi yillik statistik to’plami. O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi. Toshkent: 2013,2015,2016, yillar.

Internet saytlari.

  1. http://www.sies.uz – SamISI elektron kutubxonasi.

  2. http://lex.uz – O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi.

  3. www.ziyonet.uz – Ta’lim portal.

  4. www.stat.uz

  5. www.standart.uz

  6. www.kitobxon.com

  7. www.gov.uz

  8. http://www.el.tfi.uz – TMI elektron kutubxonasi.




  1. Ilovalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o‘zlashtirish, paxta, g‘alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, bog‘, tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida:
1.Ilova. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4239-son qaroriga asosan:
Jizzax, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining 8 ta tumanida jami 41 ta meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi birlashmalari tashkil etilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etgan holda 2020-yilda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining 22 ta tumanida 31 ta, 2021-yilda respublika bo‘yicha 100 ta qishloq xo‘jaligi birlashmalari tashkil etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Ilova. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda klaster va kooperatsiya tizimini rivojlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha klasterlarni (keyingi o‘rinlarda — meva-sabzavot klasteri) tashkil etish tashabbuskor, tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama kelishuv (keyingi o‘rinlarda — uch tomonlama kelishuv) asosida amalga oshiriladi;
meva-sabzavot klasterini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlar, qoida tariqasida, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar orasidan, ularning tajribasi va imkoniyatlaridan kelib chiqib tanlab olinadi, bunda birinchi navbatda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha to‘liq ishlatilmayotgan quvvatlarni ishga tushirish nazarda tutiladi;
meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetishtiruvchilarni meva-sabzavot klasterlariga biriktirish ular bilan qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar hamda tuman hokimligi o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tuziladigan mahsulot yetkazib berish shartnomalari orqali amalga oshiriladi;
meva-sabzavot klasteri ishtirokchilari — mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar mahsulot yetkazib berish shartnomalari orqali tartibga solinadi;
mahsulot yetkazib berish shartnomalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari tomonidan qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning takliflari asosida qabul qilinadigan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini joylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar va uch tomonlama kelishuv shartlari asosida tuziladi hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
mahsulot yetkazib berish shartnomalari fuqarolik qonun hujjatlari talablari asosida tuziladi, ularda shu jumladan mahsulot narxini haqiqiy xarajatdan kelib chiqib aniqlash, xarid qilinadigan mahsulot uchun oldindan ajratiladigan avans mablag‘lari hisobiga mahsulot yetishtiruvchilarni urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa resurslar bilan ta’minlash, agrotexnika va agrokimyo xizmatlari ko‘rsatish, yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berish, axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish nazarda tutiladi.
3.Ilova. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanning barchasidagi mavjud bog‘ va tokzorlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazsin;
o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash yuzasidan har bir tuman kesimida manzilli ro‘yxatlarni shakllantirsin va tasdiqlasin, bunda 2020-yil davomida yaroqsiz bog‘ va tokzorlarni, 2021 — 2025-yillarda esa kam hosilli, eskirgan va samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash nazarda tutilsin;
yangi bog‘ va tokzorlarni barpo etish ularni oldindan aniq meva-sabzavot klasteriga yoki qishloq xo‘jaligi birlashmasiga biriktirilishini, iqtisodiy jihatdan samaradorligini nazarda tutgan holda amalga oshirilishini ta’minlasin.
4.Ilova. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlar, shuningdek, yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlar joylashgan yerlarda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida, shu jumladan tijorat banklari va lizing kompaniyalari orqali berish, keyinchalik ular negizida qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlari tuzish ishlarini tashkil qilsin.
5.Ilova. Belgilansinki, qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirish ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi, bunda yangi bog‘, tokzor va issiqxonalar barpo etish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash obyektlarini yaratish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan miqdordagi kreditlar bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan asosiy stavkadan oshgan, lekin asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya va qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdordagi kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi) miqdorda kafillik taqdim etiladi.
6.Ilova. Intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadigan tijorat banklariga ushbu loyihalar uchun kreditlar ajratishda bog‘ va tokzorlar hosilga kirgunga qadar (turiga ko‘ra) asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr belgilash tartibini joriy etish tavsiya etilsin.
7.Ilova. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda:
meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish tizimini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari keng jalb qilinishini;
xalqaro moliya institutlarining jalb qilingan mablag‘larini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida mahsulot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga manzilli yetib borishini ta’minlasin.
8.Ilova. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan — qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratishgan.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan — ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun subsidiyalar ajratishga ruxsat berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan moliyaviy yordam turlarini ajratishning aniq mexanizmini belgilash maqsadida ushbu jamg‘armalar faoliyatini tartibga soluvchi hukumat qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9.Ilova. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi yangi yong‘oq mevali bog‘larni tashkil etish va ularda pista, bodom, yong‘oq mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha tashabbuskorlarni aniqlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va moliyaviy yordam turlaridan foydalanishda ularga ko‘maklashish choralarini ko‘rsin.

Download 346.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling